Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi



Yüklə 119,55 Kb.
səhifə14/20
tarix18.05.2023
ölçüsü119,55 Kb.
#111148
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Botirova M. mag.diss

O‘xshatish. Badiiy tilning tasviriy vositalaridan biri hisoblangan o‘xshatish obrazlilik, tasvirilikni kuchaytirishi favqulotda poetik ifodalilik xususiyati bilan ajralib turadi. Shu boisdan ham kutilmagan ifodadorlik, obrazli, ta’sirchan firk ifodalash o‘xshatishning muhim belgilaridan hisoblanadi. Favqulodda fikr ifodalanishiga ko‘ra o‘xshatish badiiy tasviriy vosita nutqning bezagidir. Oftob tik tepaga kelgan, lekin uning yog‘dusi go‘dak qo‘llariday yoqimli, ko‘ngilni g‘ash qiluvchi barcha g‘am-anduhni daf etuvchi bir malhamday mayin, iliq, osuda edi. (“Oqqushlar, oppoq qushlar…”). O‘xshatish tasviriy vosita sifatida ko‘pinch badiiy nutqda qo‘llanadi. Bu holat shu vositaning qisman uslubiyligini ham belgilaydi. Lekin o‘xshatish badiiy nutq doirasida cheklanib qolgan vosita emas, uni nutqning boshqa ko‘rinishlarida, jumladan, so‘zlashuv nutqida ham ko‘plab uchratish mumkin.
О‘xshatish tasviriy ifodaning eng qadimiy shakllaridan bо‘lib, Aristotel poeziyani о‘xshatish san’ati deb ataydi. Uning fikricha inson boshqa mavjudodlardan о‘xshatish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ham farqlanadi, hatto dastlabki, bilimlarni u о‘xshatishdan oladi va bu jarayon samaralari barchaga huzur bag‘ishlaydi. О‘xshatish о‘zbek mumtoz she’riyatining an’anaviy vositalaridan bо‘lib, XV asr badiiy san’atlar ilmining donishmandi Atoulloh Husayniy uni shunday ta’riflagan. “Tashbeh vasfta bir nimani bir nimaga о‘xshatmoqtin iborattur. Anikim, tashbeh qilurlar mushabbah derlar va anikim, anga tashbeh qilurlar mushabbah bih derlar va ul vasfni vajh-i-shibh (о‘xshash tomoni) derlar”.
О‘zbek tilshunosligida о‘xshatish haqida ilk tadqiqot olib borgan M.Mukarramov о‘xshatishning uch asosdan iboratligi о‘xshatiluvchi obekt va
о‘xshovchi obraz о‘xshatishning asosi ekanligini ta’kidlaydi. О‘xshatish vositasi asos sifatida hisobga olinmaydi. О‘xshatishlar haqida maxsus tadqiqot olib borgan D.Xudoyberganova о‘xshatishlar tо‘rt komponentdan iborat ekanligini, ayrim о‘xshatish konstruksiyalarida bu komponentlarning biri uslub talabi bilan ifodalanmay qolishini kо‘rsatadi. Olima о‘xshatish asoslarining bu xilda birining ifodalanmasligini uning ma’nosini boshqa qismlar orqali anglanishi bilan izohlaydi.
S.L.Neveleva Paninidan boshlab qadimgi hind poetik traktlarida о‘xshatish tarkibini tо‘rt asosdan iborat ekanligini kо‘rsatadi: subekt (nima о‘xshatilayapti), obekt (nima bilan о‘xshatilayapti), о‘xshash belgi va о‘xshatish shakli (vositasi). “Nutq madaniyati va uslubiyati asoslari” kitobida о‘xshatishning tо‘rt asosdan: о‘xshatilgan narsa, о‘xshatiladigan narsa, о‘xshatish asosi, о‘xshatish vositasidan iboratligi kо‘rsatilgan. Prof N.Mahmudov о‘zbek tilida о‘xshatishlarning tо‘rt unsurdan tashkil topishini, ular о‘xshatish subekti, о‘xshatish etaloni, о‘xshatish asosi va о‘xshatishning shakliy kо‘rsatkichi ekanligini ta’kidlaydi. Keltirilgan fikrlar va manbalardan olingan misollar о‘xshatishning tо‘rt asosdan iboratligini tasdiqdaydi. Demak, о‘xshatish hosil bо‘lishiga kо‘ra tо‘rt asosga – о‘xshatiluvchi predmet (о‘xshatish obekti), о‘xshovchi predmet (о‘xshatish etaloni), о‘xshatma belgi (о‘xshatish asosi) va о‘xshatish vositasi (о‘xshatishning shakliy kо‘rsatkichi) asosida shakllanadigan tasviriy ifodadir.49
Tasviriy vositaning bu turi narsa yoki predmetning belgisini ikkinchi narsa yoki predmetning xuddi shu belgisiga ko‘ra qiyoslash natijasida vujudga keladi. Shunga ko‘ra o‘xshatish uch asosga ega: o‘xshayotgan predmet, o‘xshagan predmet va o‘xshovchi belgi bu uch jarayon o‘xshatishning asosini tashkil qiladi. Bundan tashqari o‘xshatish vositalari ham o‘xshatish hosil qiluvchi muhimroq omillardan hisoblanadi. Lekin o‘xshatish vositalarining o‘xshatish hosil qilishidagi ishtiroki ba’zan nisbiydir. Chunki ayrim o‘xshatishlarda ko‘pincha bunday vosita ishtirok etmaydi. Shunga ko‘ra o‘xshatish vositali va vositasiz o‘xshatishlarga bo‘linadi. Vositali o‘xshatishlarda o‘xshatish hosil qiluvchi uch asosdan tashqari o‘xshatish vositasi ham ishtirok etadi. Tilda o‘xshatish hosil qiluvchi turli vositalar mavjud bo‘lib, o‘xshatish asosan leksik va grammatik jarayonlar vositasida vujudga keladi50:

Yüklə 119,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə