Kirish (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati



Yüklə 103,42 Kb.
səhifə8/10
tarix20.05.2023
ölçüsü103,42 Kb.
#111612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KIRISH

- „Weder A noch B von etwas wissen“
- „Apfel braten“
- „Einen Apfelzahn haben“
- „Goldener Apfel in silbernen Schalen„
Shu bilan birga bir qator frazeologizmlarni ma’nolari noto’g’ri tarjima qilingan, masalan:
ab dafür” iborasi “dogovorilis” deb tarjima qilingan, aslida uning ma’nosi og’zaki nutqda “fort!”, ya’ni “ko’zdan yo’qol!” 27.
Lekin shuni ham ta’kidlash lozimki, ushbu ko’rsatilgan barcha kamchiliklar 1975 yilda nemis lug’atshunosi R. Klappenbach hamda rus leksikografi N.G. Grishinlar hamkorligida chop etilgan lug’atning ikkinchi nashrida bartaraf etilgan28.
O’sha yillari Germaniyada ilmiy asoslangan, zamonaviy lingvistik hamda leksikografik parametrlari mukammal ishlangan nemis tilining izohli idiomalar lug’ati 1966 yil Myunxenda W. Friderich tomonidan „Moderne deutsche Idiomatik“ nomi bilan chop etilgan. Frazeografiya tarixida ilk bor 8000 frazeologik ibora 29 ta tematik guruhda berilib, guruhga tushmagan iboralar alohida “umumiy iboralar” nomi bilan 30- guruhda berildi. 1973 yil Frayburgda A. Ro’rixning (L. Röhrich. Lexikon der Sprichwörtlichen Redensarten) lug’ati o’z ichiga 10000 dan ortiq nemischa iboralarni qamrab olib, nemis tilining tom ma’nodagi izohli lug’atiga aylandi.
Bu kabi bir tilli lug’atlar qatorida bir qator ikki va ko’p tilli frazeologik lug’atlar chop etila boshlandi. Bunga o’sha yillar frazeologik frazeologik birliklarni ilmiy izohlash keng qamrovda olib borilganligi asosiy sabablardan biri hisoblandi. Masalan Germaniyada taniqli lug’atshunos, nemis tilining olti tomli izohli lug’atining mualliflaridan biri R. Klappenbach 1961 yil Halle (Zaale) shahrida “Feste Verbindungen in der deutschen Gegenwartssprache” hamda Leyptsig shahrida 1968 yilda chop etilgan “Probleme der Phraseologie” hamda Karlhaym Danielsning “Neue Aspekte zum Thema Phraseologieforschung in der gegenwärtigen Sprachforschung”, va taniqli lug’atshunos E. Agrikolaning “Wörter und Wendungen” nomli lug’atiga yozilgan “Einführung in die Probleme der Redewendungen” nomli so’z boshisi nemis tili frazeologik dunyosi ilmiy tadqiq qilishda katta yangi sahifa ochdi29. Ushbu ilmiy maqolalarda frazeologiya masalalariga yangicha yondashish, ularni boshqa til birliklaridan farqlash, ularning qo’llanish ko’lami va boshqa qator semantik hamda struktural masalalari tadqiq qilingan. Tadqiqotlarda sobiq ittifoq frazeologik kontseptsiyasining sezilarli ta’sirini ko’rishimiz mumkin.
O’tgan asrning yetmishinchi yillariga kelib dunyo miqyosida turg’un so’z birikmalarini fundamental o’rganishga kirishildi. Ushbu o’rinda sobiq ittifoq germanistik olimlari N.N. Amasova, A.V. Kunin, I.I. Chernishevalarning monografik tadqiqotlarini alohida ta’kidlash lozim30. I.I. Chernisheva nemis tili frazeologik dunyosini ilk marotaba ilmiy tasniflab berdi. Turg’un so’z birikmalarini ham grammatik, ham semantik, hamda stilistik xususiyatlarini inobatga olgan holda kompleks kriteriylar asosida:

  • Grammatik strukturasiga ko’ra: so’z birikmalari va gap strukturasidagi birliklar

  • Shakllanish uslubiga ko’ra:

  • Turg’un so’z birikmasini tashkil etuvchi komponentlarning ma’nosidagi o’zgarish borligi yoki yo’qligiga hamda ularning struktur va ma’no ko’lamidagi o’zaro ta’sir natijasi asosida tadqiq qildi31.

I.I. Chernisheva taklif qilgan kriteriylarning birinchisi turg’un so’z birikmalarini so’zdan farqlash imkonini beradi, ya’ni frazeologizm bu so’z birikmasi yoki gap strukturasiga ega bo’lgan til birligidir.
Ikkinchi taklif etilgan kriteriy orqali frazeologizmlarni shakllanish xususiyatini ko’rishimiz mumkin. Masalan,
a). Birgina bog’lanish orqali shakllangan iboralar:
- blinder Passagier
- ins Wasser fallen
- mit Haut und Haar
- viele Köche verderben den Brei
b). Model orqali shakllangan frazeologizmlar:
- Aufnahme finden
- Eile haben

Yüklə 103,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə