209
Biologik xilma-xillikni muhofaza qilish uchun respublikada
maxsus
ajratilgan hududlar:
-9ta qo’riqxonalar
-2ta milliy bog’lar
-davlat buyurtmaxonalari mavjuddir.
Qo‘riqlanadigan hudud tabiatini muhofaza qilishda muhim rol o‘ynaydi. Ula
rning vazifalari juda xilma-xildir. Spesifik va hududiy vazifalar bilan birga, h
ar bir qo‘riqlanadigan hudud tabiatini muhofaza qilishning
uumumiy muam
molarni hal etishga xizmat qiladi.Qo‘riqlanadigan hudud tabiiy komplekslar
tabiiy holatining etaloni bo‘lib xizmat qiladi.
Inson tomonidan nisbatan kam o‘zgartirilgan tabiiy komplekslarda geografik
, geofizik, biologik va boshqa jarayonlarni o‘rganish mumkin. Har
xil tabiiy
hududlar tipi va komplekslari uchun xos bo‘lgan jarayonlarni bilish tabiatni
o‘zgartirishni loyihalashtirish va insonning geografik muhitga ta’sir etishi
ning oqibatlarini taxminiy tahlil qilish uchun muhim ahamiyatga ega.
Qo’riqlanadigan hududlarning umumiy maydoni respublikaning 4,6%
yerini tashkil etadi. O’zbekiston tabiiy zonalardan biri G’arbiy
Tyanshanga kiradi. G’arbiy Tyanshanda
biologik xilma-xillikni
qo’riqlanadigan 4 ta qo’riqxona joylashgan bo’lib, unda insonning xo’jalik
faoliyati ta’qiqlangan.
Qo’riqxonalar ovlanadigan hayvonlarni saqlash va
ularni ko’paytirishda katta rol o’ynaydi. Masalan, Baykalda Barguzin
qo’riqxonasi tashkil qilingan paytda (1916 yil) qurum toshlarda hammasi
bo’lib 20-30 suvsar yashardi. Muhofaza qilish natijasida hozir bu hayvon
ko’payib, qo’riqxonadagina emas, balki qo’shni hududlarda ham ovchilik
ahamiyatga ega. Voronej qo’riqxonasi barpo qilingan vaqtda (1927 yil) bir
necha juft qunduz bor edi. Shu qo’riqxona tashkil etilgandan buyon undan
Rossiyaning 73 rayoniga 3 mingdan
ortiq qunduz tarqatildiki, ular 70
mingdan ortiq nasl berdi. Shunday qilib, qo’riqxona
hududlari turli xil
hayvon va o’simlik turlarini, ovlanadigan
hayvonlarning miqdori va
genetik fonlini saqlash uchun xizmat qiladi. Mamlakatimizda hamma
210
qo’riqxonalar ilmiy muassasalar hisoblanadi. Qo’riqxona
hududlaridagi
tabiiy jarayonlarga inson doimo aralashib turishi kerak. Jumladan,
qo’riqxonadagi yirtqichlar, ularning o’ljalari
hamda tuyoqlilar soni va
yem-xashak bazasi ustidan nazorat qilib turilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: