Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


Tadqiqotning maqsadi va vazifalari



Yüklə 119,55 Kb.
səhifə2/20
tarix18.05.2023
ölçüsü119,55 Kb.
#111148
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Botirova M. mag.diss

Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: Odil Yoqubovning “Oqqushlar, oppoq qushlar…” asarini lingvopoetik jihatdan tahlil qilish, ijodkorning tilning badiiy tasvir vositalaridan, shuningdek, umuman tildan foydalanishdagi mahoratini va bu orqali uning o‘zbek adabiy tili rivojidagi o‘rnini belgilashdan iboratdir.
Tadqiqot maqsadini amalga oshirish quyidagi vazifalarni bajarishni taqozo etadi:
- Odil Yoqubov asarlarini lingvopoetik jihatdan o‘rganishning dolzarbligini asoslash;
- Yozuvchi ijodining o‘zbek tilshunosligida o‘rganilish holatini ilmiy-tanqidiy baholash;
- Odil Yoqubovning “Oqqushlar, oppoq qushlar…” asarining fonetik xususiyatlarini lingvopoetika bilan aloqadorlikda tahlil etish;
- Odil Yoqubovning “Oqqushlar, oppoq qushlar…” asarini qo‘llangan muayyan til birliklarini belgilash va ularni lingvopoetik jihatdan tahlil etish;
- Odil Yoqubovning “Oqqushlar, oppoq qushlar…” asarini qo‘llangan epitet, tasviriy vositalarni belgilash va ularni lingvopoetik jihatdan tahlil etish;
- Yozuvchining o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rnini, uning o‘zbek tiliga, undan foydalanishga bo‘lgan munosabatini belgilash.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
- Odil Yoqubov ijodining badiiy uslub individualligini ta’minlovchi vositalar leksik-semantik jihatdan tahlil qilindi;
- Odil Yoqubovning “Oqqushlar, oppoq qushlar…” asarini qo‘llangan epitet, tasviriy vositalarni belgilash va ularni lingvopoetik jihatdan tahlil etildi;
- Yozuvchi tilining fonetik, leksik-semantik, sintaktik xususiyatlari tahlili asosida idiolektik farqlar tasniflandi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Ilmiy tadqiqot ishida Odil Yoqubovning “Oqqushlar, oppoq qushlar…” asari matnining lingvopoetik xususiyatlari yoritildi va yozuvchi nutqigagina xos lingvopoetik vositalar haqida aniq xulosalar berildi.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi: Keyingi yillarda o‘zbek tilshunosligida badiiy matn tahlili muammolari bilan shug‘ullanish jiddiy tus oldi. Lingvistik birliklarning adabiy yohud poetik asardagi lisoniy va badiiy-estetik vazifasini tahlil qilish hali ko‘plab tadqiqotlarning yaratilishini taqozo qiladi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha ham o‘zbek tilshunosligida qator ilmiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, tilshunos olim A.Mamajonovning “Tekst lingvistikasi3” nomli qo‘llanmasida matn va uning o‘ziga xos xususiyatlari, matn turlari, matn qismlarini bog‘lovchi vositalar yuzasidan fikr yuritib badiiy matnning ham o‘ziga xos xususiyatlarini, M.Qurbonovaning “Matn lingvistikasi4”, E.Qilichevning “Matnning lingvistik tahlili5” qo‘llanmasida matn ko‘rinishlari, badiiy matn va uni lisoniy tahlil qilish, D.Xudoyberganovaning “Matnning antroposentrik tadqiqi6” nomli monografiyasida badiiy matnning kognitiv, psixolingvistik va lingvokulturologik tahlili, M.Yo‘ldashevning “Badiiy matn va uni lingvopoetik tahlili asoslari” kabi ilmiy tadqiqot badiiy matn va uning lisoniy xususiyatlari haqida so‘z yuritilgan. Mazkur tadqiqot ishida ushbu manbalar metodologik asos vazifasini o‘tadi.

Yüklə 119,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə