Mavzu: Fizika ta’limida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish


Informatsion texnologiyalarni o'qitish jarayonida qo'llash



Yüklə 292 Kb.
səhifə7/8
tarix19.01.2023
ölçüsü292 Kb.
#98812
1   2   3   4   5   6   7   8
Fizika ta’limida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish

1.5 Informatsion texnologiyalarni o'qitish jarayonida qo'llash
Jamiyatni axborotlashtirish inson taraqqiyotining barcha sohalarida intellcktual faolivat turlarini ko'paytirish va rolini oshirish bilan bog'liq ob'ektiv jarayon bo'lib. xalq turmush darajasining yaxshilanishi, ijiimoiy ehtiyojlaming qondirilishi, iqtisodning o'sishi. fan-texnika taraqqiyoiining jadallashishi uchun xizmat kiladi. Shu bois, har bir mamlakat XXI asrda davlatlar orasida munosib o'rin egallashi va boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy munosabatlarda tenglasha olishi uchun o'z xalq xo jaligi tuzilmalari va sanoatlarini axborot tizimlari talablariga moslashtirishi kerak.
Jamiyatni axborotlashtirishdagi eng muhim yo'nalishlardan biri ta'lim tizimidir. Ta'lim tizimini axborotlashtirish rivojlantiruvchi ta'limni joriy etish maqsadida yangi axborot texnologiyalarini qo'llash, uning metod va vositalaridan foydalanish, ta'lim tarbiya jarayonining barcha bosqichlarini jadallashtirish, sifat va samaradorligini oshirish. yoshlarni axborotlashgan jamiyat sharoitida yashashga tayyor qilib tarbiyalash masalalarini o'z ichiga oladi.
Amaliyotda maxsus texnik axborot vositalari - EHM, audio, kino, videolarni qo'llaydigan barcha texnologiyalar informatsion ta'lim texnologiyalari deb nomlanadi. Ta'lim tizimida kompyuterlardan keng foydalanish oqibatida "yangi axborot ta'lim texnologiyasi", "kompyuter ta'lim texnologiyasi" atamalari paydo bo'ldi.
Kompyuterli texnologiyalar dasturli o'qitish g'oyalarini rivojlantiradi. Zamonaviy kompyuterli ta'lim texnologiyalari - bu ta'lim oluvchiga axborotni tayyorlash va uzatish jarayoni bo'lib, uni amalga oshirish vositasi kompyuterdir.
Kompyuterda axborotni taqdim qilishning boy imkoniyatlari ta'lim mazmuniga integratsiyalangan kurslarni, fanning tarixi va metodologiyasi bilan tanishtirishni, buyuk insonlarning ijodiy ishlarini, fanning, texnikaning, madaniyatning jahondagi darajasini qo'shish orqali uning mazmunini o'zgartirish va cheksiz boyitish imkonini bcradi.
Bugungi kunda erkin shaxsni shakllantirish muammosi ta’lim muassasalarida o'quv-tarbiyaviy ishlami zamonaviy pedagogik texnologiyaga o'tkazishni taqozo etadi. Bu jarayon oson kechmaydi, chunki ixtiyoriy qurilayotgan va joriy etilayotgan o'qitish tizimini qat’iyan ilmiy asoslangan pedagogik tizimga aylantirish kerak. V.P.Bespalkoning ta’rifiga ko'ra «pedagogik tizim m a’lum shaxs sifatlarini shakllantirishga tartibli, aniq maqsadni ko'zlab va oldindan o'ylab pedagogik ta'sir etishni vujudga keltirish uchun zarur bo'lgan o'zaro bog'liq vositalar, usullar va jarayonlar yig'indisidir».
Har bir jam iyatda shaxsni shakllantirish maqsadi belgilab olinadi va unga mos ravishda pedagogik tizim mavjud bo'lishi kerak. Agar maqsad o'zgarsa mavjud tizim ham o ‘zgarishi muqarrardir. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» jamiyat, davlat va oila oldida o ‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni bosh maqsad qilib qo'ydi. Chunonchi, Milliy dastur ta'lim -tarbiya sohasidagi davlat buyurtmasi hisoblanib, milliy istiqlol mafkurasining mohiyat-mazmuniga to'liq mos keladi. Faqat davlat buyurtmasigina ta ’lim-tarbiyaning umumiy maqsad va vazifalarini aniq belgilab beradi yoki oliy ta'lim uchun pedagogik tizimning mavjudlik shartlarini kafolatlaydi.
Pedagogik texnologiya shunday bilimlar sohasiki, ularning vositasida yangi ming yillikda davlatning ta’lim sohasidagi siyosatida tub burilish yuz beradi, o'qituvchi (pedagog) faoliyati yangilanadi, o'quvchi-talabalarda hur fikrlilik, insonparvarlik tuyg'ulari tizimi shakllantiriladi.
Bugungi kunga kelib, o'qituvchi (pedagog)lar metodikani ko'p hollarda texnologiyadan ajrata olmayaptilar. Shu boisdan ham bu tushunchalarga aniqlik kiritish kerak bo'ladi. Metodika (uslubiyat) o'quv jarayonini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha tavsiyalar majmuasidan iborat. Zamonaviy pedagogik texnologiya esa oldindan belgilab qo'yilgan aniq maqsad yo'lida o'qituvchi (pedagog)ning kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan tadbirlar majmuasi yig'indisidir.
Zamonaviy pedagogik texnologiya tushunchasini oydinlashtirishga qaratilgan ta ’riflarning xilma-xilligi, bir tom ondan livojlangan mamlakatlarda ushbu mavzuning u yoki bu darajada yechilayotganligini ko'rsatsa, ikkinchi tomondan, pedagogik texnologiyani pedagogik amaliyotga joriy etishga bo'lgan urinishlarning ma’lum natijasini ifodalaydi.

Hozirda mamlakatimizda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga imkoniyatlar yetarli darajada, chunki nazariya va amaliyot birligining ta’minlanishi pedagogik texnologiyaning asl mohiyatini aniqlashga yo'l ochadi. Demak, zamonaviy pedagogik texnologiyaga pedagogika fanining alohida tarmog'i sifatida yoki faqat ta’lim amaliyotini maqbullashtirishga yo'naltirilgan tizim, deb qarash mumkin emas. Pedagogik texnologiya bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi.


Endilikda ta'lim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilanadi, unga mos holda mazmun ham, pedagogik jarayon ham yangilanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib borayapti, auditoriyaga o ‘qitish imkoniyatlari katta bo'lgan yangi texnologiyalar (sanoat, elektron, axborot) kirib kelmoqda. Ro'y berayotgan sifat o‘zgarishlari shundan dalolat beradiki, bugungi kunda «0'rganish»ning birlamchi jarayonlarini an’anaviy metodikava o'qitish vositalari qolipiga sig‘may o'qituvchi (pedagog)ning individual qobiliyatlariga mos kelmay qoldi. Yangi metodikalami talab etadigan va ta’lim jarayonining tarkibiy komponentlariga aylanib borayotgan va unga o'zining m a’lum xususiyatlarini joriy etadigan texnikaviy, axborotli, poligrafik, audiovizual vositalar mavjudki, ular zamonaviy pedagogik texnologiyani real voqelikka aylantirmoqda.
Oliy o'quv yurtlarida talabalarning ilmiy-texnikaviy va ijodkorlik qobiliyatlarini o'stirish — har qanday tur. bosqich yoki darajadagi ta ’limning asosiy vazifalaridan biridir. Zotan. bugungi kun yoshlari texnika va texnologiya, iqtisodiyot asoslari borasidagi bilimlardan xabardor bo'lsa-yu, ulardan foydalanish ko'nikmalariga ega bo'lmasa, u ko'zlangan maqsadga erisha olmaydi. O'zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo'llash yo'llari va vositalarini bilishgina ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, yangi texnika, mehnat qurollari va yangi texnologiyalar yaratish imkonini beradi.
Keng ko'lamli va mustahkam bilim, ko'nikma, malaka, qiziquvchanlik, tashabbuskorlik, muammolarni mustaqil hal etishda aniq maqsadga intilish va shaxsiy faoliyatga nisbatan talabchanlik talaba yoshlar ijodkorlik qobiliyatlarini shakllanishining zaminidir.
Talabalar ijodkorlik qobiliyatini shakllantirishning muhim sharti bu — faoliyatdir. Demak, pedagogning asosiy vazifasi ushbu faoliyatni tashkil etish shakl, metod, usul, vosita va yo'nalishlarini belgilab beruvchi zarur axborotlar bilan ta’minlash hisoblanadi. Axborot ta’minotining haddan ziyodligi ham vazifani ijobiy hal etmaydi. Shu sababli axborot ta’minotini pedagogik jihatdan boshqarish, ularning ilg‘or texnika va texnologiya yutuqlari bilan boyitilganligini hisobga olish maqsadga muvofiqdir.
llmiy-texnik taraqqiyot va ijodkorlikka erishish jarayonini pedagogik jihatdan boshqarishning predmeti inson omili bo'lib, u o‘ziga xos ta’lim-tarbiya ishlari va uni boshqarish. ijodiy masalalarni yechish metodikasi va algoritmini o‘rganishni ko'zda tutadi. Talabalar ilmiy-texnik ijodkorlik faoliyatini tashkil etish, tayyorlash jarayoniga nisbatan pedagogik yondashuv tizimi shaxs ijodkorligi va yaratuvchanligini boshqarishning bosh masalalaridan biri hisoblanadi va u o'z ichiga zaruriy axborotlarni yig'ish, tahlil qilish, uni qayta ishlash, maqsadni aniqlash, maqsadga erishish rejasini ishlab chiqish, reja bo'yicha ijodkorlik ishlarini tashkil qilish, uning amalga oshishini nazorat qilish, ushbu tizim faoliyatini tartibli olib borish va maxsus yechimlar qabul qilish kabi bosqichlarni oladi.
Har qanday boshqarish jarayoni, avvalo, maqsadni belgilash, ya’ni maqsadni to'g'ri qo'ya bilishdan boshlanadi. Bu esa boshqarish obyektining ayni paytdagi holatini tahlil qilish va uning rivojlanishi mumkin bo'lgan imkoniyatlarini o'rganishdan boshlanadi. Ilmiytexnik ijodkorlikni maqsadli pedagogik boshqarish mohiyatiga ko'ra obyektiv tavsifga ega, unda inson shaxsini kamol toptirishning obyektiv qonunlari o'z ifodasini topgan. Bundan tashqari maqsadli boshqarish tafakkur mahsuli va ular shaxslaming hamkorlikdagi faoliyati jarayonida shakllanadi. Maqsad, o'z navbatida, pedagogik obyektdagi o'zgarishlarning yo'nalishlari, boshqarish faoliyatini uning asosiy turlari va ularning mazmunini belgilab beradi.
Maqsadli pedagogik boshqarish o'z mazmuniga ko'ra vaqt omili va sharoitiga qarab bir necha guruhlarga bo'linadi. Yo'nalish mazmuni esa, shartli ravishda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, g'oyaviy va ilmiytexnikaviy maqsadlar sifatida guruhlanadi.
Ilmiy-texnik ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning muhim sharti maqsadli pedagogik boshqarishda qatnashuvchi shaxsni yuqori darajadagi obyektiv axborotlar bilan ta’minlash hisoblanadi. Obyektiv axborotgina maqsadga yo'naltirilgan faoliyat uchun harakatlantiruvchi vosita bo'la oladi.
Insonning miyasi turli xil axborotlarni turli darajada qabul qilish qobiliyatiga ega, bu esa ma’lumotlami yengil, erkin va qiziqarli uzatishni talab etadi. Texnik vositalardan mashg'ulotlar o'tkazish jarayonida samaraii foydalanish didaktika muammosi hisoblanib, asosan, ko'rsatmalilik prinsipini ta ’minlash borasidagi faol harakat, usul deb baholanadi.
Ta'lim jarayonida ko'rsatmalilik zarurati bilish jarayonining xarakteri, ya’ni jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga, undan keyin esa amaliyotga o'tishi bilan bog'liq. Pedagog va psixologlaming ta’kidlashicha, sezgi va tasaw ur qilishdan tashqarida fikrlar harakatlanmaydi, shuningdek, o'qitish jarayonida ham olg'a siljish bo'lmaydi. Demak, ko'rsatmalilik faqat ongga ta’sir etish bilan chegaralanmasdan o'rganuvchidan m a’lum his-hayajonli motivni ham yuzaga chiqaradi, his etish va mantiqiy fikrlash birligi asosidagina egallangan bilimlar mustahkamlanadi.
Bugungi kunda ta’limni rivojlantirish ning yangi pog'onasida o'qitishni texnik vositalarsiz ko'tarib bo'lmaydi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning muhim ko'rsatkichlaridan biri — axborotlami o'quvchi-talabalarga uzatish tezligi aynan shu vositalar yordamida ta’minlanadi.


Xulosa
Ma'rifatli va madaniyatli dunyonig ta’lim tajribasi shuni ko'rsatadiki, shaxsning intellektual salohiyati, dunyoqarashi, shuningdek, uning
ma’naviy-axloqiy qiyofasining shakllanishida u mansub bo'lgan muhit hamda unda qaror topgan ijtimoiy munosabatlaming ahamiyati katta bo'ladi. Zero, shaxs mansub bo'lgan muhitda uning tafakkuri, ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirish uchun zarur bo'lgan obyektiv va subyektiv omillar mavjud. Shaxs faoliyat olib borayotgan muhit doirasida oliy va o'rta maxsus ta’lim muassasalarining ham alohida o'rni bor. O'zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim sohasida olib borilayotgan kadrlar tayyorlash bo'yicha islohotlar mamlakat iqtisodiyotini malakali mutaxassislar bilan ta’minlashga imkon beradi. Mazkur masalaning dolzarbligini ta’kidlab, Prezidentimiz I.A.Karimov “-
O'zbekiston innovatsion rivojlanish turining hozirgi zamon modeliga o'tish uchun hamma zarur sharoitlarga ega” , degan edi. Bu model vujudga keltirilgan ilmiy-texnikaviy salohiyatdan keng va samarali foydalanishga, fundamental va amaliy fanning yutuqlarini, chuqur ilm talab qiladigan texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etishga, yuqori malakali, iqtidorli ilmiy kadrlar sonini ko'paytirishga asoslanadi. Bu mamlakatimizning jahondagi iqtisodiyoti va sanoati rivojlangan davlatlar qatoriga kirib borishining zarur sharti va mustahkam poydevori bo'lib xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatimiz iqtisodiy qudratining oshib borishi jamiyatimiz ijtimoiy sohasining markaziy xalqasi bo'lgan ta’lim-tarbiya tizimida ham tub islohotlatga olib keldi. O'quvchi va talaba yoshlar ta’lim-tarbiyasini takomillashtirish, ularga berilayotgan ta’lim mazmunini kengaytirish, chuqurlashtirish va boyitish hamda ta’lim uzluksizligini ta’minlab berish uchun yangidan-yangi qonunlar va hujjatlar qabul qilinmoqda, zamonaviy pedagogik texnologiyalar yaratilmoqda. Zamonaviy pedagogik texnologiya fan asoslari bo'yicha o'quvchi-talabalarning bilish faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish va amalga oshirishni ko'z-da tutadi.



Yüklə 292 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə