Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi



Yüklə 119,55 Kb.
səhifə18/20
tarix18.05.2023
ölçüsü119,55 Kb.
#111148
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Botirova M. mag.diss

III bobga doir xulosalar

  1. Badiiy nutq ta’sirchanligini oshirishda tasvir vositalarining o‘rni va ahamiyati beqiyos. Bunday vositalarsiz badiiy nutq juda quruq, bayonchilikka asoslangan, ta’sir kuchidan xoli nutqqa ayalanar edi. Aynan badiiy tasvir vositalari badiiy asar tilining shiraliligi, jozibadorligini ta’minlaydi. Haqiqiy so‘z san’atkorlari tesha tegmagan iboralar, metaforalar, sifatlash va tashbehlarni yaratib, tilimiz imkoniyat doiralarini yanada kengaytiradilar. Odil Yoqubov ana shunday so‘z san’atkoridir. Uning zargarona mahorati har bir asari leksikasida ko‘zga tashlanadi. O.Yoqubov asarlarida tilning tasviriy vositalari o‘xshatish, sifatlashlardan unumli foydalanadi.

  2. Sintaktik vositalar badiiy matnda integrativ munosabatlarning yuzaga kelishida faol ishtirok etishi bilan birga ayni munosabatlar fonida xilma xil badiiy ma‘no mazmunlarni ham ifodalay oladi. Badiiy matnda poetik aktuallashadigan sintaktik vositalarning asosiylari quyidagilardan iborat: antiteza (sintaktik konstuksiyalarda), o‘xshatish, sifatlash va boshqalar.

  3. Ma’lumki, o‘xshatishlar nasriy nutqda kuchli ekspressivlik hosil qiladi. O.Yoqubov asaridagi o‘xshatish qurilmalarni shakllantiruvchi grammatik vositalar yozuvchining badiiy niyati bilan uyg‘unlashib, badiiyatni ta’minlashda aktuallik kasb etgan.



XULOSA

  1. Badiiy asar yaratish borliqni badiiy obrazlarda idrok etish va qayta yaratish jarayoni bo‘lib, san’atkor zimmasiga umumxalq tili boylik va imkoniyatlaridan oqilona va unumli foydalanish mas`ulyatini yuklaydi. Zero, umumxalq tili fikriy rang-barang bo‘yoq va shakillarda ifodalash imkoniyatini beruvchi bitmas-tuganmas xazinaki, uning javohirlaridan har bir yozuvchi o‘z kuzatuvchanlik qobiliyati, falsafiy mushohadasi va badiiy mahorati doirasi hamda darajasida foydalanadi.

  2. O‘zbek nasri XX asrda katta rivojlaninsh yo‘lini bosib o‘tdi. Bu davrda A.Qodiriy, Cho‘lpon, Oybek, G‘.G‘ulom, A.Qahhor, Sh.Xolmirzayev, P.Qodirov, S.Ahmad, O‘.Hoshimov kabi iste’dodli yozuvchilar o‘z ovozi, o‘ziga xos tili, uslubi bilan adabiyotimiz, nasrimiz taraqqiyotini bir necha pog‘ona yuksaklikka ko‘tarib, uni ham mazmunan, ham shaklan, ham g‘oyaviy va mavzuiy jihatdan yangi asarlar bilan boyitdilar. Ularning har biri o‘ziga xos iste’dod, o‘ziga xos qalam egasi edilar. Ana shunday o‘lmas yozuvchilar qatorida O.Yoqubov alohida o‘rin egallaydi.

  3. Odil Yoqubov asarlarining xalqimiz orasida katta shuhratga ega bo‘lishi va sevib o‘qilishida nafaqat asarlar syujetining qiziqarli va o‘tkirligi, qahramonlarning o‘ziga xosligi va murakkabligi, balki ular tilining har tomonlama ishlanganligi, xalqchilligi alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.

  4. Ma’lumki, badiiy adabiyotning asosiy quroli so‘z sanaladi. So‘z serqirra va murakkab lisoniy hodisa, fonetik-fonologik, leksik-semantik, ijtimoiy va ruhiy xususiyatlar majmuidir.

  5. Asarlarda barqaror birikmalarning ifodalanishi ham hikoyalarni yanada mazmun jihatidan boyishiga, hikoyalar tilining yanada xalqchil bo‘lishiga erishilgan. Ibora va maqollarning ham hikoyalardagi o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilishiga harakat qilingan. Sintaktik shakllar va troplarning hikoyalardagi ishtiroki ularning badiiy jihatdan qimmatini oshirishga xizmat qilgan. Badiiy matnni lingvopoetik tahlilga tortganda, ko‘chimlar deb ataladigan tasviriy vositalarning deyarli barchasining asosida o‘xshatish, chog‘ishtirishdan iborat mantiqiy tushunchalar yotganligiga yana bir bor amin bo‘ldik.

  6. Odil Yoqubov, boshqa ijodkorlar kabi, asarlarida iboralardan unumli foydalangan. Maqollar va iboralarning leksik yoki grammatik jihatdan o‘zgartirilganligi asardada emotsional-ekspressevlik xususiyatlarini ta’minlagan.

  7. Badiiy matnda o‘xshatishlar alohida ahamiyatga ega. Jumladan, obrazlilikni ta’minlash, voqea-hodisani, fikrni jonli aks ettirishda o‘xshatishlar o‘ziga xos o‘ringa ega. Nafaqat she’riy nutqda, balki nasriy asarlarda ham o‘xshatishlardan unumli foydalaniladi. Ayniqsa, murojaat-undalma sifatida metafora usulida ma’nosi ko‘chgan so‘z qo‘llansa, murojaat qilinayotgan shaxsga nisbatan ijobiy yoki salbiy emotsiya yaqqol yuzaga chiqadi. Ayniqsa, sifatlash va o‘xshatishlarning qo‘llanishi va semantikasi alohida lisoniy va badiiy xususiyatlarga ega.




Yüklə 119,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə