Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi



Yüklə 119,55 Kb.
səhifə12/20
tarix18.05.2023
ölçüsü119,55 Kb.
#111148
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Botirova M. mag.diss

Fotih Muzaffarov, qovog‘ini solib, Shovvoz bilan bosh irg‘ab salomlashdi-da, eshikdan kirgan joydagi divanga o‘tiring deb ishora qildi.
Mazkur misolda yozuvchi qahramon holatini va mavjud vaziyatni ifodalash uchun qovog‘ini solib iborasini qo‘llagan. Ibora hafa bo‘lmoq, ranjimoq va jiddiy bo‘lmoq so‘zlariga ma’nodosh hisoblanadi. Ko‘pincha qahramonlar holatidagi tushkunlik va norozilikni ifodalaydi.
Shovvoz ishlarining bariga qo‘l siltab, Oysuluvning oldiga shoshdi.
Mazkur parchada yozuvchi qo‘l siltab iborasini qo‘llash bilan qahramon ruhiy holatidagi ham jahl, ham afsus, ham jo‘shqinlikni o‘zgacha tazrda ifodalab bergan.
«Mayli, ishqilib, dehqonning baxtiga besh-о‘n kun shunday issiq bо‘p tursin, bitta kо‘sak bо‘lsa ham yerda qolmasin!» — dedi Shovvoz, dedi-yu, yana boyagiday kо‘z oldiga о‘z bog‘i kelib, yuragiga g‘ashlik chо‘kdi.
Keltirilgan parchada yuragiga g‘ashlik chо‘kdi iborasi qo‘llanilgan. Bu ibora havotir olmoq, hafa bo‘lmoq so‘zlari bilan ma’nodosh hisoblanadi. Parcha bu ibora qahramon hayolidagi havotir, ranjish va afsus o‘ylarini yoritib berishga xizmat qilgan.
Bir mahallar Fotih Nigoraga ko‘p og‘iz solgan, uning ketidan ko‘p ilashgandi.
Misolda keltirilgan og‘iz solmoq iborasi, qizga sovchi yubormoq, qizni so‘rattirmoq kabi so‘zlar bilan ma’nodosh hisoblanadi.
Behzod bir-ikkita asar yaratib tilga tushdi, ba’zi asarlari keragidan ortiq maqtalib, nojoiz shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.
Keltirilgan parchadagi tilga tushmoq iborasi, tanilmoq, mashxur bo‘lmoq so‘zlari bilan ma’nodosg hisoblanadi.
Muzaffar Farmonov Rasulni ismini eshitganda negadir yuragi jiz etdi-yu, kirishga ijozat berdi.
Mazkur misolda qo‘llanilgan yuragi jiz etmoq iborasi, qahramon holatidagi ba’zan achinish, ba’zan esa qo‘rquv holatlarini ifodalashga xizmat qiladi. Bu ibora qo‘rqmoq, achinmoq so‘zlari bilan o‘zaro ma’nodoshdir.
Qo‘y, qizim, yig‘lama! –dedi o‘zi ham o‘pkasi to‘lib.
Keltirilgan misolda o‘pkasi to‘lmoq iborasi qo‘llanilgan bo‘lib, qahramon holatidagi ruhiy tushkunlik, hafa bo‘lish, achinish kabi tuyg`ularni ifodalashga yordam beradi.
Sohibani yaqindan ko‘rishi bilan rahm-shafqat aralash chuqur bir mehr bamisoli toshqinday quyilib kelib, eti jimirlab ketdi.
Quyidagi pachada qo‘llanilgan eti jimirlab ketmoq iborasi, qahramonlar holatidagi, hayajon va qo‘rquvni ifoda etishda xizmat qiladi. Bu ibora hayajonlanmoq, qo‘rqmoq so‘zlari bilan ma’nodosh hisoblanadi.
Yo‘q, Po‘latxo‘ja pismiqlikka pismig‘u, lekin chumchuq pir etsa yuragi shir etadigan odam!
Keltirilgan parchada qo‘llanilgan chumchuq pir etsa yuragi shir etadigan iborasi qahramonlarning xarakter xususiyatlaridagi o‘ziga xosliklarni yoritishga xizmat qiladi.
Yuqoridagi misollardan ko‘rinib turibdiki, adib ijodida iboralar juda unumli qo‘llaniladi. Bunday birikmalarni badiiy asar tarkibiga qay yo‘sinda kiritish esa, yozuvchining so‘z qo‘llash mahoratiga bog‘liq. Shu tariqa xalq iboralari sayqallanib, yangi ma’no nozikliklari bilan to‘yinib boradi. Xalq iboralarini qayta ishlashning usullari, ularga yangicha rang va tus, yangicha ma’no talqini berishning yo‘llari juda xilma-xildir. Bunga “umum til iborasi zamiridagi ma’noning yangicha talqinini ochish iboraning leksik tarkibini o‘zgartirish va uning semantik-stilistik funksiyalarini kengaytirish iboraga yangicha majoziy va obrazli ma’nolarni kiritish kabi usullarni kiritish mumkin”. Frazeologik iboralarni qayta ishlashning turli usullarini tilshunos olim M.Yo‘ldoshev keng tadqiq qilgan. Iboraning semantik tarkibida frazeologik ma’nodan tashqari, uslubiy bo‘yoq ham mavjud bo‘ladi. Salbiy yoki ijobiy baho semalari, odatda iboralarning mazmun planida bo‘rtib turadi, bu omil iboralardan nutqiy ta’sirchanlikni ta’minlovchi uslubiy vosita sifatida foydalanish imkonini beradi, ayniqsa, badiiy asar tilida bunday birliklarning roli katta bo‘ladi. Ma’lumki, frazeologizm lug’aviy birlik bo‘lganligidan u nutq jarayonida gap tarkibida kelganda bir mustaqil so‘z, so‘z birikmasi, gap tarzida harakat qiladi. Shu boisdan, agar yozuvchi yuqoridagi ko‘zi ilindi, yuragim taka-puka bo‘lib kirsam, ko‘zi pishib ketgan, og’zingga qarab gapir kabi iboralarning o‘rnida uxlamoq, hayajonlanmoq, o‘ylab gapirmoq kabi jumlalarni qo‘llanganida edi, hikoyalarning badiiy estetik qimmati bunchalik oshmagan bo‘lar edi. Va yozuvchi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga ham yeta olmagan bo‘lar edi. Badiiy asarda sinonim so‘z va sinonim iboralardan foydalanishda, ular anglatadigan ma’no farqlari va emotsional-ekspressiv belgi xususiyatlari hisobga olinadi. Chunki qo‘llanayotgan har bir sinonim so‘z va sinonim ibora o‘z ma’no nozikliklari bilan bir-biridan farqlanib, ulardan o‘rinli foydalanish ifoda etilayotgan fikrning aniq va ravon bo‘lishiga xizmat qiladi. Bir frazeologik sinonimiya qatorini tashkil etgan iboralar bir-biridan o‘zlari ifodalagan ma’no qirralari, uslubiy bo‘yoqdorligi, konnatativ ma’nosi, ta’sirchanlik va obrazlilik darajasiga ko‘ra birbiridan farq qiladi. Shuningdek, yozuvchining qanchalik ko‘p sinonimlardan foydalanish mahorati uning til boyligining xilma-xil ekanligidan dalolat beradi. Yuqoridagi misollarda qo‘llangan iboralar sinonim bo‘lsa-da, ular o‘z ma’no nozikliklari bilan bir-biridan farq qiladi. Hozirgi o‘zbek tilida leksik sinonimlar bilan bir qatorda leksik- frazeologik va frazeologik sinonimlar mavjud bo‘lib, ular badiiy uslub namunalarida keng qo‘llaniladi, jumladan biz kuzatish olib borayotgan adib ijodida ham bu holat kuzatiladi. Ma’lumki so‘zlar va iboralar o‘rtasidagi sinonimik munosabat leksik-frazeologik sinonimlar hisoblanadi. Nutqimizda qo‘llaydigan iboralar ham bir-biri bilan o‘zaro sinonimik munosabatga kirishib, frazeologik sinonimiya qatorini hosil qiladi. Bu iboralarning barchasi ishning ko‘zini biladigan odamlarga nisbatan qo‘llanilagan so‘z birikmalari haqidadir. Yozuvchi kuchsizroq va kuchliroq ma’no anglatuvchi iboralarni qo‘llash orqali so‘z qo‘llash san’atini namoyish qilgan. Ko‘rinib turganidek, sinonim iboralardan foydalanishdagi keng imkoniyat yozuvchi qalamining o‘tkirligidan dalolat beradi. Frazeologik sinonimlarning deyarli barchasi ko‘chma ma’noda qo‘llanuvchi obrazli iboralar bo‘lib, ular asarda muallif nutqining rang-barang bo‘lishini ta’minlaydi. Bunday iboralarni ishlatish personaj nutqiga tavsif berishda eng faol qo‘llanadigan vositalardan biri sanaladi. Tildagi frazeologik sinonimlardan asarda to‘g‘ri qo‘llay bilish kishi nutqi uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Buning natijasida kishilar o‘zlarining fikr va g‘oyalarini eng nozik ma’no xususiyatlarini tushunarli va aniq, shirali, obrazli va ta’sirchan qilib ifodalashga muyassar bo‘ladilar. Umuman, yozuvchi Odil Yoqubovning asarlarida leksik birliklar yozuvchi uslubining o‘ziga xosligini ta’minlaydi va bu so‘z qo‘llash xususiyatlariga, yangi tasvirlar hosil qilish jihatidan o‘ziga xoslikni tashkil qiladiki, bu holat boshqa asarlarda kuzatilmaydi.

Yüklə 119,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə