|
M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozovaZomin tog’ archa qo’riqxonasi13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1
Zomin tog’ archa qo’riqxonasi
1928 yili O'zbekistonda birinchi marotaba archalar va u yerdagi noyob
hayvonot dunyosining tabiiy holda saqlanishini taminlash maqsadida
Zomin tog' archazorlari davlat qo'riqxonasi tashkil etildi. Uning umumiy
yer maydoni 26840 gektarni tashkil etadi, shundan 22137,3 gektari o'rmon
bilan qoplangan. Qo'riqxona hududini qora archa, o’rik archa va saur
archa ko'rinishdagi uch turdagi archalar qoplagan. Tog’larning
yuqori
yon
bag'irlarida
saur archa
turiga mansub bo’lgan archalar,
o'rik archalari
bilan tabiiy holda, tog'ning quyi qismida zarafshon archasi saur archa
ko'rinishdagi archalar bilan aralash o'sadi. Archazor chekkalari Turkiston
dulanasi, Fedchenko namatagi, Korolkov uchqati, qoraqat va irg’ay
butalari bilan qoplangan. Zomin qo'riqxonasidagi 700 turdagi
o'simliklardan 20 turi O'zbekiston Respubfikasi "Qizil kitob"iga kiritilgan,
48 turi g'arbiy Turkiston tog' tizmasining endemiklari hisoblanadi.
Dorivor o'simliklarning 20 dan ortiq turlari qo'riqxonada mavjud, ular:
parpi, oqsavrinjon, qumloq bo'znochi, valeriana, yalpiz, bo'znoch va
boshqalar. Manzarali o'simliklarning 15 turlari malum. Qo'riqxonada 216
turdagi qo'ziqorinlar borligi aniqlanib, ularning 173 turi va 16 xili
O'zbekiston uchun avvaldan aniqlangan hisoblanadi, 90 turi Markaziy
Osiyo, 53 turi Osiyo va 12 turi sobiq SSSR uchun yangi va 2 ta turi fan
uchun yangilik, 12 ta turi endemik hisoblanadi.
Qo’riqxonada
sudralib
yuruvchi
hayvonlarning
6
turi,
parrandalarning 63 va sutemizuvchilarning 18 turi mavjud.
Sutemizuvchilardan oq tirnoqli ayiq, to’ng’iz, silovsin, bo’ri, tog’ echkisi,
arhar (tog’ qo’yi), jayra, quyon, kaklik, qirg’iy, burgut, boltayutar,
himolay kurkasi, tog’ qarg’asi, qalqontumshuq ilon, chiporilonlar
yashaydi.
|
|
|