Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/78
tarix05.01.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#98223
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   78
ilovepdf merged (2)

Adabiyotlar roʻyxati 
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonuni. Qonun hujjatlari 
ma’lumotlari milliy bazasi, Toshkent sh., 2020-yil 23-sentabr, OʻRQ-637-son. 
2. Salamov R.S. “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati”. 1 jild. Darslik. ITA-
PRESS. T. 2014 yil. 297 b. 
3. Матвеев Л.П. Теория и методика физического воспитания. Учебник. 
Москва. – 1991 г. 200 с. 
4. Частоедова А.Ю. Теория и методика физической культуры, спорта. Учебное 
пособие. Т., 2020 г. 416 с. 
5. Abdullayev A., Xonkeldiyev Sh.X. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati. 
Darslik. T.,- 2005 y. 300 b. 


2-Ma’ruza 
Mavzu: Maktab oʻquvchilarinining jismoniy tarbiyasi
Reja
1.
Jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifalari. 
2.
Jismoniy tarbiyaning vositalari. 
3.
Jismoniy mashqlarning mazmuni va shakli. 
4.
Oʻquv kun tartibida sogʻlomlashtirish tadbirlari. 
 
Kalit soʻzlar: 
Umumiy oʻrta ta’lim maktab tizimida jismoniy tarbiya 
majburiy kurs ekanligi; jismoniy tarbiyaning umumiy kursi; dars shakli; maktab 
jismoniy tarbiya darslarining tuzilishi, dastur materiallari, darslarining turlari, 
shugʻullanuvchilarning faoliyatini tashkil etish va boshqarish uslublari.
 
Maktab oʻquvchilarinining jismoniy tarbiyasining maqsadi
: oʻquvchi 
yoshlar tanasidagi barcha a’zolarni sogʻlom oʻsishini ta’minlash hamda ularni aqliy 
va jismoniy mehnatga, shuningdek, Vatan mudofaasiga tayyorlashdir. Ulugʻ 
mutafakkir Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, sogʻlom fikr, yaxshi axloq va ilm-
ma’rifatga ega boʻlmoq uchun badanni tarbiya qilish zarur. Jismoniy tarbiya 
barchaga, ayniqsa, bolalarga katta ta’sir koʻrsatib, salomatligini mustaxkamlaydi, 
insonning ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr koʻrishiga yordam beradi. Sport 
har qanday yoshda ham qaddi-qomatni tarbiya qilish, kuch-quvvatni saqlab 
turishning vositasi hisoblanadi.
Agar farzand sogʻlom, oqil, iymon-e’tiqodli boʻlsa, ota-onasiga faqat raxmat 
keltiradi, el-yurt nazaridan xech qachon chetda qolmaydi deb uqtiradi. Jismoniy 
barkamollik tarbiya tizimida muxim oʻrinni egallaydi va boshqa tarbiyalar bilan 
birga amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya oʻz oldiga qator vazifalarni qoʻyadi.
Jumladan:
-organizmni chiniqtirish;
-sogʻlikni mustaxkamlash va rivojlantirish;


-oʻquvchilarda yangi jismoniy harakat turlarini xosil qilish va qurollantirish,
oʻquvchining yoshiga; 
-jinsiga, chiniqqanlik darajasiga mos keladigan jismoniy harakat sifatlarini 
rivojlantirish va oʻz sogʻligʻiga ongli munosabatda boʻlishni tarbiyalash; 
-shaxsiy va jamoviy gigena qoidalariga rioya qilishga oʻrgatishdan iborat.
Bu vazifalarni xal qilishda jismoniy tarbiya aqliy, estetik va mehnat 
tarbiyalari bilan ham koʻrlik qiladi.
Insonning sogʻlom va barkamol oʻsishi turli omil va vositalarga bogʻlik. 
Avvalo, nasl toza, sogʻlom boʻlishi kerak, shu sababli Prezidentimiz sogʻlom ota-
onadan albatta, sogʻlom farzand tugʻilishini aloxida ta’kidlaydi. Qolaversa, 
yashash jarayonida sanitariya - gigiena qoidalariga amal qilishi, tabiatning 
sogʻlomlashtiruvchi omillari, ya’ni quyosh, havo va suv ta’siridan hamda jismoniy 
mashqlardan foydalanishni taqazo qiladi. 
Jismoniy mashqlar gavda muskullarining oʻsishi va mustaxkamlanishiga, 
yurak-tomir faoliyatining va nafas olish organlarining yaxshilanishiga samarali 
ta’sir koʻrsatadi. 
Jismoniy tarbiyaning hamma bosqichlarida ayrim mashqlarning ma’rifiy, 
tarbiyaviy va gigienik ahamiyati aniq misollar bilan tushuntiriladi va koʻrsatiladi. 
Barkamol avlodning harakat qilishga boʻlgan extiyojini qondirishda qiziqarli va 
maroqli jismoniy tarbiya darslari, sport mashgʻulotlari muxim omil hisoblanadi. 
Jismoniy tarbiyadagi pedagogik jarayon natijalari darslarda olib boriladigan oʻquv 
va tarbiya ishining sifatiga bogʻliq. Bunga har bir dars zaminadagi vazifalarni 
izchil hal etibgina erishish mumkin. 
Oʻquvchilar jismoniy tarbiyasi jarayonida umumiy va xususiy vazifalar hal 
qilinadi. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə