Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi



Yüklə 119,55 Kb.
səhifə7/20
tarix18.05.2023
ölçüsü119,55 Kb.
#111148
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Botirova M. mag.diss

- I-i, - Mehriniso unga achinib qaradi
- Vo-o! – deb yubordi. Shoqosim o‘rnidan turib o‘tirdi
Yozma nutqda biror so‘zdagi unlining cho‘zilish darajasi grafik jihatdan shu unlini bir necha marta takror yozilganligi bilan ham belgilanadi. Unli tovushlarni cho‘zish, shu unli ishtirok etgan so‘zlarning denotativ ma’nosiga bevosita bog‘liq holda qo‘shimcha konnotativ ma’no ifodalaydi va bu ma’no bevosita shu so‘zning paradigamtik munosabatida ro‘yobga chiqadi. Ko‘rinadiki, unli tovushlarning cho‘zib aytilishi bilan bog‘liq qo‘shimcha ma’no bo‘yoqlari so‘zlar paradigmatik va sintagmatik munosabatlarga kirishganda yanada aniq ifodalanadi. Shuningdek, sintagmatik munosabatda unli tovushlarni so‘zning qaysi bo‘g‘inida cho‘zib talaffuz qilinishi ham nutq uslublari bilan bog‘liq ravishda qo‘shimcha emotsional-ekspressivlik hosil qilishi mumkin.34 G. Yaxshiyeva tasnifiga ko‘ra, undosh tovushlar o‘zining hosil bo‘lish o‘rni va usuli hamda tovush miqdorining oz yoki ko‘pligiga ko‘ra unli tovushlardan keskin farqli imkoniyatlarga ega. Shunga asoslangan olima unli tovushlarga nisbatan undosh tovushlarda fonopoetik imkoniyat ancha yuqoriligini ta’kidlaydi.
Undosh tovushlarni talaffuz jarayonida ikkilantirish, takrorlash, tushirib qoldirish, so‘zda ularning o‘rnini almashtirish va boshqalar muhim ahamiyat kasb etadi. Ayrim asar qahramonlarining undosh talaffuzlarni cho‘zib talaffuz qilishida ham o‘ziga xos xarakterli xususiyat mavjud. Chunki undosh tovushlarni cho‘zib talaffuz qilish orqali qahramonning turli xil holati, o‘ziga xos xarakterli xususiyati namoyon bo‘ladi. Talaffuzda undosh tovushlarni ikkilantirib aytish, takror qo‘llash, tushirib qoldirish, orttirish kabilar fonopoetik ahamiyatga ega bo‘lib, turli xil qo‘shimcha ma’nolar hosil qiladi. Nutqda ularni me’yoridan ortiq talaffuz qilish ma’noning buzilishiga olib keladi, nutqiy g‘alizlikka sababchi bo‘ladi. Ammo boshqa bir holatda esa, ya’ni bir undoshni atayin ikkilantirib talaffuz qilish va yozish uslubiy ahamiyat kasb etadi. Undosh tovushlarning cho‘ziqligi bir tipdagi undoshlarning takrorlanishi va grafik jihatdan ifodalanishi orqali ro‘yobga chiqadi.
Demak, o‘z-o‘zidan ma’lumki, unli va undosh tovushlarning cho‘zilishi og‘zaki nutqda ularni qo‘sh undosh holatiga keltirib talaffuz qilish, yozma nutqda esa ikkilantirib yozish orqali ro‘yobga chiqariladi. Bu usulni quyidagi konnotativ ma’nolar orqali ifodalash mumkin35. Bu denotativ ma’nolar asar qahramonlarining nutqini jonlantirishga xizmat qilgan.
Undosh tovushlarni ikkilantirish. Undosh tovushlarni so‘zning turli o‘rinlarida ikkilantirish ham stilistik qimmatga ega. So‘z boshidagi undosh tovushning ikkilantirilshi personajga xos nutqiy kamchilik yoki uning o‘ta hayajonlanganligini ifodalasa, so‘z oxiridagi undoshning birdan ortiq takrori shu so‘zning cho‘ziq talaffuzini bildiradi.36 Undosh tovushlarni so‘z o‘rtasida ikkilantirib talaffuz qilish va yozish hodisasi ma’no kuchaytirish bilan birga ayrim holatlarda satirik vaziyat yaratish uchun ham xizmat qiladi. Undoshlarning o‘rnini almashtirib talaffuz qilish natijasida personajning madaniyat darajasi yoki biror sheva vakili ekanligini yaqqol ko‘rsatadi. So‘zlashuv uslubida ayrim ruscha so‘zlarning talaffuzi boshqacharoq, ya’ni fonetik o‘zgarishga uchragan holda aytiladi. Chunki harbir millat o‘zga til birliklarini o‘zining artikulyatsion bazasiga moslaydi. Badiiy tasvirda yozuvchilar bunga diqqat va e’tiborini qaratadi. Badiiy nutq ta’sirchanligini oshiruvchi fonografik-stilistik vositalardan biri tovush yozuvidir. Tovush yozuvi vositasida asarda tasvirlanayotgan voqea-hodisalar kitobxon ko‘z oldida jonli qilib beriladi. Bularning har ikkalasida ham tovush va ma’no birligi asosida obraz yaratiladi. Alohida tovushlar o‘zicha ma’no anglatmaydi va anglatishi mumkin emas. Masalan, alliteratsiya hodisasida nutq tovushlari Ma’lum bir holatda takrorlanib kelishi bilan ma’noga ta’sir etadi. Tovush va ma’no dialektik birlik hosil qiladi. Bu dialektik birlik nutq jarayonida ayrim so‘zlar so‘zlovchining emotsional holatini bershi uchun xizmar qilishda va ayni zamonda tinglovchi ham shu hodisani to‘liq anglashida ko‘rinadi. Demak, o‘z-o‘zidan Ma’lumki, undosh tovushlarning cho‘zilishi og‘zaki nutqda ularni qo‘sh undosh holatiga keltirib talaffuz qilish, yozma nutqda esa ikkilantirib yozish orqali ro‘yobga chiqariladi
Talaffuzda undosh tovushlarni ikkilantirib aytish, takror qo‘llash, tushirib qoldirish, orttirish kabilar fonopoetik ahamiyatga ega bo‘lib, turli xil qo‘shimcha ma’nolar hosil qiladi. Nutqda ularni me’yoridan ortiq talaffuz qilish ma’noning buzilishiga olib keladi, nutqiy g‘alizlikka sababchi bo‘ladi. Ammo boshqa bir holatda esa, ya’ni bir undoshni atayin ikkilantiribtalaffuz qilish va yozish uslubiy ahamiyat kasb etadi. Undosh tovushlarning cho‘ziqligi bir tipdagi undoshlarning takrorlanishi va grafik jihatdan ifodalanishi orqali ham ro‘yobga chiqadi. Quyida orqali undosh tovushlarning birdan ortiq qo‘llanishiga doir misollarni ko‘rib chiqamiz:

Yüklə 119,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə