Maktabgacha tarbiya tizimida ona tili


Mumkin so'zi yaxshi, foydali, oliyjanob ishga ruxsat berilganini bildiradi. Kerak



Yüklə 52,36 Kb.
səhifə3/13
tarix19.12.2023
ölçüsü52,36 Kb.
#153767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
MAKTABGACHA TARBIYA TIZIMIDA ONA TILI

Mumkin so'zi yaxshi, foydali, oliyjanob ishga ruxsat berilganini bildiradi.
Kerak so'zi yordamida esa iroda mashq qildiriladi, bolada o'z burchiga munosabat shakllantiriladi: qishda qushlarga g'amxo'rlik qilish kerak; uy ishlarida buvingga yordam berishing kerak; himoyasiz bolalarni himoya qilish kerak.
Bola ona tilini o'zlashtirishi bilan birga, shu tilda samimiy murojaat etish shakllarini ham o'rganib boradi.
Masalan, “O’qib bering!" deyishi o'rniga: “Hozir siz bizlarga nimani o'qib berasiz?”, ”Siz bizga o'qib bera olmaysizmi?“ degan so'zlar bilan murojaat qilishga o'rganadi. Yoki o'rtoqlaridan biron narsani so'rashda „Menga ber!“ deb do'q ohangida gapirish о'гniga: „Mumkin bo'lsa, qalamingni berib tur iltimos, koptogingni biroz o‘ynay“ kabi so'zlar bilan samimiy murojaat etishga o'rganadilar.
Agar bola xushfe’l, oliyjanob, g'amxo'r, samimiy, meluiatsevar, jasur, rostgo'y, kamtarin, sodiq kabi so'zlarning ma'nosini tushunsa, keyinchaliк bu so'zlar axloqiy sifatlarini shakllantirish dasturi bo'lib qolishi mumkin. Bola sekin-asta bu so'zlarning ma'nosini tushunish bilan birga, ularga qarama- qarshi ma’noli— antonim so'zlarni topib ayta oladi: qo'pol, pastkash, dangasa, yovuz, qo'rqoq, yolg'onchi, maqtanchoq.
Kichik yoshdagi bolalar hali bu so'zlarning ma’nosini tushunmaydi, albatta. Avval ular qahramonlari o'zlarining mehnatsevarlik, g'amxo'rlik, oliyjanoblik, mehribonlik, rostgo'ylik, sadoqat kabi sifatlarini namoyon etadigan xalq ertaklarini, shen b’r, hikoya, masal va h. k. larni tinglaydilar. Keyin esa o‘zlari ham ana shunday axloqiy fazilatlarga ega bo'lishni orzu qiladilar.
Demak, ona tili bolaga birinchi estetik go'zallik darsini ham beradi.
Ashulalar, hazil-mutoyibalar, so‘z o'yinlari, she’rlar aytib bcrish, ertaklar hikoya qilib berish jarayonida ham bolalarda go'zallikka intilish, undan g‘ururlanish hissi vujudga keladi. Bularning barchasi ona tili orqali amalga oshiriladi.
Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida bolalar nutqini rivojlantirish
Maktabgacha ta’lim tashkilotida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’Iim va tarbiya berislida eng asosiy vazifalardan biri bolalarga ona tilini o'rgatish, nutqini rivojlantirish, nutqiy munosabatga, muomalaga o‘rgatishdir.
Nutq o'stirish uslubiyoti pedagogik fan bo‘lib, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutqni shakllantirishga qaratilgan pedagogik qonuniyatlarni o'rganadi.
Nutq o'stirish uslubiyoti fanining asosiy vazifasi— nutq oustirish uslubi va uslubiyotlarini, ularning eng samarali vositalarini ilmiy-pcdagogik asoslarda ishlab chiqish va bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotilari tarbiyachilarini ular bilan ta’minlashdan iboratdir. Tarbiyachilar esa o‘zlashtirilgan uslub va uslubiyot yordamida bola­larda zaruriy nutqiy malaka va ko'nikmalami rivojlantirishga harakat qiladilar.
Nutq o”stirish uslubiyotining maqsadi bolalarning og'zaki nutqini rivojlantirishdan, atrofdagilar bilan nutqiy muloqotda bo'lish malakasini shakllantirishdan iborat.
Nutq o'stirish uslubiyoti boshqa xususiy uslubiyotlar kabi quyidagi savollarga javob beradi:

  1. nimaga o'rgatish kerak (bolalarda qaysi nutqiy malakalarni tarbiyalash kerak); 2) qanday o'rgatish kerak (bolalar nutqini shakllantirishda qanday sharoit, qavsi usul va uslubivotlardan foydalanish kerak); 3) nima uchun xuddi shunday o'rgatish kerak (nutqni rivojlantirish uchun taklif etilayotgan usullar nazariy va amaliy jihatdan qanday asoslangan).

Nutq o'stirish uslubiyoti vazifasi o'z ichiga bir qancha maxsus xususiy vazifalarni ham qamrab olgan. Jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar nutqini rivojlantirish bo'yicha quyidagi max­sus, xususiy vazifalar amalga oshiriladi:

  1. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutqini o'stirish, boyitish.

  2. Nutqning grammatik tomonini shakllantirish.

  3. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.

  4. So'zlashuv nutqini (dialog) shakllantirish.

  5. Hikoya qilishga o'rgatish (monologik nutqni shakllantirish).

  6. Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish.

  7. Bolalarni boshlang'ich savodga tayyorlash.

Ushbu vazifalar har bir guruhdagi bolalarning yoshi va individual xususiyatlariga ko'ra quyidagicha taqsimlangan:

Yüklə 52,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə