Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/78
tarix05.01.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#98223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
ilovepdf merged (2)

 
 


Maktabgacha yoshdagilarning jismoniy tarbiya vositalari 
Maktab yoshigacha bolalar jismoniy tarbiyasida tabiatning sogʻlomlashtirish 
kuchlari, gigienik omillar va jismoniy mashqlar katta ahamiyatga ega. 
Yuqoridagilarni ta’siridan tashqari bolaning kunlik harakat faoliyati (har kunlik 
harakati, rasm olish, har xil oʻyinlar, musiqa, jismoniy mehnat) shunday 
rejalashtirilsinki, boʻlarning hammasi uning rivojlanishiga imkoniyat yaratsin. 
Tanlab kerakki, ular muskullar kuchini yaxshilasin. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarda hamma organ va sistemalarni va 
jarayonlarni ishga solib, chidamlilik sifatini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. 
Yurush, yugurish, suzish va velosipedda yurushdek mashqlarni me’yorini barobarga 
ortirilsa bu sifat rivojlanadi. Bu oʻz navbatida shugʻullanuvchi yoshini hisobga 
olishni unutmaslik lozimligini taqazo etadi. 
Bu yoshda tayanchharakat apparati egiluvchan boʻladi. Uni qobiliyatini 
susaytirmaslik uchun jismoniy mashqlarni yoshiga toʻgʻri keladiganlarini 
barchasidan yaxshi foydalanish darkor. 
Maktabgacha yoshdagilar jismoniy tarbiyasining shakllari 
Mamlakatimizda maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi davlat va 
jamoat muassasalarida olib boriladi. 
Davlat muassasalarida – 
yaslilar, bolalar 
bogʻchalari; 
jamoat muassasalarida – 
mahkamalar, korxonalar, shaxsiy pulli yasli 
va bogʻchalar tarzida maktabgach yoshdagi bolalar muassasalari sifatida 
uyushtirilmoqda. Jismoniy tarbiya asosan davlat muassasalarida amalga oshiriladi. 
Davlat muassasalarida jismoniy tarbiya
.
Bolalar bogʻchasi va yaslidagi 
jismoniy tarbiya jarayoniga mudir rahbarlik qiladi. Jismoniy tarbiya ishini tarbiyasi 
olib boradi. tarbiyachi mashgʻulotlarni musiqachi, shifokor bilan rejalashtiradi. 
Shifokor tarbiyachiga jismoniy mashqlarni tanlashga, uni meyorini aniqlashga 
yordam beradi. 
Yasli va bogʻchalarda jismoniy tarbiya jarayonini amalga oshirish uchun 
oʻquv tipidagi mashgʻulotlar ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya daqiqalari, 
chiniqtiruvchi muolajalar, harakatli oʻyinlar ekskursiyalar, sayohatlar, bayramlar, 
yakkama-yakka va mustaqil mashgʻulotlar tarzida uyushtiriladi. Boʻlardan tashqari 


musiqa darslarida ham jismoniy tarbiyani vazifalarini hal qiladigan jismoniy 
mashqlar, oʻynlar va raqslardan vosita tarzida foydalaniladi. 
Oʻquv tipidagi jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish mashgʻulotlari bolalarni 
harakatga oʻrgatishda asosiy roʻl oʻynaydi. Bu mashgʻulotlar yasli va 
bogʻchalarining hamma guruhlarida oʻtkaziladi. 1 yoshgacha bolalarda har bir bola 
bilan ayrim jismoniy mashqlar uqalash bilan qoʻshib olib boriladi. 
1-3 yoshgacha boʻlgan bolalardan yoshi katta boʻlgan guruhlarda (6-12) 
haftada 3 marotabadan, 3-7 yoshgacha boʻlganlarda haftada 1 marta va hamma 
guruhlar bilan birga oʻtkaziladi. Yoshi katta boʻlgan sari mashgʻulotlarning 
davomiyligi 10-45 daqiqagacha oshirilib borilaveradi. Mashgʻulotlar 4 qismdan - 
tashkiliy, tayyorlov, asosiy, yakunloq, qismlariga boʻlib olib boriladi va ularning har 
birida oʻzlarining aniq vazifalari hal qilinadi. Jismoniy mashqlar osonlashtirilib, 
“oʻrmonga sayohat”, harakatli va syujetli (“Oʻrmonga sayohat” va boshqa) 
shakllarda olib boriladi. Tarbiyachi oldin jismoniy mashqlarni tanlab, soʻngra syujet 
tanlaydi. Yurish, yugurish, toʻsiqlardan oshish, suzish va ochiq havoda boʻlishi 
kerak boʻlgan vaqt hisobiga oʻtkaziladi. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə