Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa mashg’ulotlari reja


-mavzu:KATTA GURUH (5 YOSHLI) BOLALARI BILAN MUSIQA MASHG‘ULOTLARINI 0 ‘TKAZISHGA DOIR METODIK TAVSIYALAR



Yüklə 394 Kb.
səhifə19/34
tarix26.10.2023
ölçüsü394 Kb.
#132169
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
1-Mavzu MTTlarida musiqa mashg`ulotlari

11-mavzu:KATTA GURUH (5 YOSHLI) BOLALARI BILAN MUSIQA MASHG‘ULOTLARINI 0 ‘TKAZISHGA DOIR METODIK TAVSIYALAR
Reja:
1.Besh yoshli bolalardagi musiqaga bo`lgan o`zgarishlar.
2. Katta guruh bolalarida musiqiy asar mazmuni va xarakterini idrok etish
3.Katta guruh uchun musiqa mashg‘ulotlarining davomiyligi .


Tayanch tushunchalar: musiqiy asar, axloqiy hissiyot, Qo‘shiq, rasm, ertak, hikoya va ertak va she’rlarni, musiqaning yorqin xarakterini ifodalab, dinamika tempi, registrdagi o‘zgarish

Besh yoshli bolalarda o’vnab kuylash, rasm solish, idrok qilish faoliyatlari o'rta guruh bolalariga qaraganda ko`proq rivojlangan bo'ladi. Bolalar o'yinchoqlarini rangi, turiga qarab qismlarga ajratib chiqa oladilar. Bu yoshdagi bolalar predmetlarning rangi, shakli, hajmi, musiqa tovushlarining ritmini to'g'ri farqlaydilar. Bolalarda axloqiy hissiyot bilan birga estetik hissiyot ham rivojlanadi. Qo‘shiq, rasm, ertak, hikoya va ertak va she’rlarni obrazda ifodali qilib ijro etadilar. Kuyning tovush va ritmlar tasvirini, turli musiqa cholg‘ularining tembrini, musiqa ohangi kuchini farqlay oladilar. Katta guruh musiqa mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan maqsad va ko‘zda tutilgan vazifalar quyidagilardan iborat:


— bolalar nutqini takomillashtirish, so'zlarni aniq talaffuz etishga o‘rgatish;
— musiqa asarlari bilan tanishishda bolalaming badiiy idrokini o‘stirish;
— musiqa asarlaridan emotsional ta’sirlanish, ularga qiziqish uvg‘otish;
— asar mazmunining ifoda vositalarini aniqlay bilish ko‘nikijialarmi rivojlantirish; — qo‘shiq so'zlarini tabiiy ovozda, zo'riqmay, to‘g‘ri taiaffuz qilib kuylashga o‘rgatish;
— musiqaning yorqin xarakterini ifodalab, dinamika tempi, registrdagi o‘zgarishlami his etib yurish. Obrazlami musiqali o'yinda ifodalash, oddiy ntmik kuylami metallofonda ijro etish;
— oddiy ijrochilik malakasini shakllantirish. Fortepiano jo‘rligida ovozning tabiiy va sof jarangdorligini hosil etish;
— turlicha kayfiyat beruvchi musiqa ostida ritmik harakatlami bajarish, o‘yin va raqs harakatlarini improvizatsiya qilish;
— bolalar cholg‘u asboblarida oddiy ijrochilik usulini bajarish.

Yüklə 394 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə