Mavzu: Fizika ta’limida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish


Oliy ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashning ahamiyati



Yüklə 292 Kb.
səhifə6/8
tarix19.01.2023
ölçüsü292 Kb.
#98812
1   2   3   4   5   6   7   8
Fizika ta’limida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish

1.4 Oliy ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashning ahamiyati
O'zbekiston Respublikasida amal qilayotgan yagona va uzluksiz ta ’lim tizimini tashkil etuvchi 7 ta ta'lim turi-maktabgacha ta ’lim, umumiy o'rta ta ’lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim i, oliy ta ’lim. oliy o'quv yurtidan keyingi ta ’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta ’limi, maktabdan tashqari ta ’lim kabilar orasida oliy ta’lim turi malakali mutaxassislar va xalq xo'jaligi hamda jamiyat hayotining turli jabhalarida xizmat qiluvchi kadrlar tayyorlashning samaraii «o'chog'i» sifatida alohida o'rin egallaydi. Shuning uchun ham bu ta ’lim turiga alohida va jiddiy e’tibor berilishi hayotiy zaruratimiz darajasiga ko'tarilgan. Oliy ta'lim ning mazmuni va uning hajmini standartlashtirish masalasi 2001-yilning 16-avgustida Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori bilan rasmiy vazifa tarzida tasdiqlandi. Shundan keyingi o'tgan tarixan qisqa vaqt mobaynida ushbu ta ’lim turi bilan shug'ullanuvchi muassasalar va ularning mutasaddilari tom onidan ko'pgina ijobiy ishlar amalga oshirildi. Fanlar bo'yicha davlat ta ’lim standartlarini yaratish, o'quv reja va namunaviy o'quv dasturlarini barpo etish, darslik va boshqa o'quv adabiyotlarining yangi avlodini nashrga tayyorlash va ularni o'quv amaliyotiga kiritish kabi ishlar shu jum ladandir. Ta’lim mazmunini chuqurlashtirish, ta’limning amaliy tam oyillarini takomillashtirish, ta ’lim jarayonlarini intensivlashtirish, ta ’lim texnologiyalarini mukammallashtirish, ta ’lim va tarbiyaning birligini kuchaytirish, xususan, ushbu ta ’lim turining mazmuniga nafaqat bilim, ko'nikm a va malaka, balki umum insoniy madaniyatni tashkil qiluvchi — ijodiy faoliyat tajribasi, atrof-m uhitga nisbatan ijobiy munosabatlarni ham kiritish g'oyasi kun tartibiga ko'ndalang qilib qo'yildi.
Bunday ulkan vazifalarning maqsadga muvofiq tarzda bajarilishi ko'pgina omillarga bog'liqdir. Ularni ijtimoiy hayotning quyidagi komponentlari ro‘yobga chiqarishi mumkin:
- faoliyat turlari (moddiy, amaliy, ijtimoiy, ma’naviy);
- ijtimoiy ong shakllari (axloq, san’at, siyosat, falsafa, fan va boshqalar);
- ijtimoiy munosabatlar tizimi (moddiy va mafkuraviy);
- moddiy, ijtimoiy va tabiiy borliq (keyingi avlodlarga meros qilib qoldirilgan boyliklar).
Ta’lim mazmuni, uning komponentlari, tarkibi, vazifalari haqida so‘z ketganda dalillar bilan qonuniyatlar, yaqqollik bilan mavhumlik, bilimlar bilan haqiqatni mustaqil bilish metodlari o'rtasidagi maqbul keladigan munosabatlarni aniqlash zarur.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’kidlanganidek, «Zamonaviy iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarni rivojlantirish asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan tizimini yaratishmamlakatni taraqqiy ettirishning eng muhim sharti hisoblanadi. Tizimning amal qilishi kadrlarning istiqbolga mo'ljallangan vazifalarini hisobga olish va hal etish qobiliyatiga, yuksak umumiy va kasbiy madaniyatga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda yo‘nalish ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan yangi avlodni shakllantirishni ta’minlaydi».
Kadrlar tayyorlash sohasida hozirga qadar amalga oshirilayotgan o'zgarishlar faqat mavjud ta’lim tizimini isloh qilishga qaratilgan edi. U shaxs, jamiyat va davlatning ehtiyojlari bilan kasbiy tayyorgarlikning amaldagi tizimi o'rtasidagi tafovutlarni bartaraf etishni ta’minlamas edi. Xalqaro tajribani, mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ahvoli va muammolarini tahlil qilish asosidauning prinsip jihatidan yangi modeli ishlab chiqildi.
Kadrlar tayyorlash tizimi yangi modelining mohiyati va o'ziga xos xususiyati unga asosiy tarkibiy qismlar sifatida quyidagi komponentlar kiritilganligidadir:
- shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti, ta’limga oid xizmatlaming iste’molchisi va ularning yaratuvchisi;
- uzluksiz ta’lim — kadrlar tayyorlashning poydevori asosi;
- fan — yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlovchi va ularning iste’molchisi;

Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatib turibdiki, yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda quyidagilar hal qiluvchi ahamiyat kasb etar ekan:


1. Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o'zaro samaraii aloqadorligi.
2. Ta’lim korxonalari va professional ta’lim dasturlari turlarining xilma-xilligi, ularning fan va texnikaning eng so'nggi yutuqlari, iqtisodiyot va texnologiyalarning eng yuqori andozalari va ko'rinishlaridan foydalanish.
3. Professional ta’lim tizimini ustuvor va foyda keltiruvchi iqtisodiy tarmoqqa aylantirish.
4. Ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash va ularning moddiy-texnik bazasini yaratish hamda ularning moliyaviy ko'rsatkichlarini mustahkamlash.
5. Professional ta’lim tizimiga eng yuqori malakali o'qituvchilami va mutaxassislarni jalb ettirish.
6. O'quv jarayonini axborotlashtirish va kompyuterlashtirish.
7. Kadrlar tayyorlashning sifat bahosini va obyektiv nazorat tizimini qo'llash.
8. Shaxsning rivojlanishi, o'lchovi, sifat va xulqini, qobiliyat intellektini baholash va kasbiy mahorati muammolariga bag‘ishlangan psixologik-pedagogik izlanishlarni bajarish.
9. O'qituvchilami yuqori darajada moddiy rag'batlantirish va ularni ijtimoiy himoya qilish. Bu holatlarning barchasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da o'z aksini topgan.
Bugungi kunning mutaxassisi har tomonlama rivojlangan yuqori darajadagi intellektga ega bo'lgan, fan asoslarini chuqur o'rgangan bilimdon, zukko, dono, fidoiy, ma’rifatli va ma’naviyatli inson bo'lishi kerak. U o'z mutaxassisligidan tashqari, xorijiy tillardan birini egallagan bo'lishi hamda kompyuter texnikasidan foydalana olishi shart.
Oliy ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan o'qituvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim-tarbiya jarayonini faollashtirish usullari va o'qitiladigan fanlar bo'yicha sifatli bilim, ko'nikma va malakalarni hosil qilishni ta’minlovchi pedagogik usullami qo'llay bilishi lozim. U zamonaviy pedagogik texnologiyalarning mohiyati, maqsadi va vazifalarini o'iganib chiqib, ular haqida ilmiy asoslangan m a’lumotlar, amaliy yo'llanmalar ishlab chiqishi, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini o'zlashtirganidan so'ng, uni ta’lim tizimiga joriy eta olishi kerak.
Bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayoni, jamiyatning tez o'zgarib borayotgan turmush sharoiti, ta’lim tizimiga ta ’sirchanlik va tezkorlik xossalarining berilishini, ya’ni ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot talablariga javob berish, shaxs qobiliyati va iste’dodini hisobga olish imkoniyat va shart-sharoitlarini yaratishni taqozo etadi.

Yüklə 292 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə