Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi



Yüklə 119,55 Kb.
səhifə5/20
tarix18.05.2023
ölçüsü119,55 Kb.
#111148
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Botirova M. mag.diss

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Hm-m...
Nuriddinov shosha-pisha qo‘lini olib qochdi.
Yo‘-o‘q, sovg‘a-salomning hojati yo‘q, do‘stim!
E, oltin emas, olaver, keyin xursand bo‘lasan! — yana qah -qah otib kuldi Muzaffar. (O. Yoqubov).
Bu yerda ajratilgan so‘zda o, e va o‘ unlilarini cho‘zish orqali nutq egasi bo‘lgan personajlarning so‘zida cho‘zilgan o, e va o‘ fonemalari tashigan piching, kulgu va hijolat tortish ma’nolari yozuvchi tomonidan o‘quvchiga yetkazib beriladi. Badiiy nutqda undosh tovushni cho‘zish imkoniyati yo‘qligi sababli, Ma’lum bir ijodiy niyatni ifodalash uchun tanlangan undosh tovushni ikki va undan ortiq takrorlash orqali belgilangan maqsadga erishiladi:
Hasharga kelgan o‘g‘lim Ulug‘bek kasal bo‘lib shifoxonalaringga tushib
qopti. Ertalabdan beri ruxsat ololmay sarson- sargardonman.
Qaysi shifoxona?
Shahar shifoxonasi. Lekin shifoxona deb bo‘lmaydi uni, muzxona!..
Hm-m... ahvoli og‘irmi?
Og‘ir bo‘lmasa kelarmidim? Harorati qirqdan oshib yotibdi! (O. Yoqubov) Hm-m... so‘zida m undoshini ikkidan ortiq qo‘llash orqali Nuriddinovga nisbatan Muzaffarning ikkilanish, shubha hamda so‘roq-taajjub ma’nolari ifodalangan.
A.P.Juravlyov unli va undosh tovushlardagi bunday holatlarda fonostilistik xususiyatlar paydo bo‘lishini ta’kidlaydi.
Shuni aytish mumkinki, tilning boshlang‘ich sathi – fonologik sath birligi fonema ham poetik matndagi (nutqdagi) reallashuvi orqali (ya’ni fonemaning nutq birligi tovushga aylanishi va uning keyingi bosqich – yozma nutqdagi fonografik birlik sifatidagi harf tarzida namoyon bo‘lishi) poetik xosliklarni namoyon etishda o‘ziga xos o‘rin va xarakterga ega.
Fonetik uslubiyat nutqning ta’sirchanlik xususiyatini oshirishda nutq tovushlarining uslubiy imkoniyatlaridan foydalanish usullarini kuzatadi. Fonetik uslubiyat nutq tovushlarining biri ikkinchisiga bog‘lanishidagi ekspressiv va ulubiy imkoniyatlarini, umuman, nutq tovushlarining asar tilini ta’sirchan qilishda vosita28 bo‘lib xizmat qila olish usullari imkoniyatlarini o‘rganadi. Nutqda tovush va ohangdan foydalanish, ta’sirchanlikni kuchaytirish usullari turlichadir. Nutqni ekspressiv jihatdan ta’sirchan qilishda alliteratsiya, assonans, tovush takrori va uning xilma-xil shakllari va shu kabilar ahamiyatlidir. Unli va undosh tovushlarning fonetik jihatdan uyg‘unlashib, takrorlanib kelishi nutqni ohangli va ta’sirli qiladi, til faktini esda saqlab qolishni osonlashtiradi29. Fonetik usul bilan ekspessivlik yaratishda intonatsiyaning ahamiyati kattadir. Avvalo, uning mavjudligi gapning mavjudligidan darak beradi. Intonatsiyada gapning boshlanish va tugash chegaralari ko‘rinadi. Intonatsiya gapning shakllanishida zaruriy vosita hisoblanadi. Intonatsiyaning belgilari biror bir aniq tilning ichki qonuniytalariga muvofiq turli funksiyalarni bajaradi. Uning vazifalaridan biri so‘zlovchining voqelikka bo‘lgan munosabatini ifodalash, shu bilan bir qatorda ma’noni kuchaytirish, bo‘rttirishdir. Intonatsiyaning gapni tashkil qilishda ishtirok etuvchi eng muhim vositasi urg‘u va melodikadir. Mana shu intonatsion elementlar munosabatlarining turlicha bo‘lishidan fonetik usulda ekspressivlikning turli ko‘rinishlari ham yuzaga keladi. Fonetik usul bilan ekspressivlik ifodalash o‘zbek tilida boshqa usullarga nisbatan eng faol, eng universal usul hisoblanadi.
Tilshunos olima Gulnora Yaxshiyeva o‘z tadqiqotida fonografik vositalarni ikki guruhga ajratib tahlil qilishni ma’qul ko‘radi. Unga ko‘ra:
– unli tovushlarga xos fonografik uslubiy xususiyatlar;
– undosh tovushlarga xos fonografik uslubiy xususiyatlar.
Ma’lumki, har bir so‘zda ikki tomon – ichki va tashqi tomon mavjud. So‘zning ichki tomoni ma’nosi, tashqi tomoni bu – fonetik tomoni bo‘lib, uni shakllantiruvchilari tovushlar hisoblanadi. So‘zning tashqi tomoni bo‘lib uni shakllantiruvchi tovushlar kompleksi tasodifiy tovushlar yig‘indisi emas, balki inson nutq tovushlari kompleksidan iborat. Nutq tovushlari so‘zning tashqi tomonini shakllantiribgina qolmay, ularning ma’nolarini farqlashga, so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishini ta’minlovchi grammatik ko‘rsatkichlar va gaplarning vujudga kelishida moddiy material vazifasini bajaradi. Nutq tovushlari ham nutq organlariga bog‘liq ravishda turlicha talaffuz etiladi va eshitiladi.
Fonopoetik jihatdan nutq tovushlarining talaffuzidagi emotsioanal-ekspressivlik va akustik ya’ni eshitib ta’sirlanish tomonlarini o‘rganish muhim. Tovushlarning fonopoetik vazifasi haqida so‘z yuritilganda, ularning artikulatsion-akustik xususiyatlaridan qaysilari zarurligini payqab oilsh oson emas. Ko‘pincha unli tovushlarning ekspressiv jihati kuchli deb qaraladi va ularning fizik xarakteristikasidagi ton, oberton, tovush balandligi va cho‘ziqlik bunda asosiy xizmatni bajaradi. 30 Ko‘p tillarda unlilarning cho‘ziqligi emotsional-ekspressivlik vazifasini bajaradi. Ayniqsa, “I” unlisi ovoz tonining past va yuqori bo‘lishi uchun xizmat qiladi.
Badiiy asarlarda ruhiy holatlarni yozuvda ifodalash o‘ziga xos murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Qahramonlar ruhiyatidagi ichki hayajon, xursand bo‘lish, xafa bo‘lish, rozilik, taajjub, yalinish, hayratlanish, kinoya, piching, kesatiq, olqish, so‘roq, ta’kid, qoniqmaslik, norizolik, tilak-istak, qo‘llabquvvatlash kabi holatlarni aynan berishda yozuvchilar unli yoki undoshlarni birdan ortiq yozish usuli – fonografik vositalardan foydalanadilar31

Yüklə 119,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə