Kurs ishi fan : Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o’stirish


na-na-na, be-be-be, da-da-da, pa-pa-pa



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/47
tarix23.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#155347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47
na-na-na, be-be-be, da-da-da, pa-pa-pa
va boshqalar).
Ikkinchi yarim yillikda bola ba’zi bir tovushlar birikmasini idrok qila 
boshlaydi va ularni predmetlar yoki harakatlar bilan bog’laydi 
(bu, ma, bey)
.
Bola 7-9 oyligida kattalar ketidan turli xil bo`g’inlarni qaytara boshlaydi.
10-11 oyligida so`zlarning o`ziga reaksiya paydo bo`la boshlaydi (vaziyat 
va gapirayotgan kishining intonasiyasidan qat’i nazar).
Ikkinchi davr – bog’chagacha bo`lgan davr
(bir yoshdan 3 yoshgacha).
Bolada birinchi so`zlar paydo bo`lgandan so`ng, tayyorlov davri tugab, aktiv 
nutqni egallash davri boshlanadi. Bu vaqtda bola atrofdagilar artikulyasiyasiga 
e’tibor beradi. U gapirayotganlar orqasidan so`zlarni ko`p marotaba takrorlaydi va 
o`zi ham so`zlarni talaffuz qiladi. Bola hayotining 2-3 yiliga kelib, uning lug’at 
boyligi sezilarli darajada boyib boradi.
Eng keng tarqalgan ma’lumotga ko`ra, bolalarning lug’at boyligini 
bog’chagacha bo`lgan davrda o`sishi quyidagi raqamlarni ko`rsatadi: 1 yoshu 6 oyda 
- 10-15 ta so`z, 2-yilning oxiriga kelib 300 ta so`z, 3 yoshga borganda – 1000 ta so`z.
Bola hayotining 3-yiliga kelib, nutqning grammatik tomoni shakllana 
boshlaydi. Avval bola o`z xohish va iltimoslarini bir so`z bilan ifodalaydi.
Keyinchalik 1-2 ta so`zdan iborat sodda jumlalar paydo bo`la boshlaydi.
Uchinchi davr – maktabgacha bo`lgan davr
(3 yoshdan 6 yoshgacha).
Maktabgacha bo`lgan davrda bolalar birinchi navbatda artikulyasion 
jihatdan oson talaffuz etiladigan: lab-lab, lab-til undoshlari - 
p, b, m, f, v
va 
boshqalarni o`rganadilar. Artikulyasion jihatdan talaffuz etish qiyin bo`lgan: 


11
shivirlovchi, sirg’aluvchi (
s, z

sh, j, ch)
va sonor 
(r, l),
til orqa (
k, g
) tovushlarini 
talaffuzini egallashda qiynaladilar. Shuning uchun bolalar bu tovushlarni nutqda 
noto`g’ri qo`llaydilar yoki talaffuz etmaydilar.
Bu davrda lug’at boyligining o`sishi davom etadi. Bolaning 4-6 yoshida 
uning aktiv lug’ati 3000-4000 ta so`zgacha etadi. Lug’at boyligi o`sib borishi bilan 
birgalikda nutqning grammatik tomoni ham rivojlanib boradi.
Bola hayotining 4 - yiliga kelib, ular o`z nutqlarida sodda va murakkab 
gaplarni qo`llay boshlaydilar. 5 yoshga kelib esa, qo`shma gaplardan erkin foydalana 
oladilar. 5 yoshli bolalar qo`shimcha savollarsiz hikoya va ertaklarni aytib berish 
qobiliyatiga ega bo`ladilar.
Bu davrda fonematik idrok sezilarli darajada rivojlanadi. Bola avval unli va 
undoshlarni, so`ng sonor, shovqinli va sirg’aluvchi tovushlarni ajrata boshlaydi. 
Normada 4 yoshli bola barcha tovushlarni ajrata olishi, unda fonematik idrok 
shakllangan bo`lishi lozim. Bu vaqtga kelib tovushlarni to`g’ri talaffuzining 
shakllanishi tugallanadi va bola har tomonlama to`g’ri, aniq gapiradi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə