Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


II BOB. ODIL YOQUBOVNING «OQQUSHLAR, OPPOQ QUSHLAR…» ASARINING LEKSIK TARKIBI



Yüklə 119,55 Kb.
səhifə9/20
tarix18.05.2023
ölçüsü119,55 Kb.
#111148
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Botirova M. mag.diss

II BOB. ODIL YOQUBOVNING «OQQUSHLAR, OPPOQ QUSHLAR…» ASARINING LEKSIK TARKIBI


2.1-§. Yozuvchi asarlaridagi so‘zlarning shakl va mazmun munosabatiga ko‘ra turlari
Ma’nodosh so‘zlar (sinonimlar)
Sinonimlar til lug‘at tarkibini boyituvchi, nutqda esa nutqiy rang-baranglikni ta’minlovchi muhim vositalaridan hisoblanadi.
Akademik A.Hojiyev sinonimik qatordagi sо‘zlar:
a) ifodalaydigan tushuncha doirasining о‘zaro farqli bо‘lishi;
b) tushuncha belgisining turli daraja bilan ifodalanishi;
d) emotsional bо‘yoqdorligi;
e) nutqning biror turiga, uslubiga xosligi;
f) adabiy til nuqtai nazaridan eskirgan bо‘lishi;
g) adabiy tilga yoki dialektlarga xos bо‘lishi;
h) kо‘p yoki oz qо‘llanilishi jihatidan farqlanishini qayd etgan.
Taniqli olima N.A. Lukyanova sinonimlar klassifikatsiyasining 3-darajasida bir-biriga aynan о‘xshash leksik ma’noga ega bо‘lgan tо‘liq yoki absolyut sinonimlarni farqlaydi.
Ma’lumki, sinonimik qatordagi sо‘zlar ma’no va uslubiy bо‘yoqdorligi
bilan shu sо‘z ifodalaydigan tushunchani bildiruvchi boshqa sо‘zlardan farqlanadi, xuddi shu masala uslubshunoslikning о‘rganish obyektlaridan biridir. Sinonimlardagi aynan shu xususiyat, yozuvchining sо‘z qо‘llash mahorati asosida badiiy matnning obrazli – ta’sirchanligini kuchaytiradi. Shuning uchun professor A.I.Yefimov sinonimlarni yozuvchining sо‘z qо‘llash mahoratini vujudga keltiruvchi cheksiz imkoniyat ekanligini alohida qayd etadi. Haqiqatan ham, sinonimlar yozuvchi mahoratini kо‘rsatuvchi lingvistik vositadir. Chunonchi, ijodkor sо‘zlardan foydalanganda, sо‘zning barcha xususiyatlarin hisobga olgan holda ish tutadi. Sinonimlar ma’nosidagi bо‘yoqdorlik, tushunchaning turli darajasini ifodalash imkoniyatining mavjudligi bunga qо‘l keladi.
Sinonimlar ham til lug‘at tarkibidagi boshqa sо‘zlar kabi umumiy va xususiy sifatlarga ega. Zero, har bir sinonim boshqa sо‘zlar singari ma’no ifodalash xususiyati jihatidan umumiy bо‘lsa, sinonimik qatordagi sо‘zlarning ma’no ifodalashdagi rang-barangligi uning xususiy jihatidir. Xuddi shu xususiyat sinonimlarni badiiy nutqda faol qо‘llanilishi uchun zamin yaratadi. Binobarin, badiiy matn ifodada obrazli, ta’sirchanlikka asoslanuvchi matn bо‘lganligi uchun unda bir tushunchani turli darajada ifodalash zaruriyatining tug‘ilishi tabiiy hol. Bu vazifani badiiy nasr jarayonida sinonimlar bajaradi. Badiiy nasrda sinonimlardan foydalanish uzoq tarixning mahsulidir. Tilshunoslikda sinonimlar leksik ma’no darajasi va uslubiy bо‘yoqdorligi nuqtai nazaridan ideografik va stilistik sinonimlarga ajratilgan holda tahlil qilinadi. Sinonimlarga xos bu xususiyatlarning barcha nutq turida birday saqlanishi, ularning leksik va uslubiy jihatdan barqaror ekanligini kо‘rsatadi.
Sinonimlar – talaffuzi, yozilishi har xil, birlashtiruvchi ma’nosi bir xil ya’ni umumiy bo‘lgan, qo‘shimcha ma’no nozikligi, emotsional bo‘yog‘i, qo‘llanishi kabi bir qator xususiyatlari bilan o‘zaro farqlanadigan so‘zlardir. Ana shunday umumiy (birlashtiruvchi) ma’no bilan o‘zaro bog‘lanuvchi so‘zlar guruhi sinonimik qatorni tashkil etadi. Sinonimik qator esa ikki yoki undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lishi mumkin. Ma’nodosh so‘zlar tilning lug‘aviy jihatdan boylik darajasini ko‘rsatib beruvchi o‘ziga xos vositadir. Tilda ma’nodosh so‘zlarning ko‘p bo‘lishi tilning estetik vazifasini yanada to‘liq bajara olishini osonlashtiradi. Bu juda qadim zamonlardan beri anglangan, idrok etilgan va o‘rganilgan. Yozuvchilar tilimizdagi ma’nodosh so‘zlar ichidan tasvir maqsadi va ruhiga muvofiq keladigan aniq so‘zni topib o‘z asarlarida qo‘llashga harakat qiladilar, shu tariqa, qahramonlar ruhiyati hamda tasvir obyektining eng kichik qirralarigacha real ko‘rsatib berishga intiladilar. Badiiy matndagi ma’nodosh so‘zlar tahlilida, asosan, ikki jihatga e’tiborni qaratish zarur. Ulardan biri muallifning ikki yoki undan ortiq ma’nodosh so‘zdan ifodalanayotgan mazmun uchun eng maqbul birini tanlash bo‘lsa, ikkinchisi ayni bir matn tarkibida ikki yoki undan ortiq ma’nodosh birliklarni badiiy tasvir maqsadiga uyg‘un holda qo‘llashi masalasidir. Tilshunoslikda ma’nodoshlikning, asosan, uch turi farqlanadi, ya’ni:
- leksik ma’nodoshlik;
- frazeologik ma’nodoshlik;
- leksik-frazeologik ma’nodoshlik.
O‘zaro ma’nodoshlik qatorini hosil qiluvchi so‘zlar tushunchaning belgisiniturli daraja bilan ifodalashi, ba’zi so‘zlar belgini normal daraja bilan (neytral) ifodalasa ba’zilari kuchli darajasini ifodalashi mumkin. Sinonim so‘zlar emotsional bo‘yoqli va emotsional bo‘yoqsiz so‘zlarni tashkil etib, ular yana salbiy emotsional va ijobiy emotsional so‘zlarga bo‘linib ketishi mumkin. Quyosh ufqqa lab bosdi. Kichkina shalaq arava tuproq yo‘ldan imillab borar edi. Qora eshak chillakday ingichka oyoqlari bilan tuproq changitib, aravani sudrab borar, g‘ildiraklar nola chekkan kabi hazin g‘iyqillardi… Quyosh yer ortiga yumalab ketdi. Oqshom shamoli ufqda yonib turgan shafaq alangasini puflab o‘chirdi. Hamon g‘ildiraklar nola chekar, shalaq arava tepalikka chiqib borardi. (O.Yoqubov) Bu ikki jumlada “Quyosh yer ostiga yumalab ketdi, Quyosh ufqqa lab bosdi” bu ikki gap konteksda o‘zaro sinonimlik qatorini hosil qilgan. Ma’lumki, har bir lingvistik vosita badiiy nutqda nominativ vazifa bajarish bilan birgalikda uslubiy vosita ham bo‘la olishi mumkin. Sintaktik figuralar jonli til tabiatidan kelib chiqadigan nutqiy hodisalar bo‘lib, badiiy nutqda muayyan uslubiy maqsadni yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Chunki badiiy asarda til birliklari muallif tomonidan kommunikativ ta’sir maqsadida tanlab olinadi va shu jarayonda adibning individual faoliyati namoyon bo‘ladi. So‘z leksik ma’nolarida paradigmatik munosabat semantik jihatdan qaralganda dastlab so‘zlar ma’no bir xilligi (sinonimiya) va ma’no qaramaqarshiligi (antonimiya) nuqtai nazaridan guruhlarga bo‘lib tadqiq etilgan. Keyingi yillarda so‘z leksik ma’nolaridagi paradigmatik munosabatni semantik jihatdan eslatuvchi yana bir hodisa – lug‘aviy darajalanish (graduonimiya) hodisasi mavjudligi, unda so‘zlar ma’no farqlanishiga asoslanishi ko‘pgina tadqiqotchilar tomonidan tadqiq etildi40. Leksik sinonimiya ma’nolari bir xilligi, o‘zaro yaqinligi yoki o‘xshashligi hodisalariga asoslansa, graduonimiya esa farqlilik omillariga tayanadi. Demak, xulosa qilganda shunday fikr kelib chiqadi. Sinonimiya va graduonimiya hodisalari o‘zaro keskinfarqlanadi. Biroq shunga qaramay, ular o‘rtasida ma’noviy munosabat mavjud. Aslida sinonimlardan biri o‘rnida ikkinchisini kontekstual qo‘llash imkoniyati mavjud bo‘lsa, denotativ ma’nolarga asoslangan graduonimlar orasida darajalanish farqlari kuchli yoki kuchsiz bo‘lishi mumkin. Xuddi mana shu fikrimizni asardagi bir parcha orqali keltirishimiz mumkin. ... Stol-stul, shkaf va divanlar u yokda tursin, rang- barang telefonlardan tortib, og‘ir qizg‘ish darpardalargacha hammasi yangi, asil, qimmatbaho, shohona edi. (O. Yoqubov) Mahoratli yozuvchilarning badiiy til borasidagi ustunliklaridan biri shundaki, ular faqat tilda mavjud bo‘lgan tayyor ma’nodosh so‘zlardagina foydalanib kelmasdan badiiy tasvir ehtiyojiga ko‘ra ma’nodosh bo‘lgan so‘zlarni ham shunday qo‘llaydilarki, bu so‘zlar ham matnda xuddi ma’nodosh so‘zlar kabi idrok etiladi. Masalan yuqoridagi matnning bir jumlasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak unda shunday so‘zlar keltirilgan: Yo‘q, Po‘latxo‘ja pismiqlikka pimig‘u, lekin chumchuq pir etsa yuragi shir etadigan qo‘rqoq bir odam!. Bu jumladagi “chumchuq pir etsa yuragi shir etadigan” va “qo‘rqoq” so‘zlari o‘zaro sinonim qo‘llangan. Bu orqali yozuvchi qahramonning qo‘rqoq ekanligini bo‘rttirib ifodalashga harakat qilgan. Ma’nodosh so‘zlar badiiy adabiyotda muhim tasvirlash vositalaridan biri hisoblanib, yozuvchi ular yordamida qahramonlarning xarakter-xususiyatlarini, voqea-hodisalarni, manzaralarni, badiiy tasvirlarni aniq, ravshan va jonli qilib ifodalay oladi. Ma’nodosh so‘zlar leksemalarni o‘rinsiz takror ishlatishga yo‘l qo‘ymaydi, badiiy nutq uslubining ravonligini ta’minlaydi, jumlalarning ixcham tuzilishiga keng yo‘l ochadi, semalarni o‘rganish jarayonida chuqur fikr yuritishga imkon beradi. Nutqda, umuman olganda og‘zaki va yozma nutqda sinonimlarning katta amaliy ahamiyati bor. Sinonimlar nutqiy ta’sirchanlikka asoslanib, kitobxonning so‘z boyligini oshiradi. Sinonimlar til lug’at sostavining qanchalik boy va rang-barangligini ko‘rsatuvchi belgilardan biridir. U otasi Muzaffar Farmonovning batamom aksi: dadasi yum-yumaloq, baqaloq bо‘lsa, bu xushqad, xushsurat, uning vujudidan yoshlikka xos kuch-g‘ayrat va shiddat yog‘ilib turadi (O.Yoqubov) “Xushqad” va “xushsurat” so‘zlari bir-biriga sinonim hodisalardir. Yozuvchining mazkur sinonimlar orqali qahramon ta’riflayotgan inson otasiga zid ravishda juda kelishgan ekanligini tasvirlab bergan. “Yana qo‘lim yorilibdi”. G‘ozapoya tirnab tashlagan qo‘llariga qaraydi. Tag‘in jilmayib qo‘yadi. Mana shu nozik, chayir barmoqlari tiqmachoqday qo‘llari bilan allaqachon o‘ziga haykal bitgulik ishlar qilib qo‘ygani, bugun ham o‘sha haykalga yana jilo bergani uning hayoliga ham kelmaydi. (O.Yoqubov) “Nafis” va “chayir” yuqoridagi kabi aslida antonim so‘z. Lekin ana shu ikki zid hodisani bir yerga to‘plab, undan kontekstual sinonimiyani hosil qilish yozuvchining so‘z qo‘llash mahorati va uning naqadar teran fikrli ijodkor ekanligidan dalolatdir. Sinonimlar ma’no va qo‘llanish doiralariga ko‘ra uch xil: ideografik, stil va stilistik sinonimlar. Ideografik sinonimlar o‘zaro leksik ma’no ottenkalaribilan farqlansa, stil sinonimlari qo‘llanish doirasiga (nutqning turli stiliga mansubligiga), stilistik sinonimlar esa ekspressiv bo‘yog‘iga (sinonimik qatorda asosiy, neytral so‘zga nisbatan ekspressiv ottenkaga egaligiga) ko‘ra farqlanadi. Sinonimik qatordagi so‘zlar leksik ma’no qirrasi, uslubiy tomoni hamda pragmatik semasi bilan o‘zaro farqlanishidan kelib chiqib, tilshunos olim M. Mirtojiyev ularni bir necha tipga ajratadi. Kontekstual sinonimiya – til birligi sifatida o‘zaro sinonim bo‘lmagan leksemalarning ma’lum kontekst doirasida (demak, nutq ichida) sinonimik munosabatga kiritilishi41. Katta mahoratli yozuvchilarning badiiy til borasidagi ustunliklaridan biri shundaki, ular faqat tilda mavjud bo‘lgan, tayyor ma’nodosh so‘zlardangina foydalanib qolmasdan, badiiy tasvir ehtiyojiga ko‘ra ma’nodosh bo‘lmagan sozlarni ham shunday qo‘llaydilarki, bu so‘zlar ham matnda xuddi ma’nodosh so‘zlar kabi idrok etiladi. Kontekst doirasida sinonimlashish hodisasi ayniqsa muallif leksemasining nutqdagi qo‘llanishida ko‘p uchraydi. Ma’lumki, muallif leksemasining sememasi tarkibida “yozuvchi”, “shoir”, “hikoyanavis”, “olim”, “ixtirochi” kabi qator semalar mujassamlangan. Demak, uning ma’no ko‘lami ancha keng. Kontekst ichida esa muallif sememasining shu semalaridan biri aktuallashadi, qolganlari reallashmaydi. Masalan, roman, hikoya kabi nasriy asarlar haqida gap ketganda muallif leksemasi faqat “yozuvchi” ma’nosida qo‘llanadi, demak, yozuvchi leksemasining kontekstual sinonimiga aylanadi, kontekstdan tashqarida esa bu ikki so‘z sinonim bo‘la olmaydi, chunki ularning ma’no ko‘lami o‘zaro teng emas.
Badiiy matnlarda shu sо‘zning hududsiz, behudud, bepoyon, cheksiz kabi sinonimlarining ham qо‘plab ishlatilganligini kuzatish mumkin. U toki shahar chegarasidan chiqib zulmatga chо‘mgan hududsiz dalalar bag‘rida… (O.Yoqubov. «Oqqushlar, oppoq qushlar...») Keltirilgan gaplardagi poyonsiz, sо‘ngsiz, chegarasi yо‘q, hududsiz sо‘zlari bir-biridan uslubiy jihatdan farqlanuvchi sinonimlardir. Bu sо‘zlardan poyonsiz, hududsiz kitobiy nutqqa xos sо‘ngsiz, poyoni yо‘q og‘zaki nutqqa xos sо‘zlardir. «Oxiri, chegarasi yо‘q ma’nosidagi bu sо‘zlar ma’nodagi belgi jihatidan farqlanmaydi. Nasriy matnlarda «qaramoq» ma’nosini ifodalovchi quyidagi lingvistik vositalar qо‘llanilganini kuzatish mumkin: Pо‘lat papkaga kо‘z tashlashga ham ijirg‘anib, xirmonga qarab ketdi. (O.Yoqubov. «Oqqushlar, oppoq qushlar...»),…sо‘ng ulkan sardobani uzoq kо‘zdan kechirdi. (O.Yoqubov. «Oqqushlar, oppoq qushlar...») Keltirilgan gaplardagi kо‘zdan kechirdi “sinchiklab qarash”, kо‘z tashlash “qarash”, alangladi “xavotirli qarash” kabi ma’nolarni anglatganki, badiiy nasrning ta’sirchanligini uyushtirishda bu tipdagi turli-tuman ifodalarning ahamiyati katta.



Yüklə 119,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə