Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi



Yüklə 119,55 Kb.
səhifə6/20
tarix18.05.2023
ölçüsü119,55 Kb.
#111148
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Botirova M. mag.diss

1. Unlilarni birdan ortiq yozish. Bunda unlini cho‘zib talaffuz qilish orqali qahramonning voqelikka munosabati oydinlashtiriladi. Ilmiy adabiyotlarda mazkur usul orqali belgining me’yordan ortiq yoki kam ekanligini ifodalashda foydalanishi ta’kidlanadi.32 Shuningdek badiiy matnda unlilarni birdan ortiq yozish usulidan qahramonning biror nimadan hayratlanishi, taajjubga tushishi kabi holatlarni ifodalashda foydalaniladi. Odil Yoqubov asarlarini tadqiq qiladigan bo‘lsak, bunga ko‘plab misollar topish mumkin:
1. Jahl: – Ja-a, kayflari chog‘u, xonim?
2. Kuchaytirish: –Yo‘-o‘q, sovg‘a salomning hojati yo‘q, do‘stim!
3. Belgining ortiqligi: Ja-aa yo‘qolib ketding?
4. Ta’kidlash: - Ho-ozir kirdilar. Telefonda gaplashmoqch ekanlar
So‘z bo‘g‘inlarida ishtirok etmagan alohida, yakka holda olingan birgina unli ham cho‘zib talaffuz qilinishi mumkin. Bu esa fonopoetik jihatdan bir so‘zdagi unli tovushlarni uning turli bo‘g‘inlarida cho‘zib talaffuz qilinishi ham ahamiyatlidir. Masalan:
1. Quvonch: – E-e… azizim! Zokirov xandon-hushxon jilmayib, mehmonning istiqboliga shoshildi.
2. E’tiroz: – Nima ishing bo-or! Kerak bo‘lsa o‘zing ke-el!
3. Ta’kid: …Shoqosim esa: –Rahma-at, –dedi
4. Taajjub: – E-e… Nigoraxon!- deb xitob qildi. –Olamda bormisan?
Ma’lumki, unlilar sof ovozdan iborat bo‘ladi. Shuning uchun ularda ohangdorlik kuchli bo‘ladi. Unlilar og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchramagani sababli ularni istagancha cho‘zib talaffuz qilish mumkin. Lekin nutq sharoiti talab qilgan vaqtga nisbatan ortiqcha cho‘ziqlik fonemaning ijtimoiy qimmatini pasaytiradi, ya’ni ayrim holatlarda so‘zning ma’nosi anglashlmay qoladi. Badiiy tasvirda personaj nutqida unli tovushlarning turlicha talaffuz qator konnotativ ma’nolarni hosil qiladi. Agar biror so‘zdagi unli va undosh tovushlar matnga konnotativ ma’no yuklash maqsadida birgalikda takrorlanib talaffuz qilinsa, so‘zdagi bo‘yoq yanada kuchayadi, bunda tovushlarning nutqiy cho‘ziqligi uzoq davom etadi. Bu holat asar qahramonining ichki kechinmasi, uning ruhiy tushkunligi, iztirobi, achinishi kabilarni real voqelarda aks ettiradi.
–Yo‘-o‘q, bolam…o‘lim – haq.
Ushbu gapda ham og‘ir kasalga uchragan Shoqosimning umidsizlik ahvoli tasvirlangan. Ayrim o‘rinlarda unlining bunday talaffuz qilinishi so‘zlovchining tinglovchiga bepisandligi, mensimasligi kabi salbiy tuyg‘ularini ham ifodalaydi:
-Siz ham ja-a, oshirib yuborasiz-da, Mardon Zokirovich!.
Tovushlarning bunday talaffuz qilinishi orqali anglashilgan qo‘shimcha ma’no nozikliklari kitobxonga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Fonografik usulda konnotativ ma’no kuchli ifodalanadi. Chunki bu usulda asar qahramonlarining ruhiy holati, tovush talaffuzidagi o‘ziga xosliklar, ovozning miqdoriy belgisi aniq ifodalangan bo‘ladi. Unli fonemalarda ifodalangan tovush variantligida uslubiy imkoniyat mavjud bo‘ladi. Boshqacha aytganda, qayerda nutqiy tanlanish bor ekan, u yerda uslubiy bo‘yoqdorlik kuchli ifodalangan bo‘ladi. Bu hodisani to‘la anglagan so‘z san’atkorlari o‘z asarlari tilini boy va rang-barang qilishga intiladilar.33 Keltirilgan misollarga e’tibor qaratilsa, “i”, “o”, “e”, “a” unlilari cho‘zib talaffuz qilingan. Bu cho‘ziqlik yozma nutqda ularni takrorlash va orasiga chiziqcha-chiziqcha qo‘yish orqali berilgan. Ochiq bo‘g‘inlardagu unlilarning cho‘ziq talaffuzi so‘zda ifodalangan ma’no belgi darajasining intensivligini ham ko‘rsatadi. Matnda unli tovushlarni cho‘zib talaffuz qilingan so‘zlarda qahramonning ichki kechinmasi, ruhiy tushkunligi, iztirobi, achinishi bevosita o‘z ifodasini topgan. Odil Yoqubov o‘z asarlarida unli tovushlarning cho‘zilish holatini grafik jihatdan ular orasiga chiziqcha belgisini qo‘yish orqali aks ettirgan. Bunday uslubiy ahamiyatga ega bo‘lgan turli belgilar boshqa mualliflar asarlarida yoki she’riy matnlarda boshqa xil grafik belgilar bilan ham berilishi mumkin.
Fonografik stilistikada qahramon nutqidagi Ma’lum bir unli tovushni so‘zning qaysi o‘rnida, ochiq yoki yopiq bo‘g‘inlardagi cho‘zilishi va unda ifodalangan emotsionallik, uslubiy bo‘yoq ham farqlanadi. Aynan shu o‘rinda unli harf yozuvda qanday belgi vositalar yordamida berilganligi ham amaliy ahamiyat kasb etadi. Bunda so‘zlovchining hayratlanishi, taajjubi, o‘yga tushishi kabi qo‘shimcha ma’nolar o‘z aksini topadi. Hikoyalardagi fonografik vositalarni o‘rganish jarayonida shunga amin bo‘lamizki, yozuvchi o‘z qahramonidagi afsusni, achininishni, iztirobni, eng og‘riqli vaziyatlarni va qahramonning fojeaviy holatnin berish maqsadida ko‘pincha ochiq bo‘g‘inlardagi unli harflarning so‘nggi bo‘g‘ini cho‘zishga harakat qilgan:

Yüklə 119,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə