Maktabgacha tarbiya tizimida ona tili


Mashg'ulotning jo'shqinlik xarakteriga ega boMishi



Yüklə 52,36 Kb.
səhifə10/13
tarix19.12.2023
ölçüsü52,36 Kb.
#153767
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
MAKTABGACHA TARBIYA TIZIMIDA ONA TILI

Mashg'ulotning jo'shqinlik xarakteriga ega boMishi. Mash- g'ulotni boshlashdan awal bolalarda bilim olish istagini, qizi- quvchanlikni, yangilikni bilib olishga ishtiyoqni vujudga keltirish kerak. Mashg'ulot bolalarda qoniqish hissini vujudga keltirishi lozim.

  • Ta’lim usullarini mashg'ulotning tuzilishiga qarab tanlash.

    Mashg'ulotning tuzilishi awaldan aniq qilib belgilab qo'yilishi kerak. Mashg'ulotning boshida yangi material bilan tanishtirishda awalgi mashg'ulotlarda o'rganilgan materiallar esga olinib, uni bolalar tajribasi bilan bog'lanadi.
    Katta guruhlarda ko'pincha mashg'ulotning maqsadi asoslab beriladi. Masalan, tarbiyachi bolalar bilan nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash bo'yicha mashg'ulotni boshlashda awal shunday deydi: „Aytilishi qiyin so'zlarni to'g'ri talafTuz etishga o'rganish kerak. Chunki bizning nutqimiz to'g'ri, chiroyli, at- rofdagilar uchun tushunarli bo'lishi lozim“.
    Tarbiyachining bunday asosli gapi bolalarning yangi bilim va ko'nikmalarni egallash zarurligiga ishontiradi.
    Mashg'ulotning asosiy qismini aniq rejalashtirish kerak. Uning birinchi bosqichida (yangi vazifani hal etishda) bolalarga nutqiy faoliyatning va uning maqsadini aniqlashga yordam beruv- chi ta’limning asosiy usullari mujassamlangan bo'ladi.
    So'ngra bolalar tomonidan mustaqil ishlar (savollarga javoblar, mashqlar va h. k.) amalga oshiriladi, ammo tarbiyachi tomonidan rahbarlik qilinadi.
    Mashg'ulotning yakuniy qismi qisqa va jo'shqinligi bilan aj- ralib turishi kerak, ya'ni mashg'ulotda o'zlashtirilgan materialni mustahkamlash uchun mavzuga yaqin bo'lgan badiiy asarlarni o'qib berish, she'r aytib berish, topishmoq aytish, didaktik o‘yin kabi usullardan foydalaniladi.

    1. Mashg'ulotning hamma bosqichlarida har bir bolaning nutqiy faolligini o‘stirish. „Nutqiy faollik'* bolaning butun mashg'ulot davomida hammaga eshitilarli qilib gapirishi emas, balki pedagogning va tengdoshlarining nutqini faol tarzda idrok qilishi va uni tushunishi demakdir. Imkoniyatga qarab ko'proq bolalarning ovoz chiqarib gapirishlari, faol nutqlari uchun sharoit yaratib berish kerak. Bolalarning nutqiy faolligini o'stirishda ko'rgazmali qurollardan oqilona foydalanish katta ahamiyatga ega. Shuningdek, faoliyatning xilma-xilligi, ular turlarining o'zgartirib turilishi, o'yin usullari ham bolalarning nutqiy faolligini oshiradi. To'g'ri tanlangan va tuzilgan savollar, topshiriqlar ham nutq faolligini ta’minlovchi vositalardan biridir. Tarbiyachi savollar, topshiriqlar berganda, guruhdagi hamma bolalarga qarata murojaat qiladi, zarur bo'lganda uni takrorlaydi, javob beruvchiga baland, aniq, hammaga tushunarli qilib gapirish kerakligi haqida ko'rsatma beradi, nutqiy rivojlanishi har xil darajada bo'lgan bolalardan navbatma-navbat so'raydi, hadeb bir boladan so'rayvermaydi, guruhdagi bolalarga javob berayotgan bolaning javobi to‘g'ri yoki noto'g'ri ekanligini nazo- rat qilib borishni aytadi, ularga savol bilan murojaat etadi: u to'g'ri va to'liq javob berdimi? Yana nimalar haqida gapirishi kerak edi? Tartib bilan so'zlab berdimi?

    Bolalarning nutqiy faolligiga baho beruvchi savollardan (Senga nimasi yoqadi?) foydalanish, ijodiy topshiriqlar berish, shaxsiy tajribalaridan foydalanishga undash va hokazolar ham ijobiy ta’sir ko'rsatadi.


    1. Yüklə 52,36 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə