Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi



Yüklə 119,55 Kb.
səhifə11/20
tarix18.05.2023
ölçüsü119,55 Kb.
#111148
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Botirova M. mag.diss

2.2-§. Iboralar
Odatda, so‘zlarning birikuvi tufayli so‘z birikmasi hosil bo‘ladi. Bu so‘z birikmalarining ba’zilari erkin bo‘lsa, ba’zilari turg‘un (barqaror)bo‘ladi. Oyoq uchida birikmasi kontekstdan anglashilgan ish-harakatning imi-jimida, yashirincha, maxfiy bajarilganligini bildiradi. Birikma tarkibidagi har bir so‘z o‘z mustaqil ma’nosini saqlamagan, shunga ko‘ra bu tarkibidagi so‘zlari (komponentlari) barqaror, bo‘linmas bir semantik birlikni hosil qilgan turg‘un birikmadir. Frazeologik iboralar nutq ko‘rinishlariga qarab turli xil vazifada qo‘llaniladi. Ilmiy va rasmiy nutqda, ko‘pincha nominativ funksiyani bajaradi43. Ba’zi iboralarda qonun hujjatlari tiliga ixtisoslashish, terminlashish ham uchraydi. Bunday paytlarda frazema ma’nosida neytrallashish yuz beradi, uslubiy bo‘yoq sustlashib, oxiri tushib qoladi 44. Badiiy adabiyotda iboralardan foydalanish, qo‘llash usullari turlichadir. Yozuvchilar tilimizda tayyor material hisoblangan iboralardan unumli foydalanibgina qolmay, o‘zlari ham shular zamirida yangi iboralar yaratadilar. Bu jarayonda ularumumtil iborasi zamiridagi ma’noning yangicha talqinini ochish, iboraning leksik tarkibini o‘zgartirish, uning semantikstilistikfunksiyalarini kengaytirish, iboraga yangicha majoziy va obrazli ma’nolar kiritish kabi usullardan foydalanadilar. Tilshunoslikda frazeologizmlar tuzilishi, leksik-semantik, funksional-uslubiy va sintaktik vazifalari, shuningdek, o‘ziga xos shakllanish xususiyatiga ega bo‘lgan tilning mustaqil birligi sifatida allaqachonlar tan olingan. Ular leksikadan yuqori, gapdan quyi sathdaturadigan til hodisasisifatida ham e’tirof etilgan45. Biz nutqimizning har tomonlama mukammal va o‘ta tasirchan bo‘lishiga, tinglovchi so‘zlayotgan nutqimizning maqsad – muddaosini tezroq anglab olishiga ko‘maklashadigan bir qancha tilning tayyor materiallaridan, ya’ni til birliklaridan juda ko‘p foydalanishga harakat qilamiz. Maqol, matal, iboralarsiz nutq hech qanday estetik ta’sirchanlikka ega bo‘lmay qolishi mumkin. Ayniqsa, iboralarda nutqqa emotsional-ekspressivlik ottenkasini berish vazifasi boshqa til birliklariga nisbatan kuchliroq bo‘ladi. Iboralar barqaror birikmalar sifatida tilda doimiy tayyor materialdir. Shuning uchun ham har bir yozuvchi o‘zining ijod mahsulini yaratish jarayonida ularga murojaat etmasdan qo‘ymaydi.. Ibora ham tarkibli til birligi, lekin uning ma’nosi tarkibidagi leksemalarga xos ma’nolarning oddiy yig‘indisiga teng bo‘lmaydi. Iboraga xos ma’no tarkibidagi leksemalarning ma’nosiga nisbatan maxraj ma’no, ustama ma’no sifatida gavdalanadi, bu ma’no ibora tarkibidagi leksemalarning ma’nosiga suyanmasligi ham mumkin46. Ma’lumki, voqelikni obrazli tasvirlashda, uni kitobxon ko‘zi o‘ngida aniq va to‘la gavdalantirishda frazeologik iboralarning o‘rni, ahamiyati beqiyosdir. Iboralar hayotdagi voqea-hodisalarni kuzatish, jamiyatdagi ijobiy va salbiy harakat-holatlarni baholash, turmushda bo‘lib o‘tadigan turli hayotiy tajribalarni umulashtirish asosida xalq chiqargan xulosalarning o‘ziga xos obrazli ifodalaridir. Frazeologizm til hodisasi sifatida lison va nutqqa daxldor birlikdir. Birdan ortiq leksema ko‘rinishining birikuvidan tashkil topib, obrazli ma’noviy tabiatga ega bo‘lgan lisoniy birlik frazeologizm deyiladi. El sevgan adib Odil Yoqubov asar yaratish jarayonida iboralarga juda ko‘p o‘rinlarda murojaat etgan. Masalan: Shovvoz yuragini tilka-pora qilgan bu noxush о‘ylardan miyasi g‘ovlab, nihoyat, о‘rnidan tur- di. Shunda payqadi: har joy-har joyda xо‘rozlar qichqira boshlagan edi.
Yozuvchilar odatda tasvir maqsadiga muvofiq iboralarni tanlab qo‘llash bilangina kifoyalanib qolmaydilar. Balki, qahramonlar tabiati, ruhiy holati, hayot tarziga moslab o‘zgartiradi va qayta ishlaydi47. Darhaqiqat, yozuvchi o‘zi yaratayotgan qahramonning o‘ziga xos xarakter-xususiyatlarini ochib berish jarayonida, tabiatan qanday shaxs ekanligini to‘liqroq tasvirlashda iboralardan foydalanadi. Odil Yoqubov ham asarlarining bir qancha o‘rinlarida qahramonlarning oiladagi, kollektivdagi va ba’zan ko‘cha-ko‘ydagi yurishturishini, ijobiy va salbiy tomonlarini bo‘rttiribroq, ayniqsa, kulgiga moyilroq qilib aks ettirish maqsadida qo‘llagan. Ayniqsa, yozuvchi insonning tana a’zolari bilan bog‘liq bo‘lgan iboralarni qo‘llab, yuqori saviyadagi hikoyalarni yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Masalan:

Yüklə 119,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə