Maktabgacha tarbiya tizimida ona tili


Mumkin emas! Qo‘ling kuyadi!—



Yüklə 52,36 Kb.
səhifə2/13
tarix19.12.2023
ölçüsü52,36 Kb.
#153767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
MAKTABGACHA TARBIYA TIZIMIDA ONA TILI

Mumkin emas! Qo‘ling kuyadi!—deb taqiqlash ohangi bilan aytilgan gap, qo'lini issiq choyga olib borayotgan bolani bu harakatdan to'xtatadi. Yoki kitobni yirtishga harakat qilayotgan kichkintoy qo'lidan kitobni olayotgan onaning qat’iy ravishda:— Mumkin emas! Kitob ketib qoladi. „Vali yomon bola ekan“ deb aytadi,— degan so'zlari bolani tartibli, intizomli bo'lishga undaydi. Tartibli, intizomli bo'lish esa shaxsning asosiy sifatlaridan biri bo'lib, undagi xarakter xususiyatlarining rivojlanishi uchun manba bo'lib hisoblanadi.

Shuni ta'kidlab o'tish lozimki, bolaga qaratilgan nutq uning xulq-atvorini tartibga solib turuvchi, qilinadigan ishlarni rejalashtirishga undovchi vositadir.
Biz nutq orqali, ya'ni til vositasi bilan har xil mulohazalar yuritamiz. Tafakkur hamisha til vositasida ifodalanadi. Til va tafakkur o'zaro uzviy bogliq bo'lgan jarayondir. Shuning uchun ham fikrning realligi tilda namoyon bo‘ladi, deyilishi bejiz emas. Tafakkur jarayonida nutq — hukm, xulosa chiqarish va tushuncha shakllarida namoyon bo'ladi.
Demak, kishilar til yordamida o'zlaridan ilgari yashagan kishilarning hayotini, bo'lib o'tgan voqea va hodisalarni bilib oladilar. Shu bilan birga, o‘zlari yashayotgan davrda bo'layotgan voqca va hodisalarni, yangiliklarni o'rganib, bilib oladilar.
Til kishilarning eng qulay aloqa-aralashuv vositasidir.
Inson til orqali: a) o'z fikrini bayon qiladi— axborot beradi; b) boshqalarning fikrini anglaydi — axborot qabul qiladi.
2. Bolalarni axloqiy va estetik ruhda tarbiyalashda ona tilining roli
Nutqning bola xulqini tartibga soluvchi vazifasi ta’sirida bola tomonidan nutqni egallash — bu ona tilining axloqiy tarbiyalash vositasi bo'lib qolganligini bildiradi. Shu vaqtdan boshlab kattalar o'zlarining bolalarga aytadigan so'zlariga, xulqlariga e’tibor berishlari kerak. Bola xulqini tartibga solib tunivchi mumkin emas, mumkin, kerak kabi so'zlar bilan bir qatorda, yaxshi, yomon kabi tushunchalarni ham farqlab boradi.

Yüklə 52,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə