Mavzu: Fizika ta’limida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish



Yüklə 292 Kb.
səhifə5/8
tarix19.01.2023
ölçüsü292 Kb.
#98812
1   2   3   4   5   6   7   8
Fizika ta’limida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish

Ma’ruza. Ma’ruza o'qitishning eng keng tarqalgan shakli bo‘lib, pedagogik faoliyatda yetakchi o'rinni egallaydi. U o'qituvchi mehnatining oliy shakli darajasida e’tirof etiladi. Uni bir tomonlama aloqaning ko'rinishi, deb ham ataladi. Bunda o'qituvchining faolligi va tinglovchilarning nofaolligi ko'zda tutiladi. Biroq munozara shaklida bayon etiladigan ma’ruza eng faol pedagogik texnologiya elementidir. Munozarali m a’ruzada tinglovchilarning faolligi juda yuqori bo'lishiga erishish mumkin.
Iqtisodiyot o'quv predmetlarini, odatda, ko'proq m a’ruzalar tarzida bayon etiladi. Chunki bunday kurslar ko'proq nazariy yoki umumlashtiruvchi xarakterga tabiatan ega bo'ladilar. Pedagogik terminologiya nuqtai nazaridan ularni bilish, aqliy umumlashtirish mashg'ulotlari deb hisoblash mumkin. Bunda metodikaning barcha boshqa metodlari kamroq samaraii bo'lib qoladilar. Ma’ruzani tashkil etish paytida o'qituvchi o'quv predmetining eng muhim jihatlarini alohida ta’kidlash evaziga muvafiaqiyat qozonishi mumkin. Ma’ruzada tinglovchilar boshqa samaraii metodlar bilan o'qitilgandagi kabi tayyorgarlik (bilim) oladilar. Faol metodika yordamida o'qilgan ma’ruzalar davomida tinglovchilarni faollashtirish evaziga o'qitish jarayonining teng huquqli ishtirokchilariga aylantirish mumkin. Bunda o'quv materiali tez va soz o'zlashtiriladi.
Ma’ruzani faol tadbirga aylantirish uchun uning mavzusi va tuzilmasi orasidagi bog'lanishning yechimini topish zarur bo'ladi. Ma’ruzalar o'quv predmetining bosh masalasi ko'nikma hosil qilish emas, balki bilim o'zlashtirish bo'lganidagina samara beradi. O'qitishning barcha mavjud masalalarini uch guruhga ajratish mumkin:
- bilimlar;
- ko'nikmalar;
- ko'rsatmalar.
O'qitish masalalaridan kelib chiqqan holda uning metodi tanlanadi. Agar ta’lim jarayonida tavsiflash, yodga tushirish. sanab o'tish. kategoriyalar bo'yicha taqsimlash, ta’riflar keltirish, baholash va tushuntirish kabi didaktik maqsadlar amalga oshirilishi lozim bo'lsa, albatta. ma’ruza shaklidagi o'quv mashg'ulotlari tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir. Hayot bilan, kundalik turmush bilan, muhim voqealar bilan aloqadorlikda bayon etilgan ma’ruza materiali oson o'zlashtiriladi. Suzishni yoki avtomobil boshqarishni m a’ruza mashg'uloti yordamida o'rgatib bo'lmasligi ravshan. Shu boisdan, uquv va ko'nikma hamda malaka egallanishi birinchi o'rinda turadigan faoliyatda ma’ruzaning tutgan o'rni juda kichikdir. Nazariy bilimlar va dunyoqarash ahamiyatiga ega bo'lgan ma’lumotlar ma’ruza yordamida berilishi maqsadga muvofiqdir.
Ma’ruza davomida o'qituvchining xatti-harakatlari, imo-ishoralari, nutq komponentlari muhim rol o'ynaydi. Ma’ruzachi auditoriya bilan yaxshi aloqa o'm atishi uchun uning dinamik siljib turishi tavsiya etiladi. Ovoz ohangining o'zgarishi va o'rinli pauzalar ham yordamchi omillarga aylanadi. Bayon mo'’tadilligining o'zgarishi, o'rinli kalimalaming galma-gallanishi, qiziqarli m a’lumot - laming bezaktarzida ishlatilishi katta ahamiyatga ega. Ma’ruzaning to'laqonliligi ko'rgazmali vositalardan qay darajada foydalanilishiga ham bog'liqdir. Rasmlar, jadvallar, plakatlar, diagrammalar, moddiy obyektlar va AKTning turli elementlaridan o'rinli foydalanish m a’ruzaning ta’lim beruvchi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi quvvatini oshiradi. Har qanday m a’ruza tarkiban uch qismdan iborat bo'ladi:
- kirish;
- asosiy qism;
- xulosa.
Ma’ruza turlari pedagogning mahoratiga bog'liq ravishda turfa ko'rinishlar va mazmunga ega bo'ladi. Ma’ruzaning pedagogik samarasi o'qitishning barcha tashkiliy shakllariga qiyoslanganda eng yuqori bo'ladi.
Munozara. Ko'pchilik o'quv predmetlari va ularning mavzulari ta’lim standaritlari, o'qitish dasturlari, o'quv rejasi va ta’lim muassasasining o‘ziga xosligiga bog'liq ravishda hamda tinglovchilar (bilim oluvchilar) kontingenti bilan aloqadorlikda munozara tarzidagi o'quv mashg'ulotlarini taqozo etadi. Birinchilan, tinglovchilar faolligi ta’minlanadi. Ikkinchidan, shubhali vaziyatlarga o'rin qoldirilmaydi. Uchinchidan, bilim oluvchilarning istak-xohishlari to'la qondiriladi. Eng muhimi, bunday sharoitda o'quv materiali to'la-to'kis o'zlashtiriladi. Asoslar, xulosalar, hukmlar va tasavvurlar mukammal ko'rinish va mazmunda bo'ladi. Ko'rsatma va ta’kidlarning ishonchliligi yuqori darajada bo'ladi.
Munozara ikki turli bo'ladi:
- boshqariladigan;
- erkin munozara.
Boshqariladigan munozarada o'qituvchining ishtiroki sezilarli darajada bo'ladi, lekin bu ishtirok uning o'quv jarayonidagi hakamlik mavqeidan oshib ketmasligi lozim. Erkin munozara esa bilim beruvchi va oluvchilarning demokratik tarzdagi ishtiroki bilan o'tkaziladi. Bu har ikki turdagi munozaralarda o'quv haqiqati birinchi o'rinda turadi. Ilmiy bilimlar jonli mushohada, abstrakt tafakkur orqali nisbiy va absolut haqiqat yo'li bilan qo'lga kiritilishini hisobga olinsa, bilish jarayonining taraqqiyotini belgilovchi tushuncha, kategoriya, faraz, xulosa, qoida, nazariya, qonun va qonuniyatlar munozara davomida mazmunan buzilmasligi muhimdir.
Munozaraning natijasini o'qituvchi oldindan loyihalashi lozim. Bunda oraliq jarayonlar ikkinchi pozitsiyada turadi. Yakuniy xulosalar ilmiy bilish nazariyasiga zid kelmasLigi o'qituvchining kasbiy salohiyati bilan ta’minlanadi.
Erkin munozarani anarxiyaga aylantirmaslik-eng muhim pedagogik vazifadir. Uning o'quv qim matini boshqariladigan munozaradan kamroq baholab bo'lmaydi.
Munozara mashg'ulotlari uchun quyidagi shartlarning bajarilishi muhimdir:
- reglamentga rioya qilish;
- boshlashdan oldin chuqur fikriy tahlil qilish;
- ishtirokchilaming maksimal miqdordagi sonini qo'lga kiritish;
- o'qituvchining o'quvchilariga nisbatan hukmron bo'lmasligi.
Passiv o'quvchilarning ishtirokini ta’minlash-aksariyat o'qituvchilar uchun amalda bajarib bo'lmaydigan jarayondir. Ularni jonlantirish uchun:
- savollar beriladi;
- har bir shaxsning xususiy fikri so'raladi;
- to'g'ri javoblar rag'batlantiriladi;
- noto’g'ri javoblar va xatolar to'g'rilanadi va to'ldiriladi.
Munozaraning muvaffaqiyati o'quvchilarning qiziqishi, bilimi, ahilligi, hur fikrliligi va jamoadagi sog'lom pedagogik-psixologik muhitga ko'p jihatdan bog'liq bo'ladi.
Guruhiy ish. Bu so'nggi yillarda Evropa mamlakatlarida keng ommaviyliktusini olgan o'qitish metodidir. Masalan, Daniyada birorta ham ma’lumot yoki kasb guruhiy ishsiz egallanmaydi. Kam sonli (4-6 nafar) o'quvchilarning qandaydir muhim o'quv tadbirida ishtirok etishi va ularning hamkorlikdagi faoliyati bunday mashg'ulotning samarasini belgilaydi. Bajarilish darajasi va uning sifatini o'qituvchi nazorat qiladi. Guruhlarga berilgan vazifalar bosqichma-bosqich navbatlanishi ya’ni galma-gallanishi lozim. Guruhlar bir jinsli (o'g'il bolalar, erkaklar yoki qiz bolalar, ayollar) va ikki jinsli (har ikki jins vakillaridan iborat) bo'lishi mumkin. Ta’lim yo'nalishi va pedagogik maqsad hamda vazifalardan kelib chiqqan holda bunday guruhlar xususiy holat uchun shakllantiriladi.
Guruhiy ish kengroq joy va siljitiladigan o'quv mebellarini talab qiladi. O'qituvchining nazorati barcha guruh uchun baravar bo'lishi lozimligi ham qiyinchilik tug'diradi.
Muammoli topshiriqlar. Nazariya va amaliyotning birligini ta’minlash-eng murakkab pedagogik vazifadir. Aniq vaziyat va qo'yilgan masalaning mohiyatidan kelib chiqqan holda muammoli topshiriqlar yordamida yaxshi natijaga erishish mumkin. Faktlar va ma’ruza materiallarini o'zlashtirish, topshiriqlar hamda mashq va masalalar yechimida muammoli vaziyat yaratilishi qo'l keladi. Bunda ham kam sonli ishtirokchilardan iborat guruhlar shakllantiriladi. O'quv materiali guruhlarga alohida-alohida bo'lib beriladi. Yakuniy xulosalar va yechimlar topilgach mavzular guruhlar orasida ayirboshlanadi. Echim larva fikrlar xilma-xilligi yuzaga kelsa o'qituvchi bosh hakam tarzida so'nggi va hal qiluvchi so'zni aytadi. O'quv materialining o'quvchilar yosh xususiyatlariga mosligi bunda o'ta muhim omildir.
Muammoli topshiriqlar o'qituvchidan katta va qiyin mehnatni talab qiladi. Shu boisdan, ularning sinovdan muvaffaqiyatli o'tgan variantlarini topish va qo'llash murakkab jarayondir.
Loyihaviy topshiriqlar. Biror o‘quv materialini atroflicha va chuqur o'rganish uchun bu yondashuv katta samara beradi. O'rganish, tahlil qilish. baholash. xulosa chiqarish va yakuniy qarorga kelish uchun uzoq muddatli loyihalangan reja zarur. Bu tadbirni o'tkazish uchun bazaviy va boshlang'ich tayanch ma'lumotlar talab qilinadi. O'quv predmetini o'zlashtirishning bosqichlarida davriy ravishda tatbiq qilinadi. Bunday topshiriqlar o'quv ijodkorligini oshiradi, mustaqillik sari etaklaydi.
Loyihalar mavzuning tavsifini beruvchi kirish qismi. mavzuning muxtasar asosnomasi, faktlar va argumentlarga asoslangan ma'lumotlar yig'indisi hamda xulosa yoki yechimdan iborat bo'ladi.
Rolli o'yinlar (ishchanlik yoki ishbilarmonlik o‘yinlari). Bunday o'yinlar muammoli topshiriqlaming bir ko'rinishidir. Sahnalashtirish va obrazli chiqishlar bunday mashg'ulotlaming asosiy belgisidir. Ishbilarmonlik, bilimdonlik, topqirlik, quvnoqlik, hoziijavoblik, ijodkorlik. artistizm, ishchanlik va yaratuvchanlik kabi fazilatlami namoyish qilishga keng imkon beradi. O'qituvchi har bir o'quvchining salohiyatiga mos vazifa topshirishi juda muhimdir. Birinchi va ikkinchi darajali ishtirokchilar bo'lmasligini ta’minlash ham talab qilinadi. O'quv mashg'uloti hayotdagi aniq vaziyatga ko'proq yaqinlashadi.
Yorib o'tishlar texnologiyasi va V.Erxard maktabi. Bu texnologiya menejerlarni qayta tayyorlash o'qishlaridan iborat bo'lib, uning maqsadi har bir odamda mavjud bo'lgan (lekin kundalik bir xildagi hayot va ish bilan bo'g'ib qo'yilgan) qobiliyatlari va intilishlarini an’anaviy muammolarni yangi muammo sifatida yechish uchun kundalik izlanishlarga aynan uyg'otish hisoblanadi.
Bu kurslar tinglovchining fikrlashi vahulqidagi shaxsiy stereotiplami bartaraf qilish, o'z imkoniyatlarini va eskirgan muammolarni yangicha yechish yo'llarini ko'ra olishlarini faollashtirish va o'zgartirish bo'yicha ishlab chiqilgan ko'p sonli mashg'ulotlardan iborat.
Bu kurslaming afzal jihatlari-inson omilini ishga solishga qaratilgan bo'lib, maxsus mablag'lar sarflashni talab qilmaydi, erishilgan samara so'nib qolmaydi, ya’ni olingan samara yangi shakl va mazmunda hamda sharoitlarda muntazam kuchayib borishi bilan takror va takror samara olinishini ta ’minlaydi. Bu texnologiya alohida yirik yangiliklar yaratishga, hosil bo'lgan favqulodda holatlardan noan’anaviy chiqish yo'llarini izlashga ham qaratilganligi bilan farq
lanadi. Bunday yo'nalishdagi 50 dan ortiq kurslar va seminarlar AQShning yuzga yaqin shaharlarida va dunyoning boshqa mamJakatlarining yuzdan ziyod shaharlarida tashkil etilgan va ular muntazam faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu kurslarning tinglovchilari soni 60 ming nafar atrofidadir. Hamkorlik pedagogikasi. Mumtoz pedagogik qarashlar nuqtai nazaridan o'qituvchi-pedagogik jarayonning subyekti, o'quvchi esa obyekti, deb hisoblanadi.
Hamkorlik pedagogikasida esa o'quvchi o'z o'quv faoliyatining subyekti tarzida qaraladi. Bunda o'qituvchi va o'quvchi pedagogik jarayonning subyektlari sifatida tenglashib, hamkorlik pedagogikasi jarayoni tashkil bo'ladi. Ular o'zaro hamkor, hamfikr, hamdo'st, hamijodkor, hamishtirokchi, hamdard va hamboshqaruvchi tarzida faoliyat yuritadilar.
Hamkorlik munosabatlari o'qituvchilar orasida, ma’muriyat bilan, o'quvchilar va o'qituvchilar jamoalari bilan, rahbarlar, otaonalar va keng jamoatchilik orasida ham o'rnatiladi.
Hamkorlik pedagogikasi o'quvchining ta’lim-tarbiya olish motivlarini rivojlantirib borish orqali hamda o'quv-tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish tamoyillarini amalga tatbiq qilgan holda yuqori sifat va samaradorlikka erishishni ta’minJaydi.
O'quv materialining sxemalar va shartli belgilardan iborat modellari (tayanch signallar konspektlari) asosida ta’limni intensivlashtirish texnologiyasi (V.F.Shatalov, Donetsk shahri,Ukraina). Mazkur metodika anchagina ommalashgan pedagogik yondashuv bo'lib, ko'rgazmali sxemalardan iborat tayanch signallar konspektlaridan tarkib topgan. Ularda о'zlashtirilishi lozim bo'lgan axborot birliklari aks ettiriladi, ularning orasidagi turli aloqadorliklar ko'rsatiladi hamda abstrakt (mavhum) materialni oydinlashtiruvchi manbalar, misollar va tajribalarni eslatish uchun belgilar, simvollar, komponentlar va maqsadlarning ahamiyatliligi bo'yicha tasnifi turlicha bo'lgan shartli belgilardan foydalaniladi.
O'quv materialining sxemalar va shartli belgilardan iborat bo'lgan tayanch signallar konspektlaridan foydalanish asnosida turli va o'ziga xos usullar va metodik vositalar ham ishlatiladi.
«Vakolatli ta’lim» texnologiyasi. Ushbu texnologiya 1995-yilda AQShda “Ayollar yetakchiligi” deb nomlangan treninglardan boshlangan bo'lib, ta’limning xalqaro texnologiyasi sifatida 1997-yildan boshlab Ukrainada shakllandi va keyinchalik Ozarbajon, Gruziya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Litva, Moldova, Tojikiston hamda O'zbekistonga tarqaldi. 2002-yilda Afg‘oniston, Birma va Indoneziyada tegishli treninglar tashkil etildi. Hozirgi paytda dunyoning turli mamlakatlarida bu texnologiyaning shakllanish va joriy ettirilish jarayonlari davom etmoqda.
Ta’limning ushbu texnologiyasini ayni kunlarda mutaxassislar quyidagicha t’riflaydilar: “Vakolatli ta’lim-genderlik adolati va zo'ravonliklarsiz munosabatlar asosida tashkil etiladigan o'quv jarayoni bo'lib. u bevosita tajriba orqali ta’lim olish yo'li bilan guruhning o'z-o'zini tashkil qilish ko'nikmalarini shakllantirish imkoniyatlarini beradi".
Vakolatlash pedagogikasi ta’lim dasturlarining boshqa turlari bilan ta'limga nisbatan umumiy yondashuvlarga ega. O'zaro faoliyatda ular bir-birini boyitadi va kuchaytiradi.
Vakolatlash ta'limini joriy etishning quyidagi tartibi eng maqbul hisoblanadi:
- tasdiqlangan va rasmiylashtirilgan o'quv reja (ayrim o'quv fani, integrativ kurslar yoki ularning tarkibiy mavzulari);
- rasmiylashtirilgan o'quv reja (ta’lim muassasasi tomonidan tashkil etilgan va rasmiy reja bilan bog'langan darsdan tashqari ishlarulaming sinfdan va maktabdan tashqari turlari farq qilinadi);
- norasmiy o'quv reja (kutilmagan yoki favqulodda mashg'ulotlar tashkil qilish va ularni ta ’lim amaliyotiga alohida reja yordamida joriy etish).
“Vakolatli ta’lim” texnologiyasiga muvofiq mashg'ulotlar alohida tayyoigailikdan o'tgan o'qituvchi-trenerlar tom onidan tashkil etiladigan va o'tkaziladigan treninglar tarzida amalga oshiriladi. Maxsus tayyorgarlikdan o'tgan va m a’lum yo'nalishda ta ’lim berish (rahbarlik qilish) hamda mashqlar bajarish bo'yicha yo'l-yo'riq ko'rsatuvchi mutasaddi shaxsni trener deyiladi. (“Trening” haqida ilovaga qaralsin).

Yüklə 292 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə