Maktabgacha tarbiya tizimida ona tili



Yüklə 52,36 Kb.
səhifə5/13
tarix19.12.2023
ölçüsü52,36 Kb.
#153767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
MAKTABGACHA TARBIYA TIZIMIDA ONA TILI

Nutqning grammatik tomonini shakllantirish. Lug'at til­ning qurilish material hisoblanadi. Grammatika esa gapda so'zlarning o‘zgarishi va ularning o'zaro bog’lanish usullarini belgilaydi. Bundan tashqari, grammatika tilning qurilish modelini (so'z yasovchi, so‘z o'zgartiruvchi) belgilaydi.

Bola atrofdagilardan grammatik tomondan shakllangan nutqni eshitadi. Eshitganining ma’nosiga tushunish bilan birga, tilning grammatik tomonini egallaydi, modelini bilib oladi. Bola ona tilining barcha grammatik shakllarini qancha erta o‘zlashtirsa, u aqliy jihatdan shunchalik tez rivojlanadi. Agarda bolalarda nutqning grammatik tomoni noto‘g‘ri shakllansa, aqliy rivojlanishi kechikadi.
Shuning uchun tarbiyachi grammatikaning (morfologiya va sintaksis) turli shakllarini o'zlashtirishga yordam beruvchi didaktik o'yin va mashqlarni tashkil etadi. Masalan, kelishik qo'shimchasini o‘zlashtirish uchun „Тор-chi, men qayerda bo'ldim?" (katta guruhda); ikkinchi darajali gap bolaklarini o‘zlashtirish uchun „Men boshlayman, sen esa oxiriga yetkaz!“, otning kelishiklar bilan turlanishini o'zlashtirishda „Тор-chi, nima yetishmaydi?“, fe'l zamonlarini o'zlashtirish uchun „Siz nima qilishni xohlaysiz?“ va hokazolar.

  1. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash. Bola, eng avvalo, tilning tovush tomonini egallashi kerak, ya’ni tovushlarni to'g'ri talaffuz etishi lozim. Nutqning tovush tomoni ustida ishlash o'zbek tilining fonetikasi va orfoepiyasiga asoslanadi. Bola kattalarga taqlid qilib, so'zlarda urg'uni to'g'ri ishlatishga o'rganib oladi. Ona tilining intonatsion tomonini o'zlashtiradi hamda so'zlami to‘g‘ri talaffuz qilishga odatlanadi. Ayniqsa, bola atrofdagilar bilan nutqiy muloqotda bo'layotganda samimiy ohangda, burro va aniq gapirishga o‘rgatiladi. Har bir bolada nutqning bunday sifatlarini tarbiyalash, kelgusi hayotida, ya’ni maktabda, o’quv yurtlarida ta’lim olishda, mustaqil mehnat faoliyatida jamoa, jamiyat o‘nasida o‘z fikrlarini to'liq va tushunarli qilib bayon etishda muhim ahamiyatga egadir.

Agarda tarbiyachi bola nutqidagi, tovush talafluzidagi nuqsonlar, ohang va tempga, diksiyasiga (aniq, burro gapirish), nutqining mazmundorligi va ifodaliligiga e’tibor bermasa, bun­day nuqsonlar bilan maktabga borgan bola bilimni o'zlashtira olmaydi va bu uning kelajakdagi mustaqil hayotida ham o'zining salbiy ta’sirini ko'rsatadi, ya’ni nutqida nuqsoni bo‘lgan bolaning nutqi boshqalarga tushunarsiz bo'ladi, o'z fikrini ifodalashda qiynaladi, uyaladi, natijada gapirmaslikka harakat qilib, indamas, jizzaki bo'lib qoladi. Bularning hammasi uning ruhiy rivojlanishiga ham ta’sir etadi.

  1. So'zlashuv nutqini (dialog) shakllantirish. Bolalarga bilim va tarbiya berishda so'zlashuv nutqiga (dialog) o'rgatish katta ahamiyatga egadir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan so'zlashish bolalarning kundalik faoliyatlari va turli voqea-hodisalarni kuzatish natijasida hosil bo'lgan tushunchalarni aniqlash va uni bir tizimga solishda eng zaruriy ish vazifasi hisoblanadi. Bolada so'zlashuv nutqini shakllantirish — bu boshqalarning nutqini tinglash va tushunish, so'zlashishni quvvatlash, savollarga javob berish va so'rashdir (savollar berish). Bola so'zlashuv nutqining rivojlanganlik darajasi uning lug'at boyligiga, tilning grammatik tomonini egallaganligiga bog'liqdir. Bolani so'zlashuv nutqiga o'rgatish uning madaniy nutqni egallaganlik darajasiga ham bog'liqdir. Masalan, suhbatdosh bilan so'zlashayotgan vaqtda o'zining va suhbatdoshining nutqiga doimo e'tiborli bo'lish. suhbatdoshining nutqini aslo bo'lmaslik, savollarga odob bilan qo'l ko'tarib, ruxsat berilgach, javob berish, ,,ha“ yoki ,,yo'q“’ deb qisqa javob bermay, balki shoshmay, o'ylab, so'ng to'liq, to'g'ri javob qaytarishga odatlantirish lozim. So'zlashganda o'rtacha ovozda ftkrni tushunarli qilib bayon etish, nutqning yoqimli bo'lishiga e'tibor berish, sluiningdek, gapirayotgan vaqtda yerga, tevarak-atrofga qaramay, balki o'rtoqlariga qarab, ikki qo'lini yonga tushirib, erkin, samimiy so'zlashishga o'rgatishi va buni har mashg'ulotda bolalardan talab qilib borish zarur.

  2. Hikoya qilishga (monolog nutqqa) o'rgatish. Bolalarni maktabga tayyorlashda monolog nutqni rivojlantirish juda muhimdir. Monolog nutq boladan o'z fikrini tushunarli va izchil bayon qilishni talab etadi, bunday nutq turini esa bola 5 — 6 yoshda egallay boshlaydi. Chunki bu yoshda mantiqiy tafakkur rivojlana boshlaydi, bolada katta so'z boyligi to'planadi, tilning grammatik qurilishini egallab oladi. Nutqning monolog shakli bolalarga ko'rgan narsalari haqida batafsil va izchil so'zlab berishga, o'z fikrlarini to'g'ri tuzilgan jumlalar orqali bayon qilishga imkon beradi.

Roc'langan nutq (monolog nutq) bolada boshqalarning hikoyasini tinglashga va uni tushunishga. qisqa, o'zlariga tanish bo'lgan voqeani qayta hikoya qilib berishga, ertakda ishtirok etuvchi qahramonlarning gaplarini ifodali aytib bera olish malakasining shakllanishiga yordam beradi. Maktabgacha tarbiya yoshi­dagi (katta guruh) bolalar rasmda tasvirlangan narsalar, o'z hayotiga doir voqealar haqida oddiy hikoyalar tuzishga, ko'rgazmali qurolsiz, mustaqil tarzda hikoya to'qishga o'rgatiladi. Bolalarni hikoya qilishga o'rgatish ulaming aqliy rivojlanishiga yordam beradi, fikr yuritish doirasi kengayadi, diqqat, tafakkur kabi psixologik jarayonlar rivojlanadi, nutqi ifodali bo ‘lib boradi, bolada o'zini tutish va jamoa oldida so'zlay olish malakasi hosil bo'ladi.

  1. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish. Bolalar badiiy adabiyoti keng tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga va bola shaxsini har jihatdan kamol toptirishga yordam beradi. U bolaning kishilar hayoti haqidagi bilimlarini kengaytiradi, emotsional taassurotlarini boyitadi. Tarbiyachi bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirar ekan, u bolalarda quyidagi malakalarni shakllantiradi: I. Badiiy asarlarni tinglash va tushunish. 2. Asar qahramonlarining xatti-harakatlarini baholash. 3. Insonlardagi axloqiy sifatlar va nuqsonlarni ta'riflab berish. 4. Adabiy asarning mazmuniga doir savollarga javob qaytarish, kichik hajmdagi she’rlarni intonatsiyalarga rioya qilib yodlab olish va ta’sirchan qilib aytib berish va h. k.

Bola hikoya, she'r, ertak tinglayotganida quvonadi, huzurlanadi. Bu emotsional ta’sirlanish bolada badiiy adabiyotni estetik idrok etish, ya'ni uni san’at asari sifatida his etish qobiliyatining paydo bo’lishiga, unda axloqiy sifatlarning shakllanishiga yordam beradi. Tarbiyachi bolalarni badiiy asar bilan tanishtirar ekan, har bir bolada kitobga nisbatan qiziqish va muhabbatni tarbiyalashi kerak.

  1. Bolalarni boshlang'ich savodga tayyorlash. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar nutqini rivojlantirish bo'yicha olib boriladigan barcha pedagogik ishlar ularni maktabga tayyorlashga qaratilgandir.

Maktabda to'g'ri og'zaki nutq, boshqalarni tinglay olish, ular nutqining mazmunini tushunish, zarur bo'lganda o'rtog'ining javobini to'ldirish yoki to'g'rilashda muhim manbalardan biri hisoblanadi. Nutq bolalar uchun tahlil predmeti bo'lib qoladi, bu esa bolalardan zo'r aqliy kuchni talab etadi.
Shunday qilib, bolalar nutqini rivojlantirish bo'yicha har bir ish jarayoni bolalarning yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bu borada yuqorida bayon etilgan vazifalarning har biri o'zining ta'limiy va tarbiyaviy jihatiga ega. Nutqni rivojlantirish jarayonida shaxsning axloqiy sifatlari shakllantiriladi, aqliy va estetik tarbiyaning muhim vazifalari hal etiladi.


  1. Yüklə 52,36 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə