Mavzu: Fizika ta’limida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish


Pedagogik texnologiyada qo'llaniladigan usul va vositalar



Yüklə 292 Kb.
səhifə4/8
tarix19.01.2023
ölçüsü292 Kb.
#98812
1   2   3   4   5   6   7   8
Fizika ta’limida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish

1.3 Pedagogik texnologiyada qo'llaniladigan usul va vositalar.
Jamiyat hayotining jadal tarzda rivojlanishi, taraqqiyot ehtiyojlari va imkoniyatlarining kengayishi, turli-tuman axborotlar oqimining tezlashishini hisobga olib, zamonaviy pedagogik texnologiya fani pedagogik prognostikaning yangi shakl, vosita va usullaridan foydalanish mexanizmini yaratishni o'z zimmasiga olmog'i talab etiladi. Bugungi kunda turli tipdagi ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ta’limning o‘rni va darajasini aniqlashga yo'naltirilgan tadqiqotlarda pedagogik prognostikaning imkoniyatlaridan keng foydalanishni taqozo qiladi. Shundagina ta’lim jarayonining natijalari fan, ishlab chiqarish, madaniyat, iqtisod hamda jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga xizmat qila oladigan. Pedagogik prognostikaga tayangan holda yaratilgan nazariyalargina uzluksiz ta’lim jarayonini uning bosqichlari va komponentlarining mazmuni, shakli va vositalarini, ta’lim natijalarining jamiyat hayotiga ko'rsatadigan ta’sir darajasini oldindan loyihalashtirishga asos bo'la oladi. Demak, shundagina o'quv-tarbiya jarayonini yangi prinsiplar va yangi mafkuraviy negizda qayta qurish, ta’lim sohasida islohotlami amalga oshirish mumkin.
Shuningdek,_pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonini tashxis qilish va yaratilgan nazariyalar, o'quv-metodik majmualar tajribasinov asosida amaliyotga joriy qilishning metodologik asoslari, aniq mexanizmlari, usul va vositalarini ishlab chiqishi kerak. Ta’lim jarayonining tashxis qilish mexanizmi shu jarayonning yutuq va kamchiliklari, ta ’lim natijasining sifat ko'rsatkichlari, ta’lim jarayoniga tatbiq qilinadigan pedagogik nazariyalar, zamonaviy texnologiyalarning ta’lim amaliyotini rivojlantira olish yoki ta’limning taraqqiyotiga to'sqinlik qilish darajasini aniqlashga yo'naltirilishi kerak. Pedagogik tajriba-sinov esa amalga oshirilgan tadqiqot natijalarining samaradorlik darajasini aniqlashda alohida ahamiyatga ega.
O'tkazilayotgan tajriba-sinovning xarakteri bilan bog'liq tarzda o'quv dasturlari, darslik va dars ishlanmalari, metodik qo'llanmalar, didaktik ishlamnalar yaiatiliblii va tajriba-sinov jarayoniga taqdim etilishi zarur. Agar o'quv dasturi tajribadan o'tkazilayotgan bo'lsa. kuzatilayotgan ta'lim jarayonini, ya’ni darslik yoki dars ishlanmalari, texnik vositalar, ko'rgazmali qurollar, o'quv qo'llanmalari bilan ta’minlashga erishish talab etiladi. Bunda asosiy e'tibor o'qituvchining qaysi metod yoki pedagogik texnologiyani qo'llaganligiga emas, balki o'quv dasturi doirasida taqdim etilayotgan o'quv materiallarining samaradorligini aniqlashga qaratiladi. Chunonchi, tajriba-sinov jarayoniga jalb etilgan nazariyalar hamda tajriba sinflaridan olingan natijalar statistik jihatdan ishlanishi talab etiladi. Amalga oshiriladigan tajriba-sinov jarayoni va ularning natijasi ekspertizasiga nufuzli ilmiy-pedagogik jamoalar hamda yetakchi mutaxassislar jalb etilishi talab qilinadi. Keng ko'lamli tajriba-sinovlarning amalga oshirilish jarayoni va natijalarining ekspertizasi ilmiy-pedagogik jamoalar tomonidan oldindan tasdiqlangan nizom talablari asosida amalga oshirilishi kerak. Bugungi kunda jamiyatimiz rivojlanishida pedagogik prognostika o'zining aniq belgilab olingan maqsad va vazifalari, obyekti va predmeti, tadqiq etayotgan muammolarning mantiqiy asoslari, rivojlanish qonuniyatlari, o'zining tayanch metodologiyasiga ega bo'lgan pedagogika fanining muhim tarmog'i sifatida namoyon bo'ladi. Pedagogik prognostika ilmning ustuvor sohasi sifatida davlat va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan uzluksiz ta’lim tizimini yangidanyangi pedagogik nazariyalar negizida vujudga kelgan ta'lim modellari va texnologiyalari bilan qurollantirish asosida kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga yo'naltirilgandir. Pedagogik prognostika o'quvchi shaxsining yosh xususiyatlari va rivojlanish dinamikasini hisobga olgan holda ta’lim texnologiyalarini tanlaydi. Tanlab olingan muayyan ta’lim texnologiyalari doirasida o'quvchi-talabalarga turli darajadagi tushunchalarni hamda mujassanilashgan bilimlarni taqdim etish yo'llarini, shakl va vositalarini taklif qiladi. Muayyan bir pedagogik texnologiyani nazariy jihatdan asoslaganda pedagogik prognostika o'quvchi hamda o'qituvchining jonli faoliyat ko'rsatishini ta’minlashga, uning erkin fikrlash, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etishni nazarda tutmog'i lozim.
Ta’lim jarayoniga tatbiq qilinadigan har qanday pedgogik texnologiya; uning komponentlari xoh ta’lim mazmuni, xoh o'quv dasturi yoki darslik, xoh o'qituvchi faoliyati orqali o'tishidan qat’iy nazar, o'quvchining jonli tarzdagi erkin va ijodiy faoliyatini jadal rivojlantirishga xizmat qilishiga erishish talab qilinadi. Bunda pedagogik texnologiyalar, birinchi navbatda, har bir o'quvchi-talabaning boshqa o'quvchi-talabalar, dars materiallari hamda o'qituvchi (pedagog) bilan erkin tarzda muloqot qilishini, fikr almashishini ta’minlaydi. Zamonaviy pedagogik-texaolegiyalar pedagogik-amaliyotning o'quvchi yoki talaba shaxsiga qonunlar majmuini, tabiat va jamiyat hodisalarini, kishilik madaniyati va axloq-odobini, muayyan fan asoslarini tanituvchi shakli sifatida namoyon bo'lishi lozim. Bu sohada nazariy jihatdan qat’iy asoslangan, har tomonlama sinovdan o'tgan hamda aniq amal qiluvchi qonuniyatlarga tayanish maqsadga muvofiqdir. Pedagogik texnologiyalarning asosiy mohiyati har bir shaxsda mavjud bo'lgan uning ehtiyoji, qiziqishi, iqtidori va imkoniyatlari asosida ularda ijobiy xislat va fazilatlami shakllantirish, rivojlantirish sanaladi. Bu o'rinda ta'lim mazmuni shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uchun muhit sanaladi. Shuning uchun ta’lim mazmuni insonparvarlikka yo'naltirilgan gumanistik g'oya va me’yorlarni o'zida mujassamlashtirgan bo'lishi lozim. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya yakka hokimlik texnologiyasiga tubdan qarshi bo'lib, pedagogik jarayonda hamkorlik, g'amxo'rlik, o'quvclii-talabalar shaxsini hunnat qilish, e ’zozlash orqali shaxsni rivojlantirish va ijod qilishga qulay muhit yaratadi. An’anaviy ta'lim da o'qituvchi (pedagog) ta ’lim mazmunining subyekti, o'quvchi-talabalar pedagogik jarayonning obyekti deb qaralsa, hamkorlik pedagogikasida o'quvchi-talaba o'z o'quv faoliyatining subyekti sanaladi. Shu sababli hamkorlik pedagogikasida yagona ta ’lim jarayonining ikkita subyekti hamkorlikda o'quv-tarbiya vazifalarini hal etadi.. Ushbu pedagogik texnologiyada ta ’lim tizimi markazida barkamol inson shaxsini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan insonparvarlik g'oyasi muhim o'rin tutadi. Bu g'oya qay darajada amalga oshirilganligi ta'lim jarayonining asosiy natijasi pedagogik jamoa mehnatining sifatiga berilgan baho asosida aniqlanadi. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirishda o'quv tarbiyaviy jarayonning asosiy natijasini aniqlovchi muhim omil shaxsga bo'lgan munosabat hisoblanadi. Insonning boshqa mavjudotlardan farqi — o'z oldiga ma’lum bir maqsad qo'yib, so'ng unga tomon harakat qilishidadir. Kishining maqsadi sari qiladigan harakati, ya’ni faoliyati jarayonida muayyan tabiiy va sun’iy to'siqlarni engib o'tadi. Bu to'siqlami bartaraf etish uchun u bir qator tadbir va choralardan foydalanadi. Maqsadga yetishda muayyan to'siqni engib o'tish uchun qo'llanadigan tadbir va choralar majmui usul deb ataladi. Inson maqsadga etishda bir necha, ba’zan esa o'nlab-yuzlab to'siqlam i yengishiga to'g'ri keladi. Bu to'siqlarni yengish uchun tegishli usullar ma’lum bir tizimda qo'llanadi. Maqsadga yetishda qo'llanadigan usullar tizimini uslub deb ataladi.
Usullarni ma’lum bir uslubda qo'llash jarayonida har bir harakat maqomi muayyan maqsad ko'rsatkichlariga bo'ysundiriladi. Undan tashqari, inson maqsadga yetish jarayonida bir qator qonuniyatlarga ham tamoyil sifatida amal qiladi.
Ta’lim uslubi — o'qituvchi (pedagog) bilan o'quvchi-talabalar orasida bilim berish va uni olish maqsadida amalga oshiriladigan o'zaro aloqalarni tizimga soluvchi pedagogik tadbirdir. O'qitish uslublari o'quv jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Tegishli uslublarsiz pedagogik faoliyatni amalga oshirib bo'lmaydi.
Uslublar bilimlarni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab so'z orqali ifodalash, ko'rgazmali va amaliyga bo'linadi. Ta’lim mazmunini o'zlashtirishda o'quvchi-talabalaming ta’lim faoliyatiga munosib ravishda quyidagi uslublar: tushuntirish — illyustrativ, reproduktiv, muammoli bayon, xususiy qidirish yoki evristik hamda yarim tadqiqot uslublari qo'llaniladi.
Ta’limning og'zaki uslublariga: hikoya, m a’ruza. suhbat va boshqalar kiradi. Bu uslublami qo'llashda o'qituvchi (pedagog) so'z vositasida o'quv materialini bayon qiladi, tushuntiradi, o'quvchitalabalar esa tinglash, eslab qolish orqali uni faol qabul qiladi.
Hikoya uslubida o'quvchi-talabalarga beriladigan ta’lim mazmunini og'zaki bayon qilish ko'zda tutiladi. Bu uslubni qo'llashda muayyan pedagogik usullardan foydalaniladi. Masalan, diqqatni faollashtirish, bayon qilish, taqqoslash, asosiylarini ajratish, yakunlash kabi mantiqiy tadbirlar shularjumlasidandir. Hikoya samaradorligining shartlari: rejani qint bilan o'ylab tuzish, mavzuning izchil yoritilishini ta’minlash, ko'rgazmalami muvaflfaqiyatli tanlash, bayonda kerakli emotsionallikka erishish.
Ma’ruza — bilimni so'z bilan ifodalash uslublaridan biri sifatida beriladigan bilimlarni og'zaki bayon qilishni ko'zda tutib, o'z hajmining kattaligi, mantiqiy qurilishi, obrazli isbotlash va umumlashtirishning murakkabligi bilan hikoyadan ajralib turadi.
Ma’ruza davomida beriladigan bilimni og'zaki bayon qilish, uzoq vaqt davomida o'quvchi-talabalam ing diqqatini tutib turish hamda ularning fikrlarini faollashtirish, isbotlash, ta’rif berish, bir tizimga keltirish, umumlashtirish kabi pedagogik usullardan foydalaniladi. Suhbat uslubi atroflicha o'ylangan savollar yordamida o'qituvchi (pedagog) bilan o'quvchi-talabalar orasidagi suhbatni ko'zda tutib, u o'quvchi-talabalaming fikrlash tizimini, yangi tushunchalar va qonuniyatlarni o'zlashtirishga olib keladi.
Suhbat uslubini qo'llashda savollami qo'yish (asosiy, qo'shimcha, yo'llovchi va boshqalar), o'quvchi-talabalaming javob va mulohazalarini muhokama qilish, suhbatdan xulosalarni shakllantirish, javoblarni tuzatish usullaridan foydalaniladi.
Ta’limning ko'rgazmali uslubini shartli ravishda ikki katta guruhga bo'lish mumkin: ko'rgazmali va namoyish qilish uslublari.
Ko'rgazmali uslubi o'quvchi-talabalarga namoyish etiladigan qo'llanmalar. jumladan. xarita, plakat, doskadagi chizma va rasmlar, suratlar va boshqalarni ko'rsatishni ko'zda tutadi. Namoyish qilish uslubi. odatda, qurilma, asboblar. tajribalar, turli tipdagi preparatlarni namoyish qilish bilan bog'liq.
Ta'limning ko'rgazmali uslublarining o'ziga xos xususiyati shundaki, ular so'z bilan ifodalash uslubi bilan u yoki bu darajada uyg'unlashib ketadi. So'z va ko'rgazm alilikning cham barchas bog'liqligi shundaki, obyektiv borUqdagi qonuniyatlar amaliyotda birgalikda qo'llanishni taqozo etadi. Demak, so'z va ko'rgazmalilik aloqasining xilma-xil shakllari mavjud. Ta'lim vazifasining o'ziga xos xususiyati. mavzuning mazmuni, mavjud ko'rgazmali vositalarning xarakteri, o'quvchi-talabalar tayyorgarligi darajasidan kelib chiqib. aniq bir holatda ular oqilona uyg'unlashtiriladi.
Amaliy uslublar tarbiya faoliyatining xilma-xil turlari keng doirasini qamrab oladi. Amalda quyidagi usullar qo'llaniladi: vazifa (maqsad)ni qo'yish, uni bajarish uslubini rejalashtirish, bajarish jarayonini boshqarish, tahlil qilish, kamchiliklar sababini aniqlash. maqsadga to'liq erishish uchun ta ’lim jarayoniga tuzatish kiritish.
Amaliy mashqlaming aniq turlaridan biri mashqni sharhlash hisoblanadi. Uni bajarishda o'quvchi-talaba bo'lajak xatti-harakatini faol mushohada qiladi, o'ziga o'zi eshittirib gapiradi hamda bo'lajak voqeani sharhlaydi. Harakatni sharhlash o'quvchi-talabaga o'zining tipikxatosini anglashga va harakatiga tuzatishlar kiritishiga ko'maklashadi.
Amaliy tarbiya uslublarining ikkinchi guruhini laboratoriya tajribalari tashkil qiladi. Keyingi yillarda maktab, o'rta maxsus, kasbhunar ta ’limi muassasalari va oliy o'quv yurtlarida frontal laboratoriya ishlari mustahkam o'rin oldi.
Ta’limni amalga oshirish jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni kiritish quyidagilarga asoslanadi:
- ta'lim jarayonida ishtirok etuvchi talaba shaxsi ustuvorligini ta’minlash;
- ta’lim maqsadining natijaga erishuvini amalga oshirish; - ta’lim jarayoni boshqariluvchi jarayon ekanligidan kelib chiqqan holda uning maqsadli boshqariluviga erishish;
- ta’lim mazmunini ta’minlovchi vosita, usul shakllari texnologiyasini yagona bir tizimga keltirish. Hozirgi vaqtda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning asosiy tamoyillari quyidagilardir:
- muntazam tahlil qilib borish;
- loyihalashtiruvchi vositalaming eng zarurini tanlash; - metod va usullaming maqsadga muvoflqligini aniqlay bilish;
- olinishi zarur bo'lgan natijasini oldindan taxmin qilish, ya’ni maqsadlaming amalga oshishiga erishish;
- ta’lim jarayonining yaxlitligini ta ’minlash.
Zamonaviy pedagogik texnologiya ta’lim jarayoniga bir qator yangi elementlami olib kirishni taqozo qiladi. Bular quyidagilar:
1. Diagnoz.
2. O‘quv birliklarini (mezonlarini) belgilash.
3. Diagnostik tahlil.
4. Tuzatish kiritish (korreksiya).
5. Qayta to ‘latish (ketma-ketlikni yo'qotish).
6. Kutilishi lozim bo'lgan natijani olish.
7. Reyting.
O‘qitishning faol pedagogik texnologiyalari.
O'qitishning an’anaviy va noan’anaviy usul va metodlari farq qilinadi. Ular mohiyatiga ko'ra faol va osoyishta turlarga ajratiladi. Ularning har biri o'z tarixi va shakllanish mexanizmiga ega. Bularning orasida uzoq yillar davomida sinovlardan muvaffaqiyatli o'tgan va yuksak pedagogik samara beradiganlari juda ko'p. Insoniyat o'zini va atrof-muhitni anglab yetishi jarayonida ta'lim va tarbiya uchun asqotadigan xilma-xil texnologiyalarni yaratgan. Ularning aniq son va sifatini hech kim aniq belgilay olmaydi. Bunga hoziigi davrda mavjud bo'lgan turli davlatlaming ta'lim tizimlarida amal qilinayotgan turfa pedagogik texnologiyalar misol bo'la oladi. Gap ularning qaysi biridan kim qanday samara bilan foydalanishidadir. Katta samara bermaydigan yoki o'zini oqlay olmagan texnologiyalar kun tartibidan tushib qolaveradi va ular insoniyat sivilizatsiyasining tarixiy “sandig'iga” jamlanib borilaveradi.
Har qanday o'quv kursi, ma’lumki. quyidagi komponentlami o'zida jamlaydi:
- kursning davomliligi (muddati);
- o'qitishning maqsad va vazifalari;
- o'qitishning mazmuni;
- maqsadli guruhning tashkil etilishi;
- o'qitish jarayoni;
- o'qitish metodikasi;
- o'quv quvvati;
- baholash.
O'qitishning mazmuni o'quv birligining davomiyligi va o'zlashtirish darajasi orasidagi uzviy bog'lanishning grafigi tarzida ifodalanishi mumkin. Bunda uch toifadagi o'zlashtirish darajalari farq qilinadi va ular majburiy (past), zaruriy (o'rtacha) va maqsadga muvofiq (eng yuqori) ko'rsatkichlarga ega bo‘ladilar.
Har qanday pedagogik texnologiya qo‘llanilishida didaktikaning asosiy vayordamchi tamoyillari (prinsiplari), albatta, amal qiladi:
- ma'lumdan nom a’lumga;
- oddiydan qiyinga yoki murakkabga;
- aniqdan mavhumroqqa (abstraktga);
- kuzatishdan nazariy umumlashmalarga;
- umumiy yoki odatdagidan xususiyga yoki noodatdagiga va boshqalar.
Ayrim faol pedagogik texnologiyalar tavsifi haqida ma’lumotlar keltirilganda ularning qiyosiy bahosi oydinlashadi.

Yüklə 292 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə