Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/93
tarix06.07.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#119328
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   93
kvant-nazariyasi-uchun-3-daqiqadan

O‘ta o‘tkazuvchanlik 
– Ayrim materiallarga tegishli fizik xossa bo‘lib, unga ko‘ra, o‘ta 
past haroratlarda material elektr tokini hech qanday qarshiliksiz o‘tkaza boshlaydi va 
elektromagnit maydonini istisno qila boshlaydi.
Qora holat (mavhum holat) 
– Atomning fotonni yutolmaydigan yoki, foton nurlata 
olmaydigan holati bo‘lib, aynan ushbu holat, yorug‘lik «qopqonga tushib» qoladigan holat 
bo‘lmish - Boze-Eynshteyn kondensatini yuzaga keltirishi mumkin. 
 
Qora tuynuklar 
fazodagi shunday bir hududki, unda materiya favqulodda katta 
miqdorda to‘plangan bo‘lib, u o‘z gravitatsiyasi ta’sirida, o‘z-o‘zining ichkarisiga siqilib 
boradi. Odatda, qora tuynuklar o‘ta katta massaga ega bo‘lgan yulduzning o‘limi natijasida 
vujudga keladi. Qora tuynuk chegarasi esa, qora tuynuk markazidan shunday bir masofada 
joylashgan chegaraki, ushbu chegaradan ichkariga o‘tgan hech bir narsa, shu jumladan 
yorug‘lik ham hech qachon ortga qaytib chiqa olmaydi. Ushbu chegarani fanda «Hodisalar 
gorizonti» deyiladi. Qora tuynukning o‘zi esa, singulyarlikni namoyon qiladi. Ya’ni, ushbu 
obyekt o‘lchamsiz obyektdir. 
Singulyarlik 
– zamon va makon uyg‘unligining shunday hududiki, bunda, muayyan 
xossalar cheksiz bo‘lib qoladi. Odatda singulyarlik tushunchasi qora tuynuklarga nisbatan 
qo‘llanadi. Ya’ni, qora tuynukda gravitatsiya cheksiz bo‘lib qoladi. Singulyarlik hududida 
biror bir zamonaviy fizika nazariyalari ish bermay qo‘yadi va barcha qonuniyatlar o‘z 
kuchini yo‘qotadi. Singulyarlik qora tuynuklarning markazida bo‘ladi. 
Solishtirma issiqlik sig‘imi 
– muayyan massali moddaning harorati muayyan darajaga 
ortishi uchun unga berilishi zarur bo‘lgan issiqlik energiyasi miqdori. 
YYTM (CERN) 
– idorasi Shveytsariyaning Jeneva shahri yaqinida joylashgan 
Y
evropa 

Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə