Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi



Yüklə 119,55 Kb.
səhifə13/20
tarix18.05.2023
ölçüsü119,55 Kb.
#111148
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Botirova M. mag.diss

II bobga doir xulosalar

  1. Badiiy matnning shakllanishida nafaqat adabiy til, balki umumxalq tilining barcha vositalari ijodkor badiiy niyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida erkin ishtirok etadi. Ammo bunday badiiy matndagi til vositalarining barchasi bab baravar , bir xil estetik maqomda deb bo‘lmaydi. Badiiy matnda muayyan til birliklari, til vositalari alohida poetik qimmat kasb etadi, boshqalari esa poetik jihatdan nisbatan passiv xarakterda bo‘ladi.

  2. Badiiy matnagi petik aktuallashuv leksik vositalarda ham o‘zga xos tarzda kechadi va ayni paytda leksikaning poetik aktuallashuvi juda keng ksuzatiladi. Zero, badiiy matnni tushunish, uning lingvopoetik mohiyatini holis baholash undagi so‘z tahlilisiz aslo mumkin emas. Odil Yoqubov asarlarida sinonim va antonim so‘zlarga keng murojaat etilgan bo‘lib, ular badiiy matndagi poetik aktuallashgan leksik vositalarning lingvopoetik qimmatini belgilashda muhim o‘rin tutgan.

  3. Odil Yoqubov, boshqa ijodkorlar kabi, asarlarida iboralardan unumli foydalangan. Maqollar va iboralarning leksik yoki grammatik jihatdan o‘zgartirilganligi asardada emotsional-ekspressevlik xususiyatlarini ta’minlagan.


III BOB. YOZUVCHI ASARLARIDA TASVIRIY VOSITALAR
3.1-§. O‘xshatish badiiy nutqning muhim tasviriy vositalaridan biri
Yozuvchilar olg‘a surgan g‘oyasini o‘quvchilar ommasiga to‘la yetib borishida ham asar tili muhim rol o‘ynaydi. Haqiqatan, til o‘sha g‘oyani talqin etishda ishoralarning siqiq, silliq bo‘lishi, so‘zlarning o‘z o‘rnida ishlatilishi bilan xarakterlanadi. O.Yoqubov o‘z asarlarida leksik birliklarning turli – tuman xususiyatlaridan unumli foydalana olgan. Uning asarlarida ishlatilgan leksemalar ma’no ko‘lamining kengligi, serqirraligi, o‘zining xalqonaligi, bo‘yoqdorligi va jonliligi bilan alohida-alohida ahamiyat kasb etadi. O.Yoqubov asarlarida so‘zning qudratini alohida inobatga olgan holda, undan zargarona foydalanadi. Muayyan voqelikni tasvirlashda shunchaki bayondan qochadi, balki ko‘p ma’noli so‘zlar, so‘zning konnotativ ma’nosi, ma’no ko‘chishining turli usullari, xalqona ibora va birikmalarni unumli qo‘llaydi. Til va nutq nihoyatda murakkab, shaxs va jamiyat uchun almashtirib bo‘lmaydigan darajada ahamiyatli hodisalardir. Tilning uch vazifasidan biri – emotsional-ekspressivlikni ifodalash, ayniqsa, ijodiy tafakkur sohibi bo‘lgan inson uchun zaruriydir. Bu o‘rinda professor N.Mahmudovning til haqidagi quyidagi fikrlari juda ham o‘rinli: “Til faqat aloqa vositasigina bo‘lganda edi, u juda oddiy, sodda va qashshoq bir narsaga aylangan bo‘lardi. Holbuki til bemisl boy, sehr-u sinoatga, ruh-u ruhoniyatga, ko‘rk-u komillikka limmo-lim bir xilqatdir”.48
Til o‘zining beqiyos imkoniyatlarni badiiy adabiyotda yanada ravshanroq namoyon etadi. O‘zbek adabiy tilining ifoda imkoniyatlarini o‘z asarlarida keng ko‘lamda aks ettira olgan mohir so‘z ustalaridan biri Odil Yoqubovdir. O.Yoqubov “Ulug‘bek xazinasi”, “Oqqushlar, oppoq qushlar…” kabi asarlari bilan o‘zbek nasri taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan adibdir. O.Yoqubov asarlarida tilimizning boy ifoda imkoniyatlari, ayniqsa, so‘zlarning ko‘chma ma’nolarda qo‘llanib, turli konnotativ semalarga ega bo‘lishi asarlar tilining ta’sirchanligi, tasvirning jonli va ishonarli, hayotiyligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega.

Yüklə 119,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə