Maktabgacha tarbiya tizimida ona tili


Mashg'ulotga oldindan puxta tayyorlanish, uning maz- munini, ta’lim usullarini aniqlash



Yüklə 52,36 Kb.
səhifə9/13
tarix19.12.2023
ölçüsü52,36 Kb.
#153767
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
MAKTABGACHA TARBIYA TIZIMIDA ONA TILI

Mashg'ulotga oldindan puxta tayyorlanish, uning maz- munini, ta’lim usullarini aniqlash. Bunda ona tili bo'yicha bolalarning bilim va malakalari aniq bo'lishi kerak. Belgilangan dastur materialini o'rganish uchun zarur bo'lgan uslubiyotlar va usullar tanlanadi, mashg'ulotning tuzilishi va borishi oldindan o'ylab olinadi. Kerakli ko'rgazmali qurollar, o'quv jihozlari tayyorlab qo'yiladi, individual (yakkama-yakka) ta’lim vazifalari aniqlanadi (yakka beriladigan topshiriqlar, bolalarni javob berishga chaqirish navbati belgilanadi).

  • Aqliy ish bilan bandlik yukini to‘g‘ri taqsimlash (aqliy zo'riqishni oldindan belgilash). Tarbiyachi ta’limning rivoj- lantiruvchi tamoyiliga amal qilib, bolalardan aqliy faollikni talab etuvchi, murakkab vazifalar beradi. Ba'zan bolani aqliy ish bilan band qilish yoki aqliy zo'riqishni talab etuvchi ish yetarli bo'lmaydi: bolalarning o'zlari mustaqil ravishda ish ko'rishga kirisha olmaydi, analitik-sintetik xarakterdagi nutqiy vazifalarni hal eta olmaydi; predmetlar o'rtasidagi bog'liqlikni (aloqadorlikni) aniqlay olmaydi; o'xshash narsalarni guruhlay olmaydi va hokazolar.

    Aqliy ish bilan bandlik yukini (aqliy zo'riqishni) to'g'ri taqsimlashda mashg'ulotning aralash strukturasi (tuzilishi), shuningdek, xulosa chiqarish va taqqoslash uchun beriladigan savollar yordam beradi.Mashg‘ulotning tarhiyaviv xarakterga ega bolishi.
    Nutqni rivojlantirish bo'yicha mashg'ulotlarni tashkil etishda ta’limning tarbiyaviy tomoni ham hisobga olinadi.
    Bolalar tomonidan ona tilini egallash, uning boyligini, jozibadorligini bilib olish vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishda yordam beradi. Ijtimoiy-tarixiy hayot voqealari, Navoiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug'bek, Bobur, Amur Temur, Jaloliddin Manguberdi, Sobir Rahimov va hokazolar haqidagi hikoyalar axloqiy tuyg‘ular bilan bog'liq bo'lib, ular bolalarni ona-Vatanga muhabbat, baynalmilallik, kollektivizm, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.


    1. Yüklə 52,36 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə