Mashinasozlik materiallari 6-Mavzu: Xotiraga EGA bo’lgan materiallar


Cho’yanlar. Cho’yanlarning klassifikatsiyasi



Yüklə 192,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/15
tarix30.12.2023
ölçüsü192,52 Kb.
#164178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Engineering materials - lecture 6 (1)

Cho’yanlar. Cho’yanlarning klassifikatsiyasi

Cho’yanlarning strukturalari, xossalari, markalari, ishlatilish sohalari. 
Tarkibida uglerod miqdori 2,14 dan 6,67 % gacha bo‘lgan temirning uglerod va 
boshqa elementlar bilan qotishmasi 
cho‘yan
deyiladi. Cho‘yanlar tarkibidagi 
uglerodning qanday holatda ekanligiga ko‘ra 
oq

kulrang

juda puxta
va 
bolg‘alanuvchan cho‘yan
larga bo‘linadi. 
Oq cho‘yanning tarkibida uglerod kimyoviy birikma sementit holatida bo‘ladi. 
Sementit sinish yuzasida yaltiroq, oq rangda bo‘ladi. Shu sababli, asosini sementit 
tashkil etgan cho‘yan 
oq cho‘yan
deb yuritiladi. Kulrang, bolg‘alanuvchan va juda 
puxta cho‘yanlarning tarkibida uglerodning juda ko‘p qismi erkin holatda, ya’ni 
grafit tarzida bo‘ladi. 


6.4-rasm. Evtektik oq cho’yan strukturasi
 
Oq cho‘yanlar
tuzilishiga va tarkibidagi uglerod miqdoriga ko‘ra quyidagi turlarga 
bo‘linadi: 

evtektikadan oldingi cho‘yan, tarkibida uglerod miqdori 2,14-4,3% bo‘lib, 
strukturasi perlit, tsementit va ledeburitdan iborat; 

evtektik cho‘yan, tarkibida uglerod miqdori 4,3% ni tashkil etib, strukturasi 
ledeburitdan iborat (6.4-rasm); 

evtektikadan keyingi cho‘yan, tarkibida uglerod miqdori 4,3-6,67% bo‘lib, 
strukturasi birlamchi tsementit va ledeburitdan tashkil topadi. 
Kulrang cho‘yanlar.
Kulrang cho‘yanlarning qolipga quyilish xossasi yuqori 
bo‘lganligi sababli ular 
quymakorlik cho‘yanlari
deb ham yuritiladi. Metall 
asosining tuzilishiga ko‘ra kulrang cho‘yanlar quyidagicha ajratiladi: 

perlitli kulrang cho‘yan; 

perlit-ferritli kulrang cho‘yan; 

ferritli kulrang cho‘yan. 
Perlitli
CЧ21, CЧ24, CЧ25, CЧ30, CЧ35 kulrang cho‘yanlari kuchli dastgohlarning 
staninasi, mexanizmlari, porshen, silindr, dvigatel bloklari, metallurgiya 
jihozlarining detallarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. 
Ferritli
CЧ10, CЧ15, CЧ18 kulrang cho‘yanlari poydevor plitalari, qurilish 
ustunlari, qishloq xo‘jalik mashinalari, dastgohlar, avtomobil va traktor detallarini 
ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Markada CЧ-kulrang cho‘yan, birinchi ikkita son 
cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasini bildiradi. 



Yüklə 192,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə