Maktabgacha tarbiya tizimida ona tili



Yüklə 52,36 Kb.
səhifə4/13
tarix19.12.2023
ölçüsü52,36 Kb.
#153767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
MAKTABGACHA TARBIYA TIZIMIDA ONA TILI

Birinchi va ikkinchi kichik guruhda.

  1. Tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutq o'stirish, lug'atini boyitish.

  2. Nutqning grammatik tomonini shakllantirish.

  3. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.

  4. So'zlashuv nutqini (dialog) shakllantirish.

  5. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish.

Ushbu guruhda hikoya qilishga (monolog nutqqa) o'rgatish bo'yicha boshlang'ich ma’lumot berish belgilangan.
Kichik guruh bolalari tarbiyachining hikoyasini eshitib, uning savollariga javob bcra olishi, mavzulardagi rasm yuzasidan suhbatlarda ishtirok etishi bilan birga, avval eshitgan ertak va hikoyani xotirasida tiklab, uning mazmunini buzmasdan aytib bera olishlari lozim.
O'rta va katta guruhlarda tarbiyachi bolalar nutqini rivoj­lantirish bo'yicha quyidagi vazifalarni amalga oshirishi kerak:

  1. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutqini o'stirish, lug'atini boyitish.

  2. Nutqning grammatik tomonini shakllantirish.

  3. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.

  4. So'zlashuv nutqini (dialog) shakllantirish.

  5. Hikoya qilishga ( monolog nutq) o'rgatish.

  6. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish.

Maktabga tayyorlov guruhida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

  1. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutqini o‘stirish, lug'atini boyitish.

  2. Nutqning grammatik tomonini shakllantirish.

  3. Nutqning tovush inadaniyatini tarbiyalash.

  4. So‘zlashuv nutqini (dialog) shakllantirish.

  5. Hikoya qilishga o'rgatish (monolog nutqni shakllantirish).

  6. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish.

  7. Bolalarni savod o‘rgatishga tayyorlash.

  1. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutqini o'stirish, lug'atini boyitish. Lug'at ustida ishlash bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish orqali amalga oshiriladi. Bolalarni tevarak-atrofdagi buyumlar, hodisalar, o'simliklar, hayvonot dunyosi, kattalar mehnati va h. k. lar bilan tanishtirish jarayonida ularning nomlarini, sifatlarini, xususiyatlarini, xarakterlarini so'zlar bilan aytamiz.

Masalan, buyumlaming nomini anglatadigan: ko'zgu, taroq, sovun, tish va kiyim cho'tkalari, palos, gilam, javon, karavot, xontaxta; sabzavotlarning nomini anglatadigan: sabzi, karam, sholg'om, boclring, baqlajon; o'simliklar: daraxt, gul, o‘t va boshqalar; mevalar: olma, nok, olcha, gilos, olxo‘ri va hokazolar; uy hayvonlari: xo'roz, tovuq, ot, sigir, it, mushuk, qo'y, eshak\ ularning bolalarining nomini bildiruvchi: joja, toychoq, buzoq, qo'zichoq, uloqcha, xo'tik; harakatlarni ifodalovchi: yuvinmoq, artmoq, pishirmoq, layyorlamoq, kir yuvmoq, daznwllamoq, ekmoq va boshqalar; sifatlarni bildiruvchi: katta, kichik, qizil, sariq, ko'k, zangori, oq, qora, issiq, sovuq, shirin, achchiq va hokazo so'zlar bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayo­nida bolalar lug'atiga kiritiladi, buning natijasida ularning lug'ati boyitiladi, nutqi rivojlanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida lug'at bilan ishlash dasturi mavjud bo'lib, tarbiyachi bolalarga atrofdagilar bilan tez nutqiy muloqotga kirishib keta olishiga yordam beradigan so'zlarni tanlab, maxsus usul va uslubiyot yordamida ular nutqiga kiritib boradi. Bolalarni so'zlarning ma’nosini tushunishga o'rgatibgina qolmay, balki bu so'zlarni o'z nutqlarida faol ishlatishga ham odatlantirib boradi. Shuningdek, tarbiyachi bola lug'atining qo'pol so'zlardan xoli bo’lishiga, shevaga oid (mahalliy) so'zlarni adabiv tildagi so‘zlar bilan almashtirishga e'tibor berishi kerak.


  1. Yüklə 52,36 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə