Maktabgacha tarbiya tizimida ona tili


§. Boialar maktabgacha ta’lim tashkilotisida nutqni rivojlantirish dasturi, uning ilmiy asosi, tuzilishi va mazmuni



Yüklə 52,36 Kb.
səhifə6/13
tarix19.12.2023
ölçüsü52,36 Kb.
#153767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
MAKTABGACHA TARBIYA TIZIMIDA ONA TILI

§. Boialar maktabgacha ta’lim tashkilotisida nutqni rivojlantirish dasturi, uning ilmiy asosi, tuzilishi va mazmuni

„Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya dasturi" kabi „Nutq o'sti- rish dasturi“ ham ilmiy asoslarga tayanib tuzilgan. Eng awalo, „Nutq o'stirish dasturi" o'zining butun mazmuni bilan bola shax- sini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan. Bundan tashqari, „Nutq o'stirish dasturi" bolalar tomonidan og'zaki nutqni o'z- lashtirish to'g'risidagi psixologiya fani ma’lumotlari, bola bilish faoliyatining xususiyatlari to'g'risidagi nazariyaga asoslangan. Shuningdek, dastur bolaning rivojlanishida nutq faoliyatining roli to'g'risidagi nazariy asoslarga. didaktik prinsiplarga ham taya­nib tuzilgan: „Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta'lim-tarbiya dasturi"da „Nutq o'stirish dasturi" har bir guruhda quyidagi bo'limlardan iborat qilib tuzilgan.
Birinchi va ikkinchi kichik guruhlarda:

  1. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutq o'stirish, lug'at ustida ishlash.

  2. Nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish.

  3. Nutqning tovush madaniyalini tarbiyalasli.

  4. So'zlashuv nutqini (dialog nutqni) shakllantirish.

  5. Bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish.

0‘rta va katta guruhlarda:

  1. Tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutq o'stirish, lug'at ustida ishlash.

  2. Nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish.

  3. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.

  4. So'zlashuv nutqini (dialog nutqni) shakllantirish.

  5. Hikoya qilish (monolog nutq)ga o'rgatish.

  6. Bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish.

Maktabga tayyorlov guruhi:

  1. Tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutq o'stirish, lug'at ustida ishlash.

  2. Nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish.

  3. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.

  4. So'zlashuv nutqi (dialog nutq)ni shakllantirish.

  5. Hikoya qilish (monolog nutq)ga o'rgatish.

  6. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish.

  7. Savod o'rgatishga tayyorlash.

Tarbiyachi dastur bolimlarini va har bir boMim talablarini yaxshi bilishi va uning mazmunini aniq belgilab olish malakasini egallagan bo'lishi kerak.
Masalan, tarbiyachi katta guruhdagi bolalarni „Tevarak- atrof bilan tanishtirish va nutqini o'stirish14 bo'limida ko'rsatilgan obyekt yoki hodisa bilan tanishtirishda lug'at ishiga qo'yilgan aniq talablarni yaxshi bilishi, bolalarni turli savollarga javob berishga o‘rgatishi kerak. Chunonchi: „Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim va tarbiya dasturi“ning nutq o'stirish bo'limida katta guruhdagi bolalarni oshpazning mehnati bilan tanishtirish tavsiya etilgan. Bolalar oshpazning mehnati bilan tanishish jarayonida oshpazga ovqat pishirish uchun kerak bo'ladigan maishiy-xo'jalik asboblarining (go'sht maydalagich, tova, qozon, kapgir, cho'mich, taxtakach va h. k.), oziq-ovqat mahsulotlarining (karam, lavlagi, loviya, no'xat, qovoq, sholg'om va h. k.), ovqatlarning (sho'rva, mastava, shavla, palov, moshxo'rda, manti, lag'mon, do'lma, chuchvara, kotlet va h. k.), ovqatlarni pishirish bilan bog'liq bo'lgan ish- harakatlarning nomlarini ( qovuradi, qaynatadi, suzadi va h. k.) bilib oladilar va buning natijasida ularning lug'ati boyib boradi va faollashadi.
Dasturda nutqning grammatik tuzilishini shakllantirishga katta ahamiyat berilgan. Bolalar nutqning grammatik tuzilishini kattalar bilan muomalada bo'lish va taqlid qilish asosida asta-sekin o'zlashtirib boradilar. Nutqning grammatik tuzilishini egallash murakkab va uzoq davom etadigan jarayondir.
Shuning uchun ham dasturda nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish bo'yicha ish mazmuni har bir yosh guruhida bolalarning yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilangan. Masalan, birinchi va ikkinchi kichik guruhda bolalar- ga otlarni ko'plikda to'g'ri ishlatish, sifatlarning ot bilan shaxs va sonda moslashuvini, fe’lning o'tgan va kelasi zamonda ishlatishni mashq qildirish, ularni so'roq so'zlarning intonatsiyasini egallashga tayyorlash kabi vazifalarni hal etish rejalashtirilgan bo'lsa, o'rta guruhda esa bu vazifa ancha murakkablashadi. Endi ushbu guruh bolalari nutqini morfologik va sintaktik tomondan takomil- iashtirishga, otni kelishiklar bo'yicha to'g'ri turlashga, fe’llarni shaxs va zamonda to'g'ri tuslashga o'rgatiladi.
Katta va tayyorlov guruhlarda nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish bo'yicha dastur vazifalari va ularning mazmuni ancha murakkablashishi bilan ajralib turadi. Ushbu guruhdagi bolalarni o'z nutqlarida uyushiq bo'lakli, yoyiq va qo'shma gaplarning turli xillaridan (bog'langan qo'shma gap, ergashgan qo'shma gap), ko'makchi, bog'lovchi va ravishlardan foydalanishga o'rgatish, otlarni ko'plikda (qo'ylar, jo'jalar, uloqchalar) to'g'ri ishlatish kabi malakalar takomillashtiriladi.

Yüklə 52,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə