M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

issiqxona effekti
vujudga keladi.XX asrning oxirgi 30 yilida olimlarga xlorftoruglerodlar 
(XFU), metan (CH
4
) va azot oksidi (N
2
O) ham 
issiqxona effekti
ga olib 
kelishi ayon bо’ldi. 
Issiqxona effekti
hosil qiluvchi gazlar emissiyasining 
asosiy antropogen manbalari xususida tо’xtalib о’taylik: 
Karbonat 
angidrid 
– energiya olish, transport va boshqa qazib olinadigan yoqilg’ini 
yoqishda ajralib chiqadi. 
Metan
– qishloq xо’jaligi ishlab chiqarishida 
(chorvachilik, sholi о’stirish va boshqalar) va tabiiy gazni qazib olishda 
hamda iste’molchiga yetkazib berishdagi yо’qotishlarda hosil bо’ladi. 
Azot oksidi 
– energetik jarayonlarda va qishloq xо’jaligida о’g’itlar 
ishlatilganda ajralib chiqadi. 
Ftoruglevodorodlar
, deb ataluvchi sun’iy 
kimyoviy moddalar va oltingugurt geksaftoridi (SF
6
) kabi uzoq yashovchi 
gazlar sanoat ishlab chiqarishi jarayonlarida ajralib chiqadi.
Iqlimning global о’zgarishi haroratning kо’tarilishidagina aks etmay, 
balki quyidagi ayrim hodisalar soni va jadalligining ortishida ham 
ifodalanadi: jazirama issiq kunlar, qurg’oqchilik, suv toshqinlari
haroratning keskin kо’tarilishi yoki sovushi, sellar, kuchli shamollar. 


197 
Iqlim isishining oqibatlari aholi sog’lig’iga bevosita va bilvosita ta’sir 
kо’rsatishi mumkin. 
Bevosita ta’sir
oqibatlariga suv toshqinlari, dovullar, 
tо’fonlar, bо’ronlar natijasida halokatga uchragan odamlarni kiritish 
mumkin. Bundan tashqari, jazirama ob-havo yurak qon-tomir
kasalliklari, nafas olish organlari, nerv sistemasi, bо’yrak va boshqalardan
kasallanishga hamda о’limning ortishiga olib keladi.
Bilvosita ta’sir
oqibatlari natijasi yog’inlar va botqoqliklar maydonining ortishi bilan
bog’liq. Bu – chivin infektsiyasi, birinchi navbatda malyariya xavfining 
ortishiga olib keladi. Yuqori haroratli davrning kattalashishi kanalarning 
faollashishiga va ular sababchi bо’ladigan yuqumli kasalliklarning 
о’sishiga olib keladi.Iqlim о’zgarishi muammosining muhimligi va uning 
salbiy oqibatlarini yumshatish bо’yicha shoshilinch choralar kо’rish
lozimligini hisobga olib, О’zbekiston Respublikasi 1993 - yilda Iqlim 
о’zgarishi haqida BMT ning Doiraviy Konventsiyasiga qо’shildi, 1998 - 
yilning noyabrida esa Kioto protokolini imzoladi. Kioto protokoli 1999 
- yilning 20 - avgustida О’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
tomonidan ratifikatsiya qilindi.
Ozon muammosi.
Atmosferaning 20-30 kilometr oralig’ida joylashgan 
о’ziga xos himoya qobig’i – ozon (O
3
) qatlamining siyraklashuvi ham 
dolzarb ekologik muammolardan hisoblanadi.
Ozon qatlami
Yer 
atmosferasining bir qismini tashkil etib, tarkibida katta miqdorda ozon 
bor. Ushbu qatlam Quyoshning taxminan 93 dan 99 foizgacha qattiq
ultrabinafsha nurlarini yutadiki, ular tо’siqsiz Yerga yetib kelgudek 
bо’lsa, Yerdagi hayotni tо’xtatishi mumkin. Yer yuzida, dastlab 1970-
yillarda stratosferadagi ozonning kamayishi kuzatildi. 1980-yillarda 
Antarktida ustida ozonning 50 % ga kamayishi qayd qilindi. 
Ozon qatlami
insonlar va barcha jonzotlarni Quyoshning qisqa tо’lqinli ultrabinafsha 
nurlanishidan himoya qiluvchi ekran vazifasini о’taydi. Galogenli 


198 
uglevodorodlar (xlorftoruglerodlar, galonlar, tetraxlormetan, metil 
bromid) ozonni buzuvchi moddalar hisoblanadi. Ozonning siyraklashuvi 
teri saratoni, immunotizimning kuchsizlanishi va pardali katarakta
о’simliklar jarohati, shu jumladan, о’simliklar hosildorligining pasayishi, 
plankton va fitoplankton singari dengiz hayvon turlari xilma-xilligining 
qisqarishi kabi salomatlik va ekologik muammolarning ortishiga olib 
keladi. 1987 - yilning 16-sentabrida ozon qatlamini yemiruvchi moddalar 
bо’yicha Monreal Protokoli ishlab chiqilgan. Ushbu sana har yili 
Xalqaro Ozon qatlamini himoya qilish kuni sifatida nishonlanadi.
О’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 2006 - 
yilning 7-sentabrida О’zbekiston Respublikasining “Ozon qatlamini 
buzuvchi moddalar bо’yicha Monreal protokoliga tuzatmalarni (Monreal, 
1997-yil, 17-sentabr) ratifikatsiya qilish tо’g’risida” gi va “Ozon qatlamini 
buzuvchi moddalar bо’yicha Monreal bayonnomasiga tuzatmalar (Pekin, 
1999-yil, 3-dekabr) ni ratifikatsiya qilish tо’g’risida” gi qonunlar 
imzolandi 
Avtomobil transporti havoning ifloslanishida katta о’rin egallaydi. 
Avtotransportdan chiqadigan gazlar tarkibida zararli moddalar mavjud. 
Atrof-muhitga is gazi (oltingugurt) va azot birikmalari bilan birga 3,4 - 
benzapiren va qо’rg’oshin kabi kantserogen moddalar ham ajralib 
chiqadi. Ushbu chiqqan gazlar о’simlik, hayvonlar va odam 
salomatligiga salbiy ta’sir etadi. Havoning ifloslanishida transportlarning 
hissasi 60-65% ni tashkil etar ekan. Tranzit avtomobillarini halqa yо’li 
orqali harakatga keltirish, avtomobillarni ekologik toza bо’lgan gazo-
kondensat, gaz yonilg’isiga о’tkazish hamda gaz va dudlarni 
о’lchaydigan asboblar, kuchli diagnostik laboratoriyalarning mavjudligi 
atmosfera havosining ifloslanishini oldini olishda muhim о’rin egallaydi. 


199 
Radioaktiv ifloslanish atmosferani ifloslaydigan eng xavfli manbalardan
biri hisoblanadi. Bu esa inson salomatligiga salbiy ta’sir etib, ularning 
avlodlarida turli xildagi mutatsiyalarni keltirib chiqarishi bilan xavfli 
bо’ladi. 
Radioaktiv ifloslanishning manbalari atom va vodorod bombalarini 
sinovdan о’tkazish bо’lsa, bundan tashqari, radioaktiv ifloslanish yadro 
qurollarini tayyorlash jarayonidagi elektrostantsiyalarning atom
reaktorlari va radioaktiv chiqindilaridan ham atmosferaga tarqaladi. 
Qirg’iziston va Tojikistondagi О’zbekiston chegaralariga yaqin joylardagi 
foydalanilayotgan ruda konlari radioaktiv va boshqa xavfli chiqindilarning 
transchegaraviy manbalari hisoblanadi. Qirg’iziston hududida avvalgi 
Moylisuv, Shakontar uran konlari, Sumsar qо’rg’oshin koni, Haydarkam 
simob-surmali flokrit koni, Qadamjon surma koni bor. Qayd etilgan 
obyektlarda balansdan tashqari rudalar chiqindilari saqlanadigan joy va 
yerlar radionuklidlar, zararlangan og’ir metallar, toshqin suvlar bilan 
yuvilmoqda va ular о’z navbatida, О’zbekiston Respublikasi hududlarini
ham zararlashi mumkin.
Umuman olganda, atmosfera havosining ifloslanishi natijasida odamlarda 
darmonsizlanish, ish qobiliyatining pasayishi, yо’tal, bosh aylanishi, ovoz 
boylamlarining siqilishi, о’pka, kо’z bilan bog’liq har xil kasalliklar, 
organizmning umumiy zaharlanishi, kasallikka qarshi kurashishning 
susayishi kabilar kelib chiqadi. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə