Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/78
tarix05.01.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#98223
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   78
ilovepdf merged (2)

Umumiy vazifalar:
- bilim berish;
- jismonan tarbiyalash;
- sogʻlomlashtirishdan iborat boʻlib, xususiylari esa jismoniy tarbiyadan 
davlat ta’lim standarti dasturidagi maxsus vazifalar tarzida hal qilinadi. 


Xususiy vazifalarga quyidagilar kiradi: 
1). Oʻquvchilar organizmining sogʻligʻini mustahkamlash, rivojlantirish va 
chiniqtirish; 
2). Turli xildagi mehnat faoliyatiga tayyor boʻlish uchun shu yoshga xos boʻlgan 
jismoniy sifatlarni rivojlantirish; 
3). Hayot uchun kerakli harakat malakalari va koʻnikmalarini rivojlantirish va 
keyinchalik kerak boʻladiganlari bilan qurollantirish; 
4). Oʻquvchilarga jismoniy madaniyatga oid yangi bilimlarni berish; 
5). Oʻquvchilarni jismoniy mashqlar bilan muntazam shugʻullanishiga qiziqtirish 
va unga odatni shakllantirish; 
6). Oʻquvchilarni jismoniy madaniyat faollari qilib tarbiyalash va bu bilan ularda 
tashkilotchilik qobiliyatini tarbiyalashdek vazifalarni hal qiladi. 
Bu vazifalar ma’naviy tarbiyaning elementlari hisoblangan axloqiy ruhiy 
estetik va mehnat tarbiyalarining vazifalari bilan birgalikda oʻquvchilarni yoshini 
ulgʻayishi, jisman tayyorgarligiga qarab oʻqitishning ayrim bosqichlarida aniqliklar 
kiritiladi va maktab yoshining quyidagi 3 xil guruhidagi ta’lim tarbiya ishlarida hal 
qilinadi. 
Maktab yoshining 6 (7), (10) 11 yoshlilarida (1-4 sinflar) organizm tabiiy 
rivojlanishda boʻladi. Biz uni garmonik rivojlanishini yoʻlga qoʻyishimiz kerak 
boʻladi. Markaziy nerv tizimidagi boshqarish funksiyasi, harakat tayanch apparati 
faoliyati ishini, yurak-tomir, nafas olish organlari ishini yanada rivojlantirishga 
e’tibor beriladi, boʻlardan tashqari qomatni toʻgʻri tuta bilishga oʻrgatiladi. Bu 
jarayonga shaxsiy gigiena qoidalariga oid bilimlar qoʻshib berish bilan tarbiya 
jarayoni qoʻlga qoʻyiladi. 
12-15-yoshlilarda (5-9 sinflar) jismoniy mashqlar oʻsayotgan yosh 
organizmga samarali ta’sir koʻrsatadi. Shuning uchun jismoniy sifatlarni 
rivojlanishiga qulay imkoniyatlar ochilgan boʻladi. 
Bu davrda bolalarni “Alpomish va Barchinoy” maxsus testining talablari va 
me’yorlarini topshirishga tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi. Jismoniy mashqlar bilan 
shugʻullanish 
natijasida 
sport 
mahoratini 
oshayotganligini, 
jismoniy 


madaniyatning jamiyatdagi oʻrni va ahamiyatini tushuntirish jarayoni yoʻlga 
qoʻyiladi. Asta-sekinlik bilan tashkilotchilik qobiliyati takomillashtiriladi, 
musobaqa qoidalari oʻzlashtiriladi, hakamlik qilish malakalari rivojlantiriladi va 
chiniqtirish maqsadida tabiatning sogʻlomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishga 
oʻrgatish lozim boʻladi. 
15-16-yoshdagi 
oʻquvchilarning organizmi yoshi ulgʻaygan sari 
baquvvatlashadi. Jismoniy tarbiya esa bu jarayonni yanada kuchaytirishga 
yoʻnaltiriladi. Jismoniy mashqlar bilan tizimli shugʻullanish ta’lim tizimining shu 
yoshdagilarda ish qobiliyatini yaxshilash, asosiy harakat faoliyatlari uchun 
chidamlilik zahiralarini oshirish, oʻz tanasini boshqara olish, kuch, tezkorlik, 
chaqqonlik va boshqa har tomonlama jismonan garmonik tarbiya alomatlarini 
chuqurlashtirishga e’tiborni qaratadi. 
Organizm oʻsib borar ekan, uning funksional imkoniyatlarini oshib borishi 
ham tabiiy. Oldin egallangan harakat malakalari zahirasi bazasida yangi, keyin 
egallanishi lozim boʻlgan harakat malakalari uchun poydevor yaratiladi. Bu 
yoshdagilarda ularning jismoniy madaniyat sohasidagi bilimlarni boyitish, sport 
trenirovkasi asoslari, sportchini oʻz-oʻzini nazorat qilishi qoidalariga oʻrgatish 
maqsadga muvofiq boʻladi. Shuningdek, jismoniy tarbiyaning vositalari ham bu 
jarayonda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Jismoniy mashqlar, tabiatdagi sogʻlomlashtiruvchi kuchlar va gigiena 
omillari jismoniy tarbiya vositalari majmuasini tashkil etadi. Jismoniy mashqlar 
jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi boʻlib, u tarixan gimnastika, oʻyinlar, sport va 
turizm tarzida guruhlarga ajratilib, tarbiya jarayonining vositasi sifatida foydalanib 
kelindi. 
Jismoniy mashq deb, jismoniy tarbiya qonuniyatlari talablariga javob 
beruvchi, ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy harakat faoliyatlarining turli 
turkumi tushuniladi. Bunday harakat faoliyatlari gimnastika, oʻyinlar, sport, turizm 
mashqlari sifatida tarixan tizimlashtirildi, usuliyati toʻplandi va toʻldirildi. 
Jismoniy mashqni vujudga kelishi tarixan qator darsliklarda ibtidoiy jamoa tuzumi 
davriga toʻgʻri keladi deb koʻrsatiladi. Jismoniy mashqning vujudga kelishida 


obyektiv sabab qilib ibtidoiy odamning qorin toʻydirish maqsadida ov qilishi, 
subyektiv sabab sifatida ongning shakllanishi deb qaraldi. 
Ibtidoiy qurollarni ishlatishni bilmagan ibtidoiy odam oʻz oʻljasini holdan 
toydirguncha quvlagan. Bu bilan ovchi organizmi katta jismoniy tayyorgarlikka 
muhtojlik sezgan. Jismoniy tayyorgarligi yetarli boʻlmaganlarining oʻzlari oviga 
yem boʻlgan. Shunga koʻra vaqt oʻtishi bilan ibtidoiy odamlar ovga gala-gala 
boʻlib chiqadigan boʻldilar. 
Ibtidoiy qurollar: tosh, qirrali tosh boylangan nayza, xas-choʻp bilan 
nomigagina berkitilib qoʻyilgan chohlardan va boshqalardan ovchilar foydalana 
boshlashgan, ijtimoiy ong shakllana boshlangan. Ovda ishtirok etolmay qolgan 
qabilaning qariyalari yoshlarga toshni nishonga otishni, uni zarbini kuchaytirishni 
mashq qildirishgan va bu bilan tarbiyaga asos solingan tarbiya jarayonining 
elementlari shakllana boshlagan. Keyinchalik uloqtirish, quvib etish yoki qochish 
uchun yugurish, sakrashlar mashq qilina boshlangan. Bu esa jismoniy mashqlarni 
hamda jismoniy tarbiyaning elementlarini vujudga kelishi va shakllanishi davri deb 
qaralgan. Shu kunga kelib bu mashqlar hozirgi zamonning yengil atletika, 
gimnastika, sport oʻyinlari, yakka kurashlari, turizm va sportning boshqa turlari 
tarzida jismoniy tarbiya jarayoni uchun asosiy vosita sifatida foydalanilmoqda. 
Jismoniy mashqlar xillarining koʻpayishiga insonning mehnat faoliyati ham ta’sir 
koʻrsatdi. Ma’lumki, mehnat jismoniy kuch, chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlikdek 
insonning harakat sifatlarining ma’lum darajadagi tayyorgarligi, uning 
rivojlanganligini talab qiladi. 
Tarbiya amaliyotida, asosan, inson mehnat faoliyatida qoʻllaydigan
harakatlarini koʻproq mashq qiladi. Jismoniy mashqlarning rivojlanishida diniy 
marosimlar, bayramlardagi oʻyinlar, raqslar, harbiy faoliyatdagi, san’atdagi ongli 
ravishda bajariladigan ixtiyoriy harakatlar vosita boʻlib xizmat qiladi. 
Jismoniy mashqlar - erkin harakatlar. Jismoniy mashqlar tabiatini tabiiy 
qonunlar I.M.Sechenov va I.P.Pavlovning ilmiy dunyoqarashlarida ochib berilgan. 
Ixtiyoriy harakat Sechenovning fikricha, ong va aql bilan boshqariladi hamda biror 
maqsadga yoʻnaltirilgan boʻladi. Pavlov esa harakatlarni fiziologik mexanizmini 


ochib, harakatlar bosh miya poʻstloq qismining toʻplash xususiyati bilan 
bogʻliqligini birinchi, ikkinchi signal sistemasi, shartli hamda shartsiz 
reflekslarning faol ishtirokida vujudga kelishligini ilmiy isbotladi. 
Jismoniy mashqlarning ta’sirini belgilaydigan omillar.
 
Jismoniy mashqlar, 
agarda, ular jismoniy tarbiya qonuniyatlari negizida qoʻllanilmaydigan boʻlsa, 
salbiy natija berishi, zarar keltirishi mumkin. Mashgʻulotlarga pedagogik jihatdan 
toʻgʻri rahbarlik qilish, oʻrgatish va tarbiyaning maqbul uslubiyati jismoniy 
mashqlarning ratsional ta’sirini belgilaydigan omillardir. Shu bilan birga quyidagi 
omillarni ham hisobga olish zarur: 
1. Shugʻullanuvchining oʻziga xos xususiyatlari (yoshi, jinsi, sogʻligi,
tayyorgarlik darajasi, mehnat, oʻqish, dam olish, turmush tartibi); 
2. Jismoniy mashqlarning oʻziga xos xususiyatlari, ya’ni ularning 
murakkabligi, yangiligi, yuklamasi, emotsiya berishi va boshqalar); 
3. Tashqi sharoitning alohida xususiyatlari (meteorologik, mahalliy 
xususiyatlar, jihozlar va snaryadlarning sifati, mashgʻulot joyining gigienik holati 
va boshqalar). 
Pedagog kishining ish qobiliyati toʻgʻrisidagi asosiy ilmiy qoidalarni bilishi 
kerak. (Yuklama va dam olishning organizmga ta’sirini, mashqlarning oqibatini). 
Jismoniy mashqlarning muayyan ta’sir omillarini muntazam ravishda toʻgʻri 
hisobga olib borish mashgʻulotlarni uslubiy jihatdan ham maqsadga muvofiq 
ravishda tashkil etish, jismoniy tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli hal etish 
imkonini beradi. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə