Kurs ishi fan : Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o’stirish


I-BOB. BOLALARDA UCHRAYDIGAN NUTQ KAMCHILIKLARI



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/47
tarix23.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#155347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
I-BOB. BOLALARDA UCHRAYDIGAN NUTQ KAMCHILIKLARI 
VA ULARNI BARTARF ETISH OMILLARI
1.1. Nutq kamchiliklari haqida tushuncha va nutqning buzilish sabablari. 
Bolaning nutqi kattalar nutqi asosida rivojlanib boradi. Nutqning to`g’ri 
shakllanishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, to`g’ri nutq muhiti va 
ta’limtarbiyaga bog’liq.
Nutq tug’ma qobiliyat emas, balki hayot davomida bolaning jismoniy va 
aqliy rivojlanishi bilan parallel ravishda shakllanib boradi.
Nutq buzilishlarini o`rganish, tushunish uchun bola nutqining
normal 
rivojlanish
yo`lini,
bu
jarayonning o`ziga
xos xususiyatlarini, 
nutqning muvaffaqiyatli shakllanishida katta rol o`ynovchi sharoitni bilish lozim.
Bundan tashqari bola nutqining rivojlanish davrlarini aniq bilish zarur. Bu 
esa nutqning rivojlanishi jarayonidagi u yoki bu kamchiliklarni o`z vaqtida bilish va 
aniqlash uchun kerak bo`ladi.
G.L.Rozengrad-Pupko bolada nutq rivojlanishini ikki davrga 
ajratadi: 
1)
tayyorlov davri (2 yoshgacha);
2)
nutqning mustaqil shakllanish davri.
A.N.Leontev bola nutqining shakllanishini 4 davrga bo`lib ko`rsatadi: 
1)
tayyorgarlik davri – bola tug’ilgandan bir yoshgacha;
2)
bog’chagacha bo`lgan davr – 3 yoshgacha;
3)
maktabgacha bo`lgan davr – 7 yoshgacha; 4) maktab davri.
Bola tug’ilgan daqiqadan boshlab ovoz chiqaradi. Bu ovoz qichqiriq va 
yig’idan iborat bo`ladi. To`g’ri, bu ovoz odam nutqidan uzoq. Lekin ana shu 
qichqiriq va yig’i nutq apparatining 3 bo`limini (nafas olish, ovoz hosil bo`lish, 
artikulyasion) rivojlanishida katta rol o`ynaydi.
Ikki hafta o`tgach, bola gapirayotgan odamning ovoziga e’tibor bera 
boshlaydi. Bir oyligining oxiriga borib, uni mayin qo`shiq (alla) ostida tinchlantirish 
mumkin bo`lib qoladi. Tez kunda bola intonasiyaga e’tibor bera boshlaydi: mayin 
gapirganda tinchlanadi, keskin intonasiyaga – yig’laydi.


10
2 oylik atrofida gu-gulash, 3-oyning boshida bo`g’inlarning talaffuzi paydo 
bo`ladi 
(aga-aga, ta-ta, ba-ba
va boshqalar). Bunda tovushlar birikmasi aniq 
artikulyasiya qilinmaydi.
Bola 5 oyligida tovushlarni eshitadi. Atrofdagilarning lablari artikulyasion 
harakatini ko`rib unga taqlid qilishga harakat qiladi. Bolaning qandaydir aniq 
harakatlarni
ko`p marotaba takrorlashi harakat
ko`nikmasining 
mustahkamlanishiga olib keladi.
6 oyligidan boshlab bola taqlid qilish orqali ba’zi bo`g’inlarni talaffuz eta 
boshlaydi (

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə