Maktabgacha tarbiya tizimida ona tili



Yüklə 52,36 Kb.
səhifə1/13
tarix19.12.2023
ölçüsü52,36 Kb.
#153767
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
MAKTABGACHA TARBIYA TIZIMIDA ONA TILI


MAKTABGACHA TARBIYA TIZIMIDA ONA TILI

  1. §. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda ona tilining ahamiyati

Qayta qurish jamiyatimizning faqatgina ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohasidagina emas, balki madaniy hayotida ham o'z aksini topmoqda. Ma’lumki, adabiy tilda gapirish va yozish kishilarning bir-birini tez va oson tushunishiga yordam beradi, nutqning jozibadorligini, ta’sirchanligini oshiradi. Bolalarni adabiy nutqqa o'rgatishda oila, maktabgacha tarbiya tashkilotlarining roli benihoyadir. Bugungi kunda bizning asosiy vazifamiz maktabgacha ta’lim tashkiloti yoshidanoq bolaning og'zaki nutqini o'stirib borishdir.
„Bola, — dcgan edi K. D. Ushinskiy, — ilk yoshlik chog'idayoq xalq madaniyati elementlarini o'zlashtira boshlaydi, bularni avvalo, ona tilini bilish yo'li bilan o‘rganadi. Shu bois, bizning fikrimizcha, oilada, maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda ona tilidan o'rinli foydalanmoq zarur”.
Ma'lumki, jamiyat taraqqiyotida tilning ahamiyati juda katta. Butun dunyo xalqlarining xoh siyosiy, xoh madaniy taraqqiyotini tilsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Chunki til eng muhim aloqa vositasi, jamiyat esa aloqasiz rivojlanmaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim berish samaradorligini oshirish, bolalarni mustaqil ta'lim olishga (maktab ta’limiga) tayyorlash, yangi jamiyatning ongli quruvchilarini tarbiyalash kabi muhim va hayotiy vazifalarni hal qilishda ona tili asosiy o'rin egallaydi.
Xalqning milliy madaniyati va o'ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo'lmish o'zbek tilini rivojlantirish — bu tilning davlat maqomini izchil va to'liq ro'yobga chiqarish ... demakdir"1, deb ta’kidlab o'tgan edi Respublikamiz Birinchi Prezidenti I. A. Karimov.
O'zbek adabiy tili o'zbek xalqining yagona, normallashgan tili sifatida og‘zaki va yozma shaklda asrlar mobaynida rivojlanib, mukammallashib keldi.
O'zbek adabiy tilini taraqqiyot bosqichiga ko'ra ikki adabiy tilga ajratish mumkin: eski o'zbek adabiy tili va hozirgi zamon o'zbek adabiy tili.
Eski o'zbek adabiy tili o'zbek xalqining buyuk mutafakkiri Navoiy asos solgan va keyinclialik Muqimiy, Furqat kabi demokrat shoirlar tomonidan rivojlantirilgan adabiy tildir. Bu adabiy tilda yaratilgan yozma yodgorliklar o'zbek xalqi va uning tili taraqqiyot tarixini o'rganish uchun manba bo'lishi bilan birga, hozirgi zamon o'zbek adabiy tili uchun ham asos bo'lgan. Hozirgi zamon o'zbek adabiy tili eski o'zbek adabiy tilining davomi, yangi sharoitda o'zbek xalqining iqtisodiyoti va madaniyatining rivojlanishi asosida har tomonlama boyigan shaklidir.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalarni har tomonlama, ya’ni jismoniy, aqliy, axloqiy, estetik tomondan tarbiyalashdek maqsadni o‘z oldiga qo'ygan. Bu maqsad esa bolalalga ona tilini o'rgatish jarayonida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida og'zaki nutqni o'stirish natijasida bolalar aqlan rivojlanib, umumiy madaniy saviyasi oshadi. Ular tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini tushunib boradilar. Bolalarda nutqning rivojlanishi ularning ruhiy jihatdan ham takomillashib borishiga yordam beradi.
Bola tashqi dunyoni xotira, tasavvur, xayol, tafakkur kabi ruhiy jarayonlar yordamida, shuningdek nutq yordamida bilib olish qobiliyatiga ega. Ammo bolalardagi intellekt, ya’ni ruhiy jarayonlar (xotira, tasavvur, xayol, tafakkur va h. k.) shunchaki bola organizmining o'sib borishi va takomillashishi bilangina paydo bo'lmay, balki nutqining rivojlanishi bilan paydo bo'ladi va takomillashadi.
Agar bola kichik yoshidan boshlab to'g'ri gapirishga (so'zlashishga) o'rgatib borilsa, u vaqtda bunday bola normal holatda rivojlanadi, ya’ni avval tasavvur etish, keyin esa fikr yuritish, xayol qilish qobiliyati paydo bo'ladi va bu qobiliyat har bir yosh bosqichida takomillashib boradi. Bolalarda intellekt bilan barobar (parallel) ravishda iroda kabi ruhiy jarayon ham takomillashib boradi.
Ko'pgina tajribalar shuni ko'rsatdiki, nutqi rivojlanmagan bola to'liq shaxs sifatida kamol topmaydi.
Demak, tarbiyachi har doim shuni esda tutishi kerakki, nutq bu maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda barcha ruhiy jarayonlar rivojlanishiga ko'maklashuvchi vositadir. Bolaga ona tilini o'rgatish bilan bir vaqtda, ularni maktabda muvaffaqiyatli o'qishlari uchun zamin tayyorlanadi, mehnat faoliyatiga ijodiy yondashishga o'rgatiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining barcha tarbiyaviy-ta'limiy ishlarida bolalarga ona tilini o'rgatish orqali ularning nutqi o'stiriladi. Ayniqsa, nutq o'stirish mashg‘ulotlarida har bir bolaning nutqini rivojlantirish bo'yicha ishlar rejalashtiriladi. Bolalarga barcha mashg'ulotlarning mazmuni faqat ona tili orqali singdiriladi. „Ona tili, — deb ta’kidlagan edi K.D. Ushinskiy, — har qanday taraqqiyotning asosi, butun bilimning xazinasidir. Har qanday tushunish undan boshlanadi, u orqali o'tadi va unga qaytadi".
So'zboyligi bolaga barcha mashg‘ulotlarda beriladigan bilimlarni tez va puxta o‘zlashtirib olish va bu bilim, tushunchalarni nutq orqali ifodalash imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, bola kamoloti uchun ham keng yo'l ochadi. Bilimlarni puxta egallashga, uni sekin-asta hayotga tatbiq etishga ham o'rgatadi. Ona tili aqliy tarbiyaning manbayi va vositasi hamdir.
K.D.Ushinskiyning fikricha, bolaga ta’lim va tarbiya berishda tilning qimmati dastlab ijtimoiy hodisaning chuqur xalqchilligi bilan, lining milliy xarakteri bilan belgilanadi. U “Tilda chuqur ma’noli ko'pdan ko'p falsafiy fikrlar, chinakam nafis his-tuyg'ular, nihoyatda to'g‘ri, ko'rkam did, fikrni bir yerga to'plab, zo'r diqqat bilan qilingan mehnat izlari, tabiat hodisalarini va ulardagi eng nozik rang-barangliklarni g'oyat darajada ziyraklik bilan his etish, kuzatuvchanlik, zo'r mantiqiylik ... bor“ 2 deb ta’riflaydi.
K.D.Ushinskiy o'zining „Ona tili so‘zlari“ maqolasida bolani ona tili, ona tilidagi so‘zlar orqali tarbiyalash masalasini qo‘ydi. Clumki xalqchillik dastlab ona tilida o‘z ifodasini topadi. Bolaning shaxsiyati, bilimi, malakasi, ma’naviy qiyofasi ana shu til ta’sirida shakllanadi. Shoira Zulfiya ta’kidlaganidek: “Ona tilini mukammal o'rgangan kishi ona yurtining tarixini to’liq o‘rganish baxtiga muyassar bo'ladi”3.
Ona tili bolalarda vatanparvarlik, baynalmilal tuyg'ularni o'stirib borishda, bolalarning madaniy saviyalarini oshirib borishda qudratli vosita bo'lib xizmat qiladi. Demak, ona tili bolalarni axloqiy tomondan tarbiyalash vositasidir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan bola o'rtoqlari bilan o'ynaydi, qo'lidan kelgancha mehnat qiladi. Bu jarayonda o‘z harakatlariga baho berishga, fikrini boshqalarga tushunarli qilib bayon eta olishga o'rganadi.
Bola kuzatish va nutq orqali dunyoni, borliqni bilib oladi: tevarak-atrofdagi narsa va buyumlarning, voqea va hodisalarning nomini, sifatlari va belgilarini, xususiyatlarini, o‘xshash va farqli tomonlarini aytishga o‘rganadi.
Ona tili orqali bolalar o'z ajdodlarining tarixini, madaniyatini, qadriyatlarini, urf-odatlarini bilib oladilar, xalq og'zaki ijodiyoti, badiiy adabiyot, san'at bilan tanishadilar.
Shunday qilib, ona tili maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalami ruhiy jihatdan rivojlantirishda, ularning madaniy saviyasini oshirishda, tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini tushunib olishlarida, maktabda muvaffaqiyatli o'qishlari uchun zamin yaratishda, mehnat faoliyatiga ijodiy yondashishga o'rgatishda, aqliy va axloqiy tarbiyani amalga oshirishda, dunyoni, borliqni bilib olishda, xalqimiz madaniy merosini o'rganishlarida asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi.
Nutq bilan til o‘zaro chambarchas bog'liq. Nutq odamlar­ning til vositasida aloqa bog'lashlaridir. Har bir kishining o‘z nutqi bor. Ammo ana shu nutqni bir necha tilda ifodalash mumkin.
Til ijtimoiy hodisa bo'lganligi uchun ham u kishilarda mustaqil holda mavjud bo'ladi,
Til tarixiy taraqqiyot davomida odamlarning nutq orqali aloqa bog'lashi jarayonida vujudga kelgan va rivojlangan. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning nutqi tashqi olam bilan bog’langan holda uchta vazifani bajaradi: 1) kommunikativ; 2) bilish, 3) tartibga solish.
Nutqning kommunikativ vazifasi bolada juda erta paydo bo‘ladi. Bolaning ilk bor aytgan birinchi so'zi kommunikativ vazifani bajaradi. Keyinchalik esa bu so'z bolaning atrofdagi kishilar bilan muomala qilish ehtiyoji o'sib borgani sari nutq sifatida takomillashib boradi. Ikki yoshdan boshlab bola o'z istak-xohishini atrofdagi kishilarga tushunarJi tarzda ifodalay oladi, o'ziga qarata aytilgan ’nutqni, so'zlar ma’nosini tushuna boshlaydi.
Uch yoshdan keyin bola ichki nutqni egallaydi. Bu vaqtda nutq uning uchun muomala vositasi bo’libgina qolmay, balki boshqa vazifani — bilish vazifasini bajara boshlaydi; yangi so'zlar va so‘z shakllarini o'zlashtira borib, tevarak-atrof haqidagi, predmet va hodisalar, ular o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik haqidagi tasawurlarini kcngaytiradi.
Bola nutqning kommunikativ va bilish vazifasi bilan birgalikda xulqini tartibga soluvchi nutqni ham egallay boshlaydi.
Bola xulqini tartibga soluvchi birinchi so‘z—bu mumkin. munikin emas hamda buyruq fe’li shaklidagi ye, bor kabi so'zlar bo'lib qoladi.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə