Mavzu: Fizika ta’limida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish


Pedagogik texnologiyaning umumiy asoslari



Yüklə 292 Kb.
səhifə2/8
tarix19.01.2023
ölçüsü292 Kb.
#98812
1   2   3   4   5   6   7   8
Fizika ta’limida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish

1.1 Pedagogik texnologiyaning umumiy asoslari.
Bu tushuncha XX asrda paydo bo'ldi va 1940-1950 yillarda "ta’lim texnologiyasi” tarzida qo'llanilib, mazmunan o'quv jarayonida audio-vizual texnika vositalaridan foydalanishni anglatgan. Atama dastlab AQShda qo'llana boshladi. Keyinchalik “ta’lim texnologiyasi” o'miga “dasturlashtirilgan ta’lim ” atamasidan foydalanish keng yoyildi. So'ngra pedagogik texnologiya loyihalashtirilgan ta’lim va aniq maqsadga qaratilgan o'quv jarayonini ifoda eta boshladi. O'tgan asrning 80-yillarida pedagogik texnologiya kompyuterli va axborot texnologiyalari bilan sinonim tarzda ishlatila boshladi.
Keyingi o'n yilliklarda pedagog olimlar va o'qituvchilar diqqatini jalb qilgan masalalardan biri pedagogik texnologiya (PT) hisoblanadi. Bu mavzuning ilmiy ishlarda, hisobotlarda, maxsus davriy nashrlarda qizg'in o'rganilayotganligi, bahs-munozaraga sababchi bo'layotganligi ham ta’lim-tarbiyada uning o'rni naqadar muhimligiga guvohlik beradi. Mavjud materiallarni jamlash, uning nazariy va amaliy jihatlarini O'zbekiston Respublikasining «Ta’lim to'g'risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida tahlil qilish, pirovard natijada, qator konseptual texnologiyaning empirik asosini yaratishga harakat qilish, shuningdek, uni ilmiy bilimlar doirasiga o'tkazish kabi ishlar ham jadal davom ettirilmoqda.
Avvalo, nega bugunga kelib pedagogik texnologiyaga qiziqish shunchalik kuchaydi, degan savol tug'iladi. Aytish mumkinki, rivojlanayotgan davlatlarda, birinchi navbatda, pedagogik texnologiyaga ta’lim sohasidagi siyosatning bosh vazifasi sifatida qarab kelingan. Bunday yondashish YUNESKO tomonidan ham ma’qullandi va 1972-yilda «Ta’limni rivojlantirish masalalari» bo'yicha Xalqaro Komissiya tashkil topdi.Bu komissiya zamonaviy texnologiya va ta’limni modernizatsiyalashda harakatlantiruvchi kuchdir, deb baxolanadi.
Muhimi shundaki, Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan milliy dasturni ro'yobga chiqarish bosqichlari har jihatdan ilmiy asoslab berildi va yilning ikkinchi bosqichida «o‘quv-tarbiyaviy jarayonini ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash» muhim vazifalardan biri sifatida belgilandi.
Xo'sh pedagogik texnologiya nima? Uni amaliyotga qanday joriy qilish mumkin?
Dastlab «Texnologiya» tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so‘z fanga 1872 yilda kirib keldi va grekcha ikki so'zdan - «texnos» -hunar va «logos»-fan, so'zlaridan tashkil topib, «hunar fani» ma'nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to'liq tavsiflab bera olmaydi, texnologik jarayon deyilganda-mehnat qurollari bilan mehnat vositalariga ta'sir etish natijasida mahsulot yaratish bo'yicha qilingan mehnat va jarayonlar tushuniladi. Demak, bu ta’rifhi istalgancha sharhlash mumkin, bunda: pedagogik texnologiya-bu o'qituvchi tomonidan o'qitish vositalari yordamida o ‘quvchilarga ta’sir ko'rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda muayyan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni, deb ta’riflasak xato bo'lmaydi.
Qator yillardan beri, pedagogik texnologiyaga o‘quv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb qarab kelindi. Faqat 70-yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushuncha yangicha talqin etila boshlandi. Texnologiya deganda. subyekt tomonidan obyektga ko'rsatilgan ta’sir natijasida subyektda sifat o'zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, obyektga yo'naltirilgan maqsadli amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko'zda tutadi.
Ushbu tushunchararni o'quv jarayoniga ko'chiradigan bo'lsak. o'qituvchi (pedagog)ning o'qitish vositalari yordamida o'quvchi talabalarga muayyan sharoitlarda ko'rsatgan tizimli ta’siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo'lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa, deb ta’riflash mumkin. Ta’riflar nazariyasi bo'yicha bunday ijtimoiy hoidisani pedagogik texnologiya, desa bo'ladi. Mustaqillikka erishgan O'zbekiston olimlari xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ilmiy-ma’rifiy aloqalar o'rnata boshladilar. Natijada yurtimizga ilg'or va samarali texnologiyalar kirib kela boshladi. Shular qatorida, jahondagi progressiv pedagogik texnologiya degan tushunchalar ham kirib, pedagogik jamoatchiligimiz fikrini chulg'ab oldi. Oxirgi yillarda, Rossiya bilan O‘zbekistonda pedagogik texnologiyani o'rganish yo'lida ancha ishlar qilindi. Shu jumladan, O'zbekiston olimlari bilan hamdo'stlik davlatlari o'rtasida ham pedagogik texpologiyalarning loyihalarini tuzish bo'yicha ancha ishlar qilindi.
Pedagogik texnologiyani o'quv jarayoniga olib kirishning zarurligini bunday mamlakatlar ichida birinchilar qatorida har tom onlama ilmiy asoslab bergan rossiyalik olim V.P. Bespalkoning fikricha, «Pedagogik texnologiya bu o'qituvchi mahoratiga bog'liq bo'lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o'quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir».
M.V. Klarin fikricha, “ Pedagogik texnologiya-o'quv jarayoniga texnologik yondashgan holda, oldindan belgilab olingan ko'rsatkichlardan kelib chiqib, o'quv jarayonini loyihalashdir”.
V.P. Bespalkoning o'zbekistonlik shogirdlaridan N. Sayidahmedov va M. Ochilovlarning fikricha, “ Pedagogik texnologiya — bu o'qituvchi(tarbiyachi)ning o'qitish (tarbiya) vositalari yordamida o'quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta'sir ko'rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir”.
Yuqorida keltirilgan ta’riflardan ko'rinib turibdiki, o‘tgan yillarda PT-o‘quv jarayonini berilgan dastlabki ta ’lim maqsadi va mazmunidan kelib chiqib loyihalashdir, deya ifodalandi. Bu bir jihatdan to'g'ri, lekin teranroq fikr yuritilsa. uning bir yoqlamaligi yaqqol ko‘zga tashlanadi yoki bunday yondashishda o'quvchi shaxsining inkor etilishi seziladi. Bu kamchilikni birinchi bo'lib akademik V. Bespalko payqadi va o'z asarida «Pedagogik texnologiya — bu o'qituvchi mahoratiga bog'liq bo'lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o'quvchi shaxsini shakllantirish jarayonini ifodalash - loyihalashdir», deb ta’rifladi.
Shu o'rinda hamkasbimiz H. Abdukarimovning «Ma’rifat» gazetasida (1998 yil, 27 may) bosilgan «Zamonaviy pedagogik texnologiya nima?» maqolasini didaktik nuqtai nazardan baholashni kitobxonlar hukmiga havola etaylik-da, undagi bir-biriga zid va ilmiy asoslanmagan ikki ta’rif keltirib o'taylik: 1. «Milliy dastur» — bu yangicha pedagogik texnologiyaning o'zi». 2.«Pedagogik texnologiya pedagogik mahorat to'g'risidagi fan». Bu boradagi ta'riflarning xilma-xilligi bir tomondan bu mavzuning u yoki bu jihati soxta yechilganligini ko'rsatsa, ikkinchi tomondan pedagogik texnologiyani ta’lim amaliyotiga joriy etishga bo'lgan urinishlarni ifodalaydi.
Qator yillar davomida pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyoti bir-biriga bog'liq bo'lmagan holda o'rganib kelindi va u turli faoliyat doirasida edi. Bugungi kunda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga mamlakatimizda keng imkoniyatlar tug'ildi. Nazariya va amaliyot birligining
ta’minlanayotganligini zamonaviy pedagogik texnologiyaning asl mohiyatini aniqlashga yo‘l ochmoqda.
Ta’lim turlari uchun umumiy bo'lgan pedagogik tizim loyihasini quyidagicha ifodalash mumkin:
Ijtimoiy buyurtma


Yüklə 292 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə