Kirish (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati



Yüklə 103,42 Kb.
səhifə6/10
tarix20.05.2023
ölçüsü103,42 Kb.
#111612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KIRISH

Birinchidan, tildagi barcha frazeologik iboralar o’z identifikatsiyasiga ega emas. Ikkinchidan, frazeologizmlarning tayyor paydo bo’lishiga asosiy sabablardan biri leksemalar tizimidagi ba’zi bir lakunalarni to’ldirish maqsadida shakllanadi. Chunki inson nutqi jarayonida qator holatlar va belgilar borki, ularni oddiy so’z bilan ifodalash mushkul, shu boisdan bo’lsa kerak odamlar paralingvistik vositalardan foydalanib kelganlar. O’xshatish joiz bo’lsa, frazeologik iboralar ham paralingvistik vosita kabi ba’zi bir semantik bo’shliqni to’ldirish uchun “dunyoga” keladi. Masalan, nemis tilida “offene Türen eintreten” (für allbekannte Wahrheiten eintreten) ya’ni “ochiq eshikka o’zini urmoq” barcha uchun ma’lum bo’lgan haqiqat tarafdori bo’lmoq ma’nosini oddiy so’z bilan ifodalab bo’lmaydi.
Ushbu semantik tushunchani frazema orqali berilishi tildagi ma’lum lakunani to’ldirib kelgan.
Yana bir misol, nemis tilidagi “zwei Fliegen mit einer Klappe schlagen” (einen doppelten Zweck auf einmal, durch ein Mittel erreichen) ma’nosi “bir urush bilan ikki pashshani o’ldirmoq” iborasi (bir harakat bilan ikki maqsadga erishmoq) mazmun-mohiyatini biror bir so’z bilan to’liq ifodalab bo’lmaydi18. O’zbek tilidagi “bir yostiqqa bosh qo’ymoq” iborasi mazmunini “uylanmoq” so’zi bilan mutlaq ochib berib bo’lmasa kerak, yoki “bir yoqadan bosh chiqarmoq” frazemasining to’liq ma’no-mazmunini “hamjihat” so’zi bilan. Bu ikki frazeologik iboralarda o’zlarining idiomatik kategoriyasi mavjud bo’lgan holda implitsit ifodalangan gap semalar bo’lib, ular o’zbek tilining frazeosemantik maydonidagi maqomiga asos bo’lib xizmat qiladi.
Qisqa xulosa shuki, frazeologik iboralarni tilda shakllanishida ularning identifikatorlari bor-yo’qligi ahamiyatsiz bo’lib, olamning lisoniy manzarasini shakllantirishda ular o’zining muhim o’rinlariga ega. Ularni so’zlarga ekvivalent sifatida tenglashtirish, hatto ularni tildagi ortiqcha unsur sifatida qarash hech qanday lingvistik hamda ekstralingvistik asosga ega emas.

Yüklə 103,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə