Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


-§. Yozuvchining epitetdan foydalanish mahorati



Yüklə 119,55 Kb.
səhifə16/20
tarix18.05.2023
ölçüsü119,55 Kb.
#111148
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Botirova M. mag.diss

3.2-§. Yozuvchining epitetdan foydalanish mahorati
Badiiy nutqda qo‘llaniladigan barcha so‘zlar u yoki bu darajada tasviriylikni vujudga keltiradi. Chunki har qanday so‘z matnda o‘ziga xos ma’no ifodalaydi, voqea-hodisaning tasvirini yaratadi. Shuningdek, tilda tasviriylikni vujudga keltiruvchi maxsus vositalar ham mavjud bo‘lib, ular fikrni obrazli ifodalash asosida badiiy ta’sirchanlikni kuchaytiradi. Shunday vositalardan biri sifatlash (epitet)dir. Sifatlash tropning bir turi bo‘lib, unga badiiy obrazlilikni ta’minlovchi tasviriy vosita sifatida qaralgan57. Sifatlash umumuslubiy vosita. Binobarin, nutqning barcha turlarida bu vositadan foydalaniladi. U narsa, hodisaning biror xususiyatini belgi sifatida alohida ta’riflash vazifasini bajaruvchi tasviriy vositadir. Sifatlashlar mohiyatan aniqlovchilarga yaqin bo‘lib, aniqlovchilardan emosional ta’sirchanligi, badiiy nutqqa xosligi jihatidan farqlanadi. M.Mukarramov sifatlash va aniqlovchilarning ma’no va grammatik jihatdan farqlanuvchi beshta xususiyatini ajratib ko‘rsatgan58. A.T. Rubaylo sifatlash tropning metafora va metanomiyaga yaqin bo‘lgan turi ekanligini ta’kidlab uni badiiy aniqlovchi deb ataydi59. R. Qo‘ng‘urov sifatlashning doimiy aniqlovchilardan farqli ravishda ekspressivligi, ko‘chma ma’noda ishlatilishi kabi xususiyatlari mavjudligini ta’kidlab, uni poetik aniqlovchi deb ataydi60. Darhaqiqat, sifatlashlar, obrazlilik darajasining kuchliligi, emosional-ekspressivligi va nihoyat badiiy nutqqa xosligi jihatidan aniqlovchilardan keskin farq qiladi. M.Kojina sifatlashni narsa-hodisani obrazli ifodalovchi, xarakterli xususiyatlarini ta’kidlovchi, ko‘proq badiiy nutqda qo‘llanilib, estetik vazifa bajaruvchi so‘z sifatida talqin qiladi61. Shu nuqtai nazardan badiiy matnlarda uchraydigan sifatlashlarni xarakteriga ko‘ra ikki turga ajratish mumkin:
a) umumnutq sifatlashlari;
b) badiiy sifatlashlar.
Umumnutq sifatlashlarida obrazlilik, ekspressivlik kuchli bo‘lmaydi, umumnutq sifatlashlarida narsa, hodisalarning biror tomoni, hammaga Ma’lum bo‘lgan belgi asosida ko‘rsatiladi.
Sifatlashlarning bu turi ham ifodadorlik ko‘lami bilan ajralib turadi. Bunday sifatlashlar inson holatini ta’riflash vazifasini bajaradi va badiiy asarlarda bu tipdagi sifatlashlar orqali inson o‘y-kechinmalari, narsa-hodisaga munosabati kabilar ifodalanadi. Masalan, Xayolidan zo‘r-bazo‘r haydagan mudhish o‘ylar qayta yopirilib kelar, o‘rnidan sapchib turib ketardi. (O. Yoqubov. “Oqqushlar, oppoq qushlar...”) Bu matnda asar personajining holatini ifodalanishi mudhish o‘ylar sifatlashi orqali aniq ta’riflangan. Ushbu sifatlash personaj kayfiyatini ko‘rsatuvchi, unga bir paytlar sodir bo‘lgan allaqanday noxushlikni eslatib turuvchi vosita vazifasini bajargan. Sifatlash vazifasidagi mudhish so‘zi badiiy nutqqa xos. Bu so‘z yordamida hosil bo‘lgan sifatlashlarning badiiy asarlarda turli predmet nomlarining sifatlovchisi bo‘lib kelishi individual uslubga xoslikdan dalolat beradi. Badiiy nutqda mudhish so‘zi yordamida hosil bo‘lgan mudhish o‘y, mudhish tun, mudhish kun, mudhish voqea kabi sifatlashlar uchraydi.62
Badiiy sifatlashlar kо‘pincha individual sо‘z qо‘llanilishining namunasi bо‘lib, ifodadagi favquloddalik, yangilik, emotsional-ekspressivlikning kuchayishi uchun imkon yaratadi. Bunday sifatlashlar orqali narsa-hodisa kishi xayolida obrazli gavdalanadi. Badiiy sifatlashlarda kо‘pincha ma’no metaforik asosda, yoki о‘xshatish-sifatlash asosida vujudga keladi. Badiiy matnlardagi sifatlashlarni sinchiklab kuzatish shunday xulosaga olib keldiki, sifatlashning metaforik sifatlash turi kо‘proq poetik asarlarga xos bо‘lib, nasriy asarlarda bu tur u darajada faol emas. Shu boisdan nasriy matnlarda sifatlashlarning badiiy sо‘zlar vujudga kelgan kо‘rinishlari ma’no xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi. Masalan,
Shovvozning so‘zlari Shoqosimga bamisoli zaharli qamchi kabi bo‘lib tegdi-yu, shartta o‘rnidan turib ketdi. (O. Yoqubov. “Oqqushlar, oppoq qushlar”) Bu matnda asar personajining holatini ifodalanishi zaharli qamchi sifatlashi orqali aniq ta’riflangan. Ushbu sifatlash personaj kayfiyatini ko‘rsatuvchi, unga ayni paytda aytilgan so‘z qahramonga naqadar kuchli ta’sir etganligini ifodalovchi vosita vazifasini bajargan. Sifatlash vazifasidagi zaharli so‘zi badiiy nutqqa xos. Bu so‘z yordamida hosil bo‘lgan sifatlashlarning badiiy asarlarda turli predmet nomlarining sifatlovchisi bo‘lib kelishi individual uslubga xoslikdan dalolat beradi.
Oysuluvning zahil, rangpar yuzi xuddi uyqudan hozir uyg‘ongan gо‘dakning yuziday tinikdashgan, qirra burni, lablari, chuqur botgan kо‘zlarining chetidagi ajin tо‘rlari gо‘yo kamaygan, silliqlashgan. (O. Yoqubov. “Oqqushlar, oppoq qushlar”) Bu matnda asar personajining holatini ifodalanishi ajin to‘rlari sifatlashi orqali aniq ta’riflangan. Ushbu sifatlash personaj yoshi va tashqi ko‘rinishini ko‘rsatuvchi vosita vazifasini bajargan. Sifatlash vazifasidagi to‘rlar so‘zi badiiy nutqqa xos. Bu so‘z yordamida hosil bo‘lgan sifatlashlarning badiiy asarlarda turli predmet nomlarining sifatlovchisi bo‘lib kelishi individual uslubga xoslikdan dalolat beradi. Badiiy nutqda mudhish so‘zi yordamida hosil bo‘lgan mudhish o‘y, mudhish tun, mudhish kun, mudhish voqea kabi sifatlashlar uchraydi.
Badiiy sifatlashlar nutqqa pardoz berish, predmetlarning xarakterli tomonlarini badiiy bо‘yoqdor holda kо‘rsatishi bilan xarakterlanadi. Sifatlashlarning bu turi emotsional-obrazlilikning kuchliligi bilan farqlanadi. Bunday sifatlashlarda aksariyat hollarda bir necha sifatlovchi belgi mavjud bо‘ladi. Masalan, yirik qora gulli lola rang shol rо‘mol; mayin, dilgir ashula; kо‘rkam va latif kо‘rinish kabi. Keltirilgan sifatlashlardagi obrazlilik predmetlardagi bir necha belgining mavjudligi asosida kuchaygan. Zero, sifatlashlarning bu turida predmet belgisini о‘ta aniq, butun tafsiloti bilan ajratib kо‘rsatilishi asosida ekspressivlik darajasi ham kuchayib boradi. Badiiy nasr sifatlashlarga boy bо‘lib, unda doimiy sifatlashlar bilan bir qatorda individual sifatlashlar ham kо‘plab uchraydi.63 Masalan,
Erining dilida qo‘zg‘algan alamli tug‘yonlarni his etgan Oysuluv unga mehr bilan tikilib qaradi, biroq indamadi. (O. Yoqubov. “Oqqushlar, oppoq qushlar”) Bu matnda asar personajining holatini ifodalanishi alamli tug‘yon sifatlashi orqali aniq ta’riflangan. Ushbu sifatlash personaj kayfiyatini ko‘rsatuvchi, unga bir paytlar sodir bo‘lgan allaqanday voqealarni eslatib turuvchi vosita vazifasini bajargan. Sifatlash vazifasidagi alamli so‘zi badiiy nutqqa xos. Bu so‘z yordamida hosil bo‘lgan sifatlashlarning badiiy asarlarda turli predmet nomlarining sifatlovchisi bo‘lib kelishi individual uslubga xoslikdan dalolat beradi.

Yüklə 119,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə