Kurs ishi fan : Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o’stirish


To`rtinchi davr-maktab davri



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/47
tarix23.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#155347
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47
To`rtinchi davr-maktab davri
(7 yoshdan 17 yoshgacha).
Bu davrning o`ziga xos tomoni shundaki, bolalar nutqining rivojlanishi 
oldingi davrlardagiga nisbatan ongli ravishda ro`y beradi. Bu davrda bolalar 
tovushlar analizi, nutqning grammatik qonuniyatlarini egallaydilar. Bu davrda 
nutqning yangi turi yozma nutq etakchi rol o`ynaydi.
Bola nutqining rivojlanish jarayoni o`z vaqtida to`g’ri kechishi uchun 
maxsus sharoitlar zarurdir.
Buning uchun:
-
bola ruhiy va jismoniy jihatdan sog’ bo`lishi;
-
normal aqliy qobiliyatga ega bo`lishi;
-
normal eshitishi va ko`rishi;
-
etarli darajada ruhiy aktivlikka ega bo`lishi;
-
gaplashish ehtiyojiga ega bo`lishi;
-
to`g’ri nutq muhitiga ega bo`lishi lozim.


12
Bolada nutqning normal rivojlanishi, unga doimo yangi tushunchalarni 
o`zlashtirib olishga, tevarak-atrof haqidagi bilim va tasavvurini kengaytirishga 
imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, nutq, uning rivojlanishi tafakkurning rivojlanishi 
bilan uzviy bog’liqdir.
Nutq kamchiligi
logopediya fanida muayyan tilning me’yorlaridan chetga
chiqish deb ta’riflanadi.
Nutq kamchiliklari quyidagilar bilan xarakterlanadi:
1.
Nutq kamchiligi o`z-o`zidan barham topmaydi, balki vaqt o`tgan sari 
yanada mustahkamlanib, zo`rayib boradi.
2.
Nutq kamchiliklarini kattalarda namoyon bo`lishi ularning yoshiga mos 
kelmaydi.
3.
Nutq kamchiligiga ega bo`lgan kishilar logopedik yordamga muhtoj 
bo`ladilar.
4.
Og’ir nutq kamchiliklari bolaning nafaqat nutqiga, balki uning umumiy 
rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko`rsatadi.
Bolalarda nutq buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablar ichida tashqi 
(ekzogen) va ichki (endogen) omillar, shuningdek atrof-muhitning tashqi sharoitlari 
farq qilinadi.
Nutqiy nuqsonning turli sabablarini ko`rib chiqishda evolyusion-dinamik 
yondoshiladi. Bu nuqsonning yuzaga kelish jarayonini tahlil qilishdan, anomal 
rivojlanishining umumiy konuniyatlarini va xar bir yosh davrida Nutqning 
rivojlanish konuniyatlarini hisobga olishdan iboratdir (I. M. Sechenov, L. V.
Vigotskiy, V. I. Lubovskiy).
Bolalardagi nutqiy nuqsonlarning asosiy sabablari:
1.
Embrion rivojlanish davridagi turli xil patologiyalar;
2.
Xomiladorlik vaqtidagi toksikozlar, virusli va endokrin 
kasalliklar, jaroxatlar, qonning rezus-faktorga mos kelmasligi;
3.
Tug’ruq vaqtidagi shikastlanish va asfiksiya;
4.
Bola rivojlanishining birinchi yilidagi bosh miya kasalliklari 
(meningit, ensofalit).


13
5.
Miyaning chayqalishi bilan birga sodir bo`ladigan bosh miya 
jarohatlari.
6.
Nasliy faktorlar.
7.
Sosial-maishiy sharoitning yomonligi. Bu xolat mikrososial 
pedagogik qarovsizlikka, vegetativ disfunksiyaga,
emosional-
irodaviy muhitning buzilishlariga va nutqning rivojlanmay qolishiga sabab 
bo`ladi.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan sabablar, ayrim xollarda ularning birgalikda 
qo`shilib kelishi nutqning turli tomonlarining buzilishiga sabab bo`lishi mumkin.
Hamma nutq buzilishlari kelib chiqishiga ko`ra ikki guruxga bo`linadi:
1.
Organik xarakterdagi nutq buzilishlari.
2.
Funksional xarakterdagi nutq buzilishlari.
Organik Nutq buzilishlari o`z navbatida ma’lum joyning zararlanishiga 
ko`ra markaziy va periferik xarakterda bo`ladi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə