Maktabgacha tarbiya tizimida ona tili


Nutqning tovush madaniyatini shakllantirish



Yüklə 52,36 Kb.
səhifə7/13
tarix19.12.2023
ölçüsü52,36 Kb.
#153767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
MAKTABGACHA TARBIYA TIZIMIDA ONA TILI

Nutqning tovush madaniyatini shakllantirish —„Maktabgacha ta’lim tashkilotida nutqni rivojlantirish dasturi"ning muhim bo'limlaridan biri. Tovush madaniyati ona tilidagi barcha tovushlarni to'g'ri talafTuz etishni, diksiya hamda intonatsiyaga bog'liq bo'lgan nutqning ifodaliligini, so'zlashgan vaqtda to'g'ri nafas olish va chiqarishni, ovoz toni va tempini tartibga solishni o'z ichiga oladi.
Dastur maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aniq, shoshilmay, yetarlicha baland ovozda gapirishga, so'zlarni dona- dona qilib talaffuz qilishga, unli va undosh tovushlarni to'g'ri talaffuz etishga, intonatsiya vositalaridan to'g'ri foydalanishga o'rgatish kabi vazifalarni amalga oshirishni belgilab bergan. Dasturdagi ushbu vazifalar har bir guruhda, bolalarning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilib boriladi.
Bolalarni so‘zlashuv nutqiga o'rgatish. Bolalarni so'zlashuv (dialog) nutqiga o'rgatish bo'yicha dastur talabida ularni butun guruh uchun berilgan savollarga bitta-bittadan javob berishga, jamoa bo'lib so'zlashishga, suhbatda qatnashishga, o'rtoqlarining javobini qunt bilan tinglash va o'zi ham savol berishga o'rgatilishi ko'rsatilgan. Shu bilan bir qatorda, tevarak-atrofdagi kishilar bilan so'zlashganda samimiy, mazmunli gapirish kabi ijobiy xislatlar ham tarbiyalanib boriladi.
Dasturda o'rta guruhdan boshlab bog'lanishli nutqni rivoj­lantirish, ya'ni hikoya qilishga (monologik nutqqa) o'rgatish mo'ljallangan. Dastur 4 — 5 yoshdan boshlab bolalarni bu- yumlarni tasvirlashga (o'yinchoqlami, o'simliklarni, kiyimlarni), ularning o'ziga xos belgilarini aytishga, qisqa, bolalarga tanish ertaklarni, mashg'ulotlarda birinchi marta o'qib berilgan, hajmi uncha katta bo'lmagan hikoyalami qayta hikoya qilishga o'rgatishni nazarda tutadi. Dasturda katta va tayyorlov guruhdagi bolalarni ijodiy hikoya qilish (tarbiyachi tomonidan boshlangan ertak yoki hikoyani nihoyasiga yetkazishga, taklif etilgan mavzuda alohida ertak yoki hikoya o‘ylab topishga, taklif etilgan mavzu va reja asosida ertak yoki hikoya to'qish)ga, berilgan 3 — 4 so‘z asosida ertak yoki hikoya o‘ylab topishga, bolalarning shaxsiy tajribalari, hayotiy mavzular asosida hikoya yoki ertak tuzishga o'rgatish belgilangan.

Yüklə 52,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə