|
Kirish (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati
|
səhifə | 10/10 | tarix | 20.05.2023 | ölçüsü | 103,42 Kb. | | #111612 |
| KIRISHBirinchi bob bo’yicha xulosa
Tildagi turg’un so’z birikmalari tadqiqi tarixiga qisqacha xulosa qilsak, ushbu noyob til unsurlarini keng qamrovda o’rganish o’tgan asrning ikkinchi yarimida boshlangan bo’lib, akademik V.V. Vinogradovning rus tili frazeologichsini tasniflash bilan bog’liq.
So’ngi ellik-oltmish yil oralig’ida turli tillardagi turg’un so’z birliklari bir tarafdan leksemalardan, ikkinchi tomondan erkin so’z birikmalaridan farqli xususiyatlarini aniqlash maqsadida kompleks kriteriylar ishlab chiqildi. Chunki, ushbu o’ziga xos til fenomeni biror bir alohida olingan belgi, kriteriy orqali tasniflash, tavsiflashning imkoni yo’qligi dalillanadi.
Tillardagi turg’un so’z birikmalari o’zining kelib chiqishiga ko’ra turli semantik transformaqiyalarga uchragan holda shakl-shamoyiliga ko’ra so’z birikmasi hamda gap strukturasiga ega birikmalardir.
G’arb tilshunosligidagi, xususan nemis tilshunosligida turg’un so’z birikmalarining ilmiy tadqiqiga bag’ishlangan nazariy ishlarning ko’lami oz bo’lishiga qaramay, amaliy leksiko-frazeologik manbalarning qo’llanish kengligi diqqatga sazovor.
XX asrning ikkinchi yarimidan boshlab dunyo leksikigrafiyasida maxsus frazeografiya yo’nalishini asoslanishini, hamda turli tipdagi frazeologik lug’atlarga tartib berilishini e’tirof etish lozim.
So’ngi yillarda nemis hamda o’zbek tillarining leksik-frazeologik, leksikografik-frazeografik yo’nalishdagi ilmiy, amaliy tadqiqi yangi ko’rinishda amalga oshirilayotganligini alohida ta’kidlab o’tish bilan birga ular zaminida yangi frazeologik lug’atlar tuzilishiga asoslar yaratilganligini alohida ta’kidlash lozim.
Dostları ilə paylaş: |
|
|