Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi



Yüklə 119,55 Kb.
səhifə8/20
tarix18.05.2023
ölçüsü119,55 Kb.
#111148
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Botirova M. mag.diss

“Uf-ff… O‘z tashvishim boshimdan oshib yotgan bir pallada, tag‘in ne balolarni boshimga solding, bolam-ov?” (O.Yoqubov. Oqqushlar, oppoq qushlar)
Hayronman… - Trubkadan “hm-hm-m”, degan nochor, lanj tovush keldi. (O.Yoqubov. Oqqushlar, oppoq qushlar)
— Yо‘q hisob. Kо‘saklarda bitta-yarimta chigit qolgan. Aytmoqchi, dashtda M uzaffar Farmonov ni kо‘rib qoldim, - dedi Rasul va qizarib ketdi: «Kо‘rib qolgan emishlar! О‘zlari izlab topdilar- ku!» Beloborodov «hm-m» deb qо‘ydi. — О‘sha... о‘zimiz bilgan Muzaffar-da, URSni boshlig‘i? Qalay, ishlari zо‘rmi? Hayronman… - Trubkadan “hm-hm-m”, degan nochor, lanj tovush keldi. (O.Yoqubov. Oqqushlar, oppoq qushlar)
Fonopoetik jihatdan so‘zdagi bir undoshning miqdoriy takrori u ifodalayotgan ekspressiv bo‘yoq miqdori darajasini belgilaydi. Chunki so‘zdagi konnotativ ma’no fonetik vositalar bilan ham darajalanib borish xususiyatiga ega. Undosh tovushlarni so‘zning turli o‘rinlarida ikkilantirib talaffuz qilish ham uslubiy ahamiyatga ega. So‘z boshidagi undosh tovushning ikkilantirilishi o‘ta hayajonlanish yoki personaj nutqiga xos kamchilikni ifodalasa, so‘z oxiridagi birdan ortiq takrori shu so‘zning cho‘ziq talaffuzini ko‘rsatadi.
Monumental san’atimiz yutuqlarini inkor etuvchi bir... tuhmatchiga chiqarishadi!.. Siz bо‘lsangiz!..
Rasul allaqanday xо‘rligi kelib, gapini tugatolmadi.
Beloborodov «him-m» deganicha bо‘ynini qashib, uzoq sukutga toldi, sо‘ng: — О‘sha xatingdan bir nusxa bormi? — deb sо‘radi. (O.Yoqubov. Oqqushlar, oppoq qushlar)
— Gapning pо‘skallasi, bizni quvib о‘tib, «Jiguli»sini yо‘lga kо‘ndalang qо‘ydi. Bu shunday tez bо‘ldiki, tormoz berib ulgurmadim. Men tugul, ustasi farang shofyor ham ulgurolmas edi!
— GAI shunday xulosaga keldimi?
— Keldi! — Hmm... — Farmonovning tund yuzi sal ochildi. (O.Yoqubov. Oqqushlar, oppoq qushlar)
— Rasul hech narsa demadimi ?
— Yо‘q, demadilar, bilishimcha, demadilar.
—Hm-m... — Farmonov uyning qoq о‘rtasida о‘yga tolib, ancha turdi, sо‘ng kо‘zi Pо‘lat papkaning hayratomuz tikilib qolganini kо‘rib, hushyor tortdi. (O.Yoqubov. Oqqushlar, oppoq qushlar)
Nihoyat, Behzod payt poylab turib, uning qorniga bir tepgan edi, Akmal: «X,m-m, о‘ldirding-ku, dayus», deganicha di-vandan ag‘darilib tushdi.
Behzod ust-boshini tо‘g‘rilab о‘rnidan turdi:
Qalay, shu ziyofat yetadimi yo tag‘in bigtasini yeysanmi? (O.Yoqubov. Oqqushlar, oppoq qushlar)
Yuqorida keltirilgan misollar orqali yozuvchining fonopoetik vositalar orqali asardagi qahramonlar xarakteri va yuz berayotgan voqea-hodisalarni yanada yorinroq aks ettirganini ko‘rishimiz mumkin.
Har qanday nutqning jozibadorligi, obrazliligi uslub vositalarining to‘g‘ri tanlanganligiga bog‘liq. Fonografik vositalarning qo‘llanish darajasi me’yordan oshsa, nutq quloqqa g‘aliz eshitiladi, tinglovchining g‘ashiga tegadi. Shuning uchun ham turli fonetik vositalardan foydalanishda, birinchi navbatda adabiy me’yor talablarini hisobga olish kerak. Shu bois kerakli fonetik vositalarni tanlayotganda matnning mazmuni, uni qanday uslub va janrga tegishli ekanligi, unda qaysi davr tasvirlanayotganligini e’tiborga olish zarur. Ma’lumki, nutq tovushlarining uslubiy xususiyatlari haqida so‘z yuritilganda, ko‘pincha, anafora, epifora va alliteratsiya usullari haqida ham to‘xtalib o‘tiladi. Unli va undosh tovushlar takrori, bo‘g‘in takrori poetik nutqda, ayniqsa, xalq og‘zaki ijodi namunalarida ko‘p uchraydi. Fonetik vositalarni ataylab takrorlash orqali so‘z san’atkorlari o‘z tasvir bayonining kuchini oshiradilar, his-tuyg‘ularini bo‘rttirib ko‘rsatadilar37. Aytib o‘tilaganidek anafora, epifora, alliteratsiya kabi usullar poetik nutqda ko‘proq ishlatiladi.
Yuqoridagi gaplardagi undosh tovushlar takrori badiiy matnning musiqiyligini ta’minlash bilan birga, fikrning ekspressivligi ta’minlagan. Hozirgi o‘zbek tilida yaratilgan nasriy asarlarda fonetik usul yordamida ma’no kuchaytirishning quyidagi usullari mavjud:
1) unlini kuchli talaffuz qilish (dinamik urg‘u)
2) unlini cho‘zish (kvantitativ urg‘u)
3) undoshni qavatlash (geminatsiya) orqali ma’no kuchaytirish.
“... stilistika til birliklaridan qaysi biri u yoki bu stilda, yozma yo og‘zaki nutqda ko‘proq ishlatiladi, degan masala bilan ham shug‘ullanadi. Bundan tashqari, stilistikaga fikr va maqsadni ifodalashda til vositalarining to‘g‘ri tanlangani yoki tanlanmaganligini aniqlash hamda shu til vositalarini maqsadga muvofiq tanlash va ishlatish yo‘llarini belgilash vazifalari yuklatiladi.38
Ekspressivlik hosil qiluvchi bu usullarning har biridan istagancha foydalanish mumkin bo‘lavermaydi. Bu usullardan qaysi birining qachon qo‘llanishi mumkin yoki mumkin emasligi ma’no kuchaytirishning qanday hodisaga nisbatan bo‘lishi va boshqa obyektiv sabablar bilan bog‘liq holda bo‘ladi. Mana shu sabablarga ko‘ra bu yo‘llar bilan ekspressivlik ifodalashning o‘ziga xos xususiyatlari va qo‘llanish doirasini alohida-alohida o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Og‘zaki nutq oqimida ayrim so‘zlarning talaffuzi, ohangi, tez-sekinligi, qattiq yoki yumshoq aytilganligini yozma nutqda aynan berish maqsadida ular orfografiya qoidalariga zid ravishda turli grafik belgi va shakllarda, hatto bo‘yoqlarda yoziladi. Uslubiy ahamiyatga ega bo‘lgan bunday hodisalarni o‘rganish ham diqqatga sazovordir. Ko‘rinadiki, fanimizda fonopoetik, fonetik uslubiy vositalarni nutq shakllari va har bir nutq shakli vositalari xususiyatlariga ajratish mumkin:
a) og‘zaki nutq talaffuzining uslubiy xususiyatlari va imkoniyatlari, ya’ni tom ma’nodagi fonetik stilistika (yoki fonopoetika);
b) og‘zaki nutq talaffuzida uslubiy xususiyatlarini yozma nutqda grafik (imloviy) vositalar bilan aks shakllari va har bir nutq shakli vositalari xususiyatlariga ajratish mumkin: ettirish, ya’ni tom ma’nodagi grafik (imloviy) stilistika39.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, so‘zda denotativ va konotativ ma’no mavjud. Ya’ni aloqa jarayonida aqatgina xabar anglashilmasdan, so‘zlovchining hishayajoni, tinglovchiga nisbatan subyektiv munosabati aks etadi. O‘zbek tilshunoslarining yuqoridagi fikrini rad etmagan holda shuni aytish mumkinki, kommunikatsiya har bir gap, so‘z va hatto tovushning tanlanishi ham bevosita inson ruhiyati bilan bog‘liq ekanligini yuqoridagi misollar orqali ko‘rib o‘tdik. Lekin ba’zan buni hatto o‘zimiz ham sezmaymiz. Bu hodisa go‘yoki, g‘ayriixtiyoriy hodisaga o‘xshaydi. Ammo chuqurroq tahlil qilinsa, bu jarayon uzluksiz ong osti qatlamlarida miyaning bevosita buyruqlari asosida amalga oshayotganini ko‘ramiz. Bu holatlarni yuqoridagi kabi badiiy matnlarda kuzatish ancha samara beradi. Har bir so‘zda tovush va ma’no uyg‘un bo‘lsa, bunday so‘z yorqin, yashovchan, o‘zining mustahkam o‘rniga ega bo‘ladi va bunday so‘zlar so‘zlashuv, badiiy uslubda keng qo‘llaniladi. Chunki tovushlar so‘z ma’nosini yanada bo‘rttiradi, emotsional bo‘yoqdorligini oshiradi. Har bir ijodkorning tuyg‘ulari faqat o‘zigagina ayon bo‘lgan olamda ong orqali namoyon bo‘ladi. Unga mos tovushlar topish esa, bevosita yozuvchining so‘zdan va tovushlardan foydalanish mahoratiga bog‘liq. Qaysi tovushga qanday ma’no yuklash esa ijodkorning voqelikni ong va qalb prizmasidan qay tarzda o‘tkazishiga bog‘liq Kuzatilga misollar orqali shunday xulosaga kelish mumkinki, demak, fonografik stilistik vositalar badiiy tasvirda muhim ahamiyat kasb etar ekan. Ular narsa, hodisa va voqealar haqida tushuncha ifodalash bilan birga so‘zlovchining turli emotsional-ekspressiv holatini, uning voqea-hodisalarga turli xil munosabatini yanada aniqroq, ravshanroq va o‘zgacha bir ottenka orqali ifodalshga xizmat qilishini ko‘rib o‘tdik. Demak, fonografik-stilistik vositalardan o‘rinli foydalanish badiiy ta’sirchanlikni oshirishga xizmat qilishini ko‘rdik.
I bobga doir xulosalar

  1. Badiiy matnning shakllanishida nafaqat adabiy til, balki umumxalq tilining barcha vositalari ijodkor badiiy niyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida erkin ishtirok etadi. Ammo bunday badiiy matndagi til vositalarining barchasi bab baravar, bir xil estetik maqomda deb bo‘lmaydi. Badiiy matnda muayyan til birliklari, til vositalari alohida poetik qimmat kasb etadi, boshqalari esa poetik jihatdan nisbatan passiv xarakterda bo‘ladi.

  2. Nasriy matnda nutq tovushlarining estetik imkoniyatlari tez va qulay idrok etiladi. Bunga tovushlarni estetik qo‘llash natijasida erishiladi. She‘riyatda, asosan, alliteratsiya, assonans, geminatsiya kabi fonetik usullardan foydalaniladi. Shuningdek, tovushlarni turli kombinatsiyalarda qo‘llash (fonetik xiazm) orqali ham poetik effekt hosil qilinadi. Nasrda unlilarni cho‘zish, undoshlarni qavatlash, tovushlarni takrorlash, so‘zlarni noto‘g‘ri talafuz qilish, tovush orttirish yoki tovush tushirish kabi fonetik usullar yordamida ekspressivlik ta‘minlanadi.

  3. Odil Yoqubov asarlarida fonetik vositalar boshqa til birliklari kabi poetic vazifa bajarishga xizmat qiladi. Segment va supersegment birliklar qahramonlarning ruhiy holatini, his-tuyg‘ularini bo‘rttirib ifodalab, o‘quvchiga ta’sirli tarzda yetkazishga, qahramon nutqini individuallashtirishda alohida ahamiyatga ega.
















Yüklə 119,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə