Mavzu: Fizika ta’limida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish


Pedagogik texnologiyaning paydo bo'lishi, rivojlanishi va uning ta’riflari



Yüklə 292 Kb.
səhifə3/8
tarix19.01.2023
ölçüsü292 Kb.
#98812
1   2   3   4   5   6   7   8
Fizika ta’limida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish

1.2 Pedagogik texnologiyaning paydo bo'lishi, rivojlanishi va uning ta’riflari.
Respublikamiz hukumati tomonidan ta’limni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor sohasi deb e’lon qilinishi, ijtimoiy hayotning barcha sohalarining demokratlashuvi va insonparvarlashuvi hamda “Ta’lim to'g'risida”gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi ta’lim tizimining rivojlanishiga asos bo'ldi va ta’lim tizimida tub islohotlar uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Ijtimoiy voqelik ta’limni boshqarish muammolarini ко'rib chiqish va hal qilishni mustaqil yo'nalish sifatida ajratib olish, ta’limtarbiya jarayonini boshqarishning asoslangan usul, vositalarini ishlab chiqish va joriy qilish zaruratini belgilab berdi. Uning o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish o'rtasidagi tashkiliy-boshqaruv, axborot aloqalari; ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik shaxsni shakllantirishdagi yaxlit jarayonning tarkibiy qismlari sifatidagi ahamiyatini oshirdi.
Pedagogik texnologiyaning asosiy elementlari quyidagilardan iborat:
1. Pedagogik muloqot texnologiyasida o'qituvchi (pedagog)ning o'quvchi-talabalar bilan muloqoti.
Muloqotning vazifalari:
- shaxsni tanish, axborot almashish; - kelgusi pedagogik muloqotni modellashtirish va tahlil etish;
- muloqotdan olinadigan tasavvurlar;
- muloqot yuzasidan fikrlash va fikr almashish;
- pedagogik muloqotni tashkil etishning texnikasi va texnologiyasi;
- ishga ijodiy yondashish va boshqalar.
Pedagogik talab texnologiyasi.
- «pedagogik talab» tushunchasi, uning o'ziga xos xususiyatlari;
- xulq-atvor va ijtimoiy-madaniy qoidalarning namoyon bo'lishi; - o'quvchi-talabaga bo'lgan hurmat va talab;
- pedagogik talabning psixologik tamoyillari va mezonlari.
2. Baholash texnologiyasi, pedagogik baho va uni mezonlash.
- xatti-harakatlardan olingan taassurot, voqelikni, obyekt va subyektni qabul qilish;
- baho berish usullarini tanlash, o‘qituvchi(pedagog)ning o'z imkoniyatini tahlil etishi va ta'sir samaradorligini oshirishi);
-pedagogik baholash texnologiyasi.
3. Axborotning ta’sir ko'rsatish texnologiyasi. - nutqiy-axborot berish, «ratsional axborot berish» tushunchalari, demonstratsion va ko'rgazmali vositalar-axborot olish vositalaridan biri sifatida;
- nutqiy ta’sir etish, suhbat, hamkorlik, tezis, argument, ko'rgazmalar va obrazlar;
- nutqiy ta’sir etish texnologiyasi;
- demonstratsion va ko'rgazmali vositalar, etik, iqtisodiy, estetik, gigienik materiallar;
- qabul qilishning fiziologik va psixologik xususiyatlarini demonstratsiya qilish texnologiyasi.
4. Pedagogik vaziyatiami yaratish va uni yechish texnologiyasi.
- pedagogik konflikt tushunchasi — konflikt pedagogik texnologiya elementi sifatida, konflikt subyektlari orasidagi qarama-qarshiliklar, bo'sh va mazmunli konflikt;
- holat tahlili (voqeani aniqlash);
- konflikt, - konfliktning xilma-xilligi (norozilik, qarshi chiqish);
- konfliktni yechish shakllari (yumor, hazil-mutoyiba). Zamonaviy pedagogik texnologiyaning qo'shimcha elementlari:
1. Psixologik muhit yaratish texnologiyasi.
2. Guruh faoliyatini tashkil etish texnologiyasi.
3. Muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz holatlami tashkil etish texnologiyasi.
4. O'quvchining xatti-harakatiga pedagogik reaksiya qilish texnologiyasi.
5. Xulqi va odobi yomon o'quvchi-talabalar bilan ishlash texnologiyasi.
6. Etik himoya texnologiyasi.
7. Muammoli vaziyatlar yaratish texnologiyasi.
8. Pedagogik vosita texnologiyasi.
9. Pedagogik improvizatsiya texnologiyasi.
Pedagogik texnologiya atamasiga har bir didakt olim o'z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ta'rif bergan. Hali bu tushunchaga to ' liq va yagona ta’rif qabul qilinmagan. Ushbu ta’riflar ichida eng maqsadga muvofig'i YUNESKO tomonidan berilgan ta’rif sanaladi.
Pedagogik texnologiya — ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida o'qitish va bilimlarni o'zlashtirish jarayonining inson salohiyati va texnik resurslami qo'llash, ularning o'zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir.
Shuningdek, texnologiya deganda, subyekt tomonidan obyektga ko'rsatilgan ta’sir natijasida subyektda sifat o'zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, obyektga yo'naltirilgan aniq maqsadli amallami muayyan ketma - ketlikda bajarishni ko'zda tutadi.
Yuqorida keltirilgan tushunchalarni o'quv jarayoniga ko'chiradigan bo'lsak, o'qituvchi(pedagog)ning o'qitish vositalari yordamida o'quvchi-talabalarga muayyan sharoitlarda ko'rsatgan tizimli ta'siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo'lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlami intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa yoki boshqacha aytganda, o'qituvchi tomonidan o'qitish vositalari yordamida o'quvchilarga ta’sir ko'rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni deb ta’riflash mumkin. Professor N.Sayidahmedovning fikricha, «Texnologiya — bu shaxsni o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish qonunlarini o'zida jo qiladigan va yakuniy natijani ta’minlaydigan pedagogik faoliyatdir». Texnologiya tushunchasi regulyativ (tartibga solib turuvchi) ta ’sir etish kuchiga ega bo'lib, erkin ijod qilishga undaydi:
- samarador o'quv-bilish faoliyatining asoslarini topish;
- uni ekstensiv (kuch, vaqt, resurs yo'qotishga olib keladigan samarasiz) asosdan ko'ra intensiv jadal,mumkin qadar, ilmiy asosda qurish;
- talab etilgan natijalami kafolatlaydigan fan va tajriba yutuqlaridan foydalanish;
- o'qitish davomida tuzatishlar ehtimolini loyihalash metodiga tayangan holda yo'qotish;
- ta’lim jarayonini yuqori darajada axborotlashtirish va zaruriy harakatlarni algoritmlash;
- texnik vositalarni yaratish. ulardan foydalanish metodikasini o'zlashtirish va boshqalar.
Texnologiya murakkab jarayon sifatida qator o'qitish bosqichlaridan, o'z navbatida. bu bosqichlarning har biri o'ziga xos amallardan iborat bo'ladi. Amal — o‘qituvchining sinfda mavzu bo'yicha o'quv elementlarini tushuntirish borasidagi bajargan ishlar yig'indisi bo'lib, o'qitish jarayonining shu bosqichida tugallangan qismini tashkil etadi.
Pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etish mumkin bo‘lgan ma'lum pedagogik tizimning loyihasi hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya-ta’lim texnologiyasi, yangi pedagogik tajriba, yangi pedagogik texnologiya, zamonaviy pedagogik texnologiya. axborot texnologiyasi, yangi tajriba, ta’lim-tarbiya metodlari tushunchalarini qamrab oladi. Demak, pedagogik texnologiya didaktik vazifalarni samarali amalga oshirish, shu sohadagi maqsadga erishish yo'li bo'lib hisoblanadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga imkoniyatlar yetarli darajada. Zamonaviy pedagogik texnologiyani pedagogika fanining alohida tarmog'i sifatida yoki faqat ta'lim amaliyotini maqbullashtirishga yo'naltirilgan tizim deb qarash mumkin emas. Zamonaviy pedagogik texnologiya bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlami birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi avvalo, zamonaviy pedagogik texnologiya nimani anglatadi ?
1. Zamonaviy pedagogik texnologiya o‘quv-tarbiya jarayoni uchun loyihalanadi va belgilangan maqsadni yechishga qaratiladi. Har bir jamiyat shaxsni shakllantirish maqsadini aniq belgilab beradi va shunga mos holda ma’lum bir pedagogik tizim mavjud bo'ladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o‘z ta'sirini o‘tkazadi va ta'lim - tarbiya maqsadini umumiy holda belgilab beradi. Maqsadi esa pedagogik tizimning qolgan elementlarini, o‘z navbatida, yangilash zaruratini keltirib chiqaradi.
2. Bugungi kunda fan-texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib boryapti, yangi texnologiyalar kirib kelmoqda. Sifat o‘zgarishlari shundan dalolat beradiki, endilikda yangi metodikalarni talab etadigan va ta'lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan, unga o'zining ma'lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli, audiovizual, audial vositalar ham mavjud bolib, ular zamonaviy pedagogik texnologiyalarni real voqelikka aylantirdi.
Zamonaviy pedagogik texnologiya mohiyat-e'tibori jihatidan boshqa texnologiyalar bilan bir safda turadi, chunki ular ham boshqalari qatori o ‘z xususiy sohasiga, metodlari va vositalariga egadir. Biroq zamonaviy pedagogik texnologiya inson ongi bilan bog'liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo'lmagan pedagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish va axborotli texnologiyalardan ajralib turadi. Uning o'ziga xos xususiyati — tarbiya komponentlarini mujassamlashtirganidir. Zamonaviy pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz boyib boradi va an’anaviy o'quv jarayoniga, uning samarasini oshirishga ta'sir ko'rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. O'quv-tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirish tarixiy voqelik va jarayondir. Axborotlashtirish bu jarayondagi inqilobiy burilish va uning muhim bosqichidir. Oddiy til bilan aytganda, ta’lim tizimida axborot texnologiyasi — bu «o'quvchi yoki talaba — kompyuter» o'rtasidagi muloqotdir. Axborotli texnologiya pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi bo'lib, u ta’lim jarayonida texnik vositalarning mukammallashgan zamonaviy turi sifatida qo'liana boshlandi. Axborot texnologiyalari insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo'lgan. Hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o'ziga xos xususiyati shundaki, «sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste'mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ortiq bo'ldi, ya’ni axborot texnologiyalari barcha mavjud texnologiyalar va xususan, yangi texnologiyalar orasida yetakchi o'rin egallamoqda.

Yüklə 292 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə