Kirish (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati


Tadqiqotning Respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo’nalishlariga mosligi



Yüklə 103,42 Kb.
səhifə2/10
tarix20.05.2023
ölçüsü103,42 Kb.
#111612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KIRISH

Tadqiqotning Respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo’nalishlariga mosligi. Dissertatsiya fan va texnologiyalar rivojlanishining I “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda innovatsion g’oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo’llari” ustuvor yo’nalishiga muvofiq bajarilgan. Mavzuning o’rganilganlik darajasi. O’tgan asrning ikkinchi yarimidan boshlab tillarning frazeologik birliklari keng qamrovda o’rganildi. Maxsus frazeologik tasniflar tatbiq etildi, frazeologik birliklarni leksik birliklardan, hamda erkin so’z birikmasidan farqlovchi kriteriylar ishlab chiqildi. Bu rivojlanishga ayniqsa fransuz tilshunos olimi Sharl Balli va uning 1909 yilda nashr etilgan asari "Traite de Stilistique Française" (fransuz tili stilistikasi haqida traktat) katta turtki bo’ldi. Sharl Balli o’z tadqiqotlari jarayonida frazemalarning mohiyati ularning o’ziga xos semantik tabiatida yotadi, degan fikrdan kelib chiqadi. Rus tili frazeologiyasining асосчиси, tilshunos olim V. Vinogradovning 1946/47 yillardagi ilmiy tadqiqotlari 50- 60 yillarga kelib sovet frazeologiyasining alohida fan sohasi sifatida gullab yashnashiga olib keldi. Rus frazeologiya maktabining ilk namoyondalari sifatida yana A.D. Rayxshtayn, O.S.Axma’nova, N.N.Amasova, I.I.Chernisheva, D.Dobrovolskiy, A.V. Kunin, Olshanskiy I.T., Molotkov A.T. kabi nomdor tilshunos olimlarni tilga olish mumkin2. Bundan tashqari Ukrain tilshunos olimlari V.I. Havris, O.R. Prorechenko, S.N. Denisenko, M.V. Hamzuk va nemis tilshunos olimlari W. Fleischer, H. Burger, J. Häusermann, D.Wiewinger, I. Barts , Bierich A., Klappenbach R., Küpper H. va B. Wotjak kabi olimlar dunyo frazeologiya ilmiga katta hissa qo’shganlar3. Shu bilan birga Sh. Raxmatullaev, B. Yuldoshev, M. Umarxodjaev, A. Mamatov, A. Bushuy, M. Sodiqova kabi tilshunos olimlar mamlakatimizda tilshunoslik, leksikologiya va frazeologiya sohasining rivojiga katta hissa qo’shgan va qo’shib kelmoqdalar4. Bundan tashqari zoofrazemalar tadqiqi sohasida ham chog’ishtirma planda talaygina tadqiqot ishlari olib borilgan, jumladan, rus va boshqa tillar asosida Tishkina D.A., Skitina N.A., Yakovleva Y.S., Nikolaeva N.V., Sergeev V.I., Isaev Y. N., Kurajova I.V., Pavlov I.P., Karma’nova Y.A, Kornilov G.E., Yurchenko D. V., Gimadeeva A.A., o’zbek, rus va tojik tillari misolida Djabarova K.I., Abdullaeva Z.U., nemis va boshqa Yevropa tillari asosida Gyumumyants K.S., Katsitadze E.A, Solntseva N.V., Gafarova K.T., Galimova O.V., Inchina Y.A., Aleksandra L., Dominika J., Ignatova Y., Inese Č., Ilona K., Lucyna W., va Maria Y. kabi olimlar sohada ilmiy izlanishlar olib borgan5. O’zbekistonda esa Xakimova G.E., Radjabova D., Imyaminova Sh. va boshqalar zoofrazemalar tadqiqiga o’z hissalarini qo’shib kelmoqda6. Shunday bo’lsada, maxsus zoofrazemalarga bag’ishlangan nemis va o’zbek tili chog’ishtirma asosda hamda zoofrazemik o’quv lug’atlari tuzish sohasida qilingan ilmiy ishlar deyarli yo’qligi mazkur dissertatsiya ishimizga extiyoj borligini belgilaydi. Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqligi. Dissertatsiya Andijon davlat chet tillari instituti ilmiy tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” yo’nalishi doirasida bajarilgan. Tadqiqotning maqsadi nemis hamda o’zbek tillaridagi zoofrazemalarni struktur-semantik tahlili orqali ikki tilli zoofrazemalar o’quv lug’ati tamoyillarini ishlab chiqish. Tadqiqotning vazifalari: tillardagi frazeologik birliklarga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilish; nemis va o’zbek tillari frazeologik zaxirasidagi zoofrazemalarning son va sifat ko’rsatkichlarini aniqlash; zoofrazemalarning shakllanishida zoonimlarning semantik, stilistik ma’no ko’lamini metaforik, metonimik hamda qiyoslar orqali o’rganish darajasini aniqlash; nemis va o’zbek tillari zoofrazemalarini struktur-grammatik xususiyatlarini chog’ishtirma tahlil qilish; nemis-o’zbek tillarining zoofrazema o’quv lug’atiga tartib berishning tamoyillarini ishlab chiqish: a. Fraznikni shakllantirish; b. Bosh zoofrazemani joylashtirish; v. Zoofrazemaga izoh berish va tarjima qilish usullarini ishlab chiqish. Tadqiqot ob’ekti. Nemis va o’zbek tillaridagi zoofrazemalar tadqiqotimiz ob’ekti hisoblanadi. Tadqiqot predmetini nemis va o’zbek tillarida zoofrazemalarning shakllanish masalalari, hamda nemis-o’zbek zoofrazemalar o’quv lug’atini tuzish tamoyillarini ishlab chiqish belgilaydi. Tadqiqotning usullari. Tadqiqotda taqqoslash, tasniflash usuli, statistik tahlil, analogiya chog’ishtirma tipologiya, frazeografik tarjima kabi usullardan foydalanilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: tadqiqotda ilk bora nemis va o’zbek tillari zoofrazemalari chog’ishtirma tadqiq qilingan va ularning struktur-semantik xususiyatlari ochib berilgan; zoofrazemalarning statistik tahlil orqali son ko’rsatkichlariga aniqlik kiritilgan; nemis va o’zbek tillarining zoofrazemalar o’quv lug’atini tuzish tamoyillari ishlab chiqilib, tavsiyalar berilgan; lug’atning maqsad vazifasi, struktur ko’rinishi, izoh hamda tarjima tamoyillari ishlab chiqilgan. Tadqiqotning amaliy natijalari. Zoofrazemalarning ilmiy-nazariy jihatlari nemis va o’zbek tillari ilmiy sohalariga xos tushunchalar asosida talqin qilindi, nemis va o’zbek tillaridagi zoofrazemalarning o’ziga xos leksik-semantik xususiyatlari insonlar orasidagi muloqotning rang-barangligini ta’minlashda ahamiyat kasb etishi bilan dalillanadi. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi ilmiy-nazariy ma’lumotlarning ishonchli manbalarga tayanganligi, ilmiy natijalarining turli tahlil usullari asosida qiyoslanganligi va nazariy fikr hamda xulosalarning amaliyotga tatbiq etilganligi bilan belgilanadi. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyati nemis va o’zbek tillaridagi zoofrazeologik birliklarni chog’ishtirib o’rganish orqali ularning leksik-grammatik, struktur-semantik va lingvokulьturologik xos xususiyatlarini o’rganishga doir ilmiy tadqiqotlar olib borish, monografiyalar, oliy va o’rta-maxsus ta’lim talabalari uchun darsliklar va o’quv qo’llanmalar tayyorlashda daliliy material sifatida foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalaridan nemis tili o’qitish jarayonida “Tilshunoslik”, “Leksikologiya”, “Frazeologiya”, “Matn tahlili” hamda “Stilistika” kabi nazariy fanlarda qo’shimcha o’quv materiali sifatida keng foydalanilishi bilan dalillanadi. Tadqiqotda yangi zoofrazemalar o’quv lug’ati tuzish tamoyillari ishlab chiqilgan bo’lib, to’g’ridan-to’g’ri amaliyotga, sohada lug’atlar tuzishga tatbiq qilish mumkinligi bilan ham izohlanadi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nemis va o’zbek tillarida zoonimik komponentli frazeologik birliklarning struktural-semantik tadqiq qilish orqali ikki tildagi o’ziga xos leksik-grammatik, struktur-semantik xosliklarga doir xulosalar Yevropa Ittifoqi tomonidan Erasmus+ dasturining 2016-2018 yillarga mo’ljallangan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+SVNE IMEP: “O’zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli loyihasi doirasida o’quv dasturi va o’quv-uslubiy majmualar yaratishda foydalanilgan. Yaratilgan dasturlar asosida oliy ta’lim tizimida o’qituvchi va talabalarning hayvon nomlarining nemis va o’zbek tillarida metafora sifatida ishlatilishi, zoonimlar asosida shakllangan frazemalar, hamda ularning tahlillar natijasida aniqlangan umumiy soni, leksik–grammatik va struktural–semantik kriteriylar asosida tartib berilganligiga doir ma’lumotlar, shu bilan birga nemis va o’zbek tillarining zoofrazemalar o’quv lug’atini tuzish tamoyillari, lug’atning maqsad vazifasi, struktur ko’rinishi, izoh hamda tarjima tamoyillariga doir ma’lumotlardan bahramand bo’lishi, zoofrazemalarning chastotasi, ya’ni ularning muloqotda ishlatilish soni bo’yicha kerakli bilimlardan samarali foydalanishi, shu bilan birga zoofrazemalarning bosh zookomponenti asosida hayvon nomi, parranda nomi, hasharot nomi, hayvon tana a’zolari va ularga xos xatti – harakatlar asosida shakllangan frazemalarga doir statistik ma’lumotlar bilan bog’lik bilim va ko’nikmalarini shakllantirish hamda ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash va xalqarolashtirish maqsadida yaratilgan qo’llanmalar, maqolalar, tezislar yozishda yangi yondashuvlar sifatida foydalanilgan; Samarqand davlat chet tillari instituti filologiya fanlari nomzodi, dotsent F.SH. Ro’ziqulov rahbarligida bajarilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o’quv jarayoniga joriy etish” nomli loyihasi doirasida nemis va o’zbek tillaridagi zoonimik komponentli frazeologik birliklarning chog’ishtirma tahlili natijalaridan to’plangan materiallar, qo’yilgan muammolarni tadqiq etish natijasida chiqarilgan xulosa va umumlashtirilgan fikrlaridan nemis tilini yosh avlodga o’qitish bo’yicha axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratishda manba bo’lib, nemis va o’zbek tillari zoofrazemalarining struktur – semantik xususiyatlariga doir ma’lumotlar, zoofrazemalar izohlarini yoritishda xizmat qilgan, shuningdek, nemis tilida hayvon nomlarini struktu-semantik planda tizimlashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy xulosalar material sifatida xizmat qilgan; nemis va o’zbek tillardagi zoonimlarning denotativ va konnotativ ma’nolarini muloqotda ajrata bilish, zoofrazemalarning stilistik xususiyatlariga ko’ra “ko’cha tili” (umgangssprachlich), “qo’pol” (familiär, salopp), va “dag’al” (vulgär) uslublarga ajratish ko’nikmalarini, shuningdek ularning tildagi ekspressiv xususiyatlari va stilistik vazifalariga doir ma’lumotlardan O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” radioeshittirishlarini tayyorlashda (2021-2022 yillar davomida) materiallar mazmunini boyitgan. Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Tadqiqot natijalari 3 ta xalqaro va 3 ta respublika ilmiy-amaliy konferentsiyalarida muhokamadan o’tkazilgan. Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusiga doir 11 ta ilmiy ish chop etilgan. Shulardan 6 tasi ilmiy maqola, jumladan, 3 tasi O’zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda, 3 tasi xorijiy jurnallarda nashr etilgan va 2 ta xalqaro hamda 3 ta respublika miqyosidagi tezislarda shakllantirilgan. Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya tarkibiy jihatdan kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Dissertatsiyaning hajmi 141 sahifadan iborat.


Yüklə 103,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə