Maktabgacha tarbiya tizimida ona tili


Badiiy adabiyot bilan tanishtirish



Yüklə 52,36 Kb.
səhifə8/13
tarix19.12.2023
ölçüsü52,36 Kb.
#153767
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
MAKTABGACHA TARBIYA TIZIMIDA ONA TILI

Badiiy adabiyot bilan tanishtirish. Bolalarni badiiy adabiyotga bo'lgan qiziqishini rivojlantirishga dasturda alohida bo'lim ajratil- gan. Bolalarning adabiyotga bo'lgan qiziqishlarini va muhabba- tini o'stirish va rivojlantirish maqsadida ularga hikoyalar, she’rlar o'qib beriladi, ertaklar hikoya qilib beriladi, she’rlar yod oldiriladi. Kitobdagi rasmlarni ko'rib chiqib, uni to'g'ri idrok etish, asar mazmunini tushunib olish, qahramonlarning xatti-harakatlarini baholay olish, badiiy so'z jozibasini his eta olish qobiliyatini tarbiyalash kabi vazifalar dasturda ko'rsatilgan.
Dasturda katta va tayyorlov guruhidagi bolalarni savod o'rgatishga tayyorlash uchun ham alohida o'rin ajratilgan. Bu bolalarni ikki, uch, to'rt so'zdan iborat, ko'makchi va bog'lovchilarsiz gap tuzishga (masalan, „Koptok dumaladi", „Chiroyli qo'ng'iroq“, „Ahmad koptokni oldi“, „Lola Ahmadga koptokni irg'ityapti'1 va h. k. lar), so'zlarni bo'g'inlarga ajratishga (masalan, Lo-la, qo‘-g'ir-choq, o'y-na-yap-ti) o'rgatadi.
„Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya dasturi“ dagi „Tevarak- atrof bilan tanishtirish, nutq o'stirish“ bo'limlarining ikkita xususiyati bor:

  • Maktabgacha ta’lim tashkilotida ona tilini o'rgatish va shu orqali bolalarning og'zaki nutqini rivojlantirishga asoslanganligidir.

  1. §. Dastur vazifalarini amalga oshirish yo‘llari

Maktabgacha ta’lim tashkilotida nutq o'stirish dasturi bolalarning u yoki bu faoliyati (o'quv, o'yin, mehnat, maishiy) jarayonida amalga oshiriladi.
Bolalar nutqini shakllantirish katta kishilar tomonidan ma’lum bir faoliyat orqali amalga oshiriladi. Bu faoliyat turlarini shartli ravishda vositalar deb aytish ham mumkin. Shunday qilib. nutqni rivojlantirish vositalariga mashg'ulotlar, o'yin, mehnat, maishiy faoliyat yoki kundalik hayot faoliyati, san'at asarlarini idrok etish kabilarni kiritish mumkin. Ammo bu faoliyat turlarining barchasiga tarbiyachi va kattalar rahbarlik qiladi, boshqaradi, yo'llaydi.
Bolalar kundalik hayotdagi faoliyatlarida nutqdan mustaqil ravishda foydalanadilar. Ammo ularni kattalar nazoratisiz qoldirilsa, nutqida ba’zi nuqsonlar mustahkamlanib qoladi. Shuningdek, yaxshi tashkil etilmagan mashg'ulot, o'yin, mehnat, maishiy faoliyat ham bola nutqiga salbiy ta'sir etadi. „Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya dasturi"da ham bola nutqini rivojlan­tirish bo'yicha ikkita ish turi ko'rsatilgan: birinchisi — bolalar- ning barcha maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari, tarbiyachilar hamda bir-birlari bilan erkin muomalada bo'lishga o'rgatish; ikkinchisi—nutq o'stirish bo’yicha mustaqil mashg'ulotlar. Bolalarni erkin muomalaga o'rgatish quyidagi faoliyatlar jarayonida amalga oshiriladi: a) maishiy faoliyatda (ertalabki kiyim almashtirishda, kiyinishda, ovqatlanish jarayonida, yuvinishda va hokazo); b) sayr vaqtida; d) o'yin jarayonida; e) tevarak-atrof bilan tanishtirishda (ijtimoiy hayot va yilning turli fasllaridagi tabiat bilan); f) mehnat jarayonida (xo'jalik-maishiy, qo'l mehnati); g) bayram tadbirlari vaqtida; h) boshqa mashg'ulotlarda (elementar matematik tasavvurlarini shakllantirish, rasm, qurish, yasasli, qirqib-yelimlash, jismoniy tarbiya, musiqa). Nutq o'stirish bo'yicha maxsus mashg'ulotlar hamma guruhlarda „Tevarak-atrof bilan tanishtirish, ijtimoiy hayot hodisalariga qiziqishni tar- biyalash“, „Nutq o'stirish", „Badiiy adabiyot", „Tabiat bilan tanishtirish va nutq o'stirish" nomi bilan berilgan. Bola nutqini rivojlantirishning asosiy vositalaridan (shakllaridan) biri bu ta’limdir.
Ta'limning asosiy shakli mashg'ulotdir. Nutq o'stirish mash- g'ulotlarida bola o'z nutqini tarbiyachining namunaviy nutqi bi­lan taqqoslashga, boshqa bolalar bilan o'quv materialini baja- rishga, ya'ni tarbiyachining tushuntirishini, hikoyasini tinglash- ga, birgalikda rasmlarni, diafilmlarni ko'rishga, suhbatlashishga, didaktik o'yinlarda ishtirok etishga, birgalikda kuylashga, musiqa tinglashga, ma’lum bir obyektga diqqatini qarata olishga, navbat bilan gapirishga o'rganadi. Bolalar mashg'ulotda yangi bilimlar (voqea va hodisalar o'rtasidagi bog'lanishlarga taalluqli so'zlar.
nutqning grammatik shakllari) bilan tanishadilar, tarbiyachining nutqiy ko’rsatmasi orqali o'quv ishlarini bajarishga, o‘z ishtariga baho berishga o‘rganadilar.
Ona tilini o‘rgatish mashg'ulotlarini didaktik maqsadiga ko‘ra quyidagi tiplarga ajratish mumkin: yangi materialni bayon etuvchi mashg‘ulotlar, bilim, malaka va ko‘nikmalarni mustahkamlovchi mashg‘ulotlar, bilimlarni umumlashtiruvchi va bir tizimga so- luvchi mashg'ulotlar, yakunlovchi yoki tekshiruvchi-hisobga oluvchi-sinovchi aralash mashg‘ulotlar.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ilgari hosil qilingan bilim, ko'nikma va malakalarni mustahkamlovchi mashg'ulotlardan keng foy- dalaniladi.
Masalan, sayohatlari haqida hikoya qilib berish, sport xonasi haqida suhbat, ilgari o‘qib yoki hikoya qilib berilgan ertak yoki hikoyani qayta so‘zlab berish, ilgari yod olgan she’rlarini takrorlash.
Bilimlarni umumlashtiruvchi va bir tizimga (sistemaga) soluvchi mashg 'ulotlar.
Bu mashg‘ulot turi o‘zining mazmuni jihatidan ilgari hosil qilingan bilim, ko'nikma va malakalarni mustahkamlovchi mashg'ulot turiga yaqinroqdir.
Masalan, „Kimga nima kerak?“, ,,Do'kon“ o‘yinlarida bolalar predmetlarni rangiga, shakliga, nima uchun mo'ljallanganligiga qarab tasniflaydilar.
Katta guruhlarda ona yurt, kattalarning mehnati, transport haydovchisining mehnati, kitoblar haqida umumlashtiruvchi (yakunlovchi) suhbat o'tkaziladi. Bunda bolalar oldiga materialni maqsadga qaratgan holda esga olish vazifasi qo'yiladi. Umum­lashtiruvchi (yakunlovchi) tipdagi mashg'ulotlar bolalarda man- tiqiy tafakkurni, analitik-sintetik faoliyatni shakllantirishda katta ahamiyatga ega.
Hisobga oluvchi mashg'ulotlardan tasviriy faoliyatda keng foydalaniladi. Biroq bu mashg'ulot turi bolalarning ona tili bo'- yicha bilim va malaka darajalarini aniqlash uchun zarurdir.
Ay rim bilimlar bo'yicha sinov-tekshiruv mashg'ulotlarini o‘quv yilining boshida guruhga yangi qabul qilingan bolalarning bilimini aniqlash maqsadida o“tkazish maqsadga muvofiqdir. Qilingan ishlarga yakun yasash maqsadida yilning oxirida ham sinov- tekshiruv mashg‘ulotlari o'tkaziladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ko'proq aralash turdagi mashg'ulotlardan foydalanish joriy qilingan. Masalan, bir mashg'ulotning o'zida bolalarni yangi bilim beruvchi material bilan tanishtiriladi, ilgari hosil qilingan bilim (o'tilgan material) takrorlanadi va mustahkamlanadi. Nutq o'stirish mashg'ulotlari o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ayrim vaqtlarda mashg'ulotni o'tkazish- da qiyinchiliklar vujudga keladi.
Tasviriy faoliyat, jismoniy tarbiya, musiqa mashg'ulotlarida, hamma bolalar bir xilda faollik ko'rsatadilar, ammo nutq o'stirish mashg'ulotida hamma bolalar faol qatnashmaydilar. Rasm asosida hikoya tuzish, savollarga javob berish, she’rni yoddan aytib be­rish kabi topshiriqlar bo'yicha ba’zi bolalar javob beradilar, qolganlar esa o'rtoqlarining javobini to'ldiradilar. Mashg'ulot vaqti chegaraianganligi sababli, har bir bola bilan alohida shug'ullanish imkoniyati yo'q. Shuning uchun mashg'ulotlarda yuqori natijalarga erishish uchun ularni umumiy didaktik talablarga javob beradigan qilib tashkil etish kerak.
Har bir tarbiyachi mashg'ulotlarni tashkil etishda quyidagi didaktik talablarga qat’iy rioya qilishi lozim:


  1. Yüklə 52,36 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə