Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa mashg’ulotlari reja


-mavcu: O`rta guruhda musiqa mashg`uloti



Yüklə 394 Kb.
səhifə18/34
tarix26.10.2023
ölçüsü394 Kb.
#132169
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34
1-Mavzu MTTlarida musiqa mashg`ulotlari

10-mavcu: O`rta guruhda musiqa mashg`uloti.


Reja:
1. O`rta guruhda musiqa mashg`ulotlarini tashkil
etish .
2.Kichik guruhda faoliyat ishlanmalari
3.Kichik guruhlarda bayram ertaliklari

  • Tayanch tushunchalar: qo‘shiq o‘rgatish texnologiyasi, Bolalarda kuylash holati, talaffuz, ovoz hosil qilish, to‘g‘ri nafas olish, yillik (kunlik, oylik) mashg’ulot rejasini.

  • O‘rta guruh(4 yosh) bolalariga qo‘shiq o‘rgatish texnologiyasi.O‘rta guruh bolalarining atrofdagi hodisalarga qiziqishi ancha ortadi, ular musiqa rahbariga turli savollar bera boshlaydilar. Bu yoshda nutq rivojlanishida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi: bolalarning so‘z boyligi ortadi, ular tevarak-atrof haqida fikr yurita oladigan bo‘ladilar. Musiqa rahbari ushbu jihatlarni hisobga olgan holda o‘z rejasini tuzib olishi lozim.

  • 4-yoshli bolalar tanish qo‘shiq va kuylarni bilib oladilar, ularni nomlarini aytadilar. Bolalar tovush balanligi va tembrlarini farqlay oladilar, musiqa rahbarining ovoziga yaxshi moslashadilar, cho‘zib kuy oladilar.

  • Musiqa mashg‘uloti bu guruh bolalari uchun 20-25 daqiqani tashkil etadi.

  • Musiqa tinglash: Bolalarning musiqa tinglashga bo’lgan ishtiyoqlarini qo’llab quvatlash va rivojlantirish. Tinglangan asarninig mazmuni va harakterini ajrata olish, bu haqida suhbat qurish va o’z ta’surotlari bilan o’rtoqlashishga o’rgatish. Kuy tovush va ohanglardan tuzilishi haqida tasavurga ega bo’lish. Bolalarni musiqiy asarning 2 va 3 qismli shakli bilan tanishtirish, qismlar o’zgarishini farqlashga o’rgatish, fortepiano, g’ijjak, chang, qonun kabi cholg’ular bilan tanishtirish, ular ijrosidagi kuylardan bahramand qilish.

  • Musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish: Musiqa asarlarining qismlar o’zgarishiga mos harakatlarni o’zgartirish, marsh, qo’shiq, raqs kuylariga mos harakatlarni mustaqil bajarish, boshlovchining ketidan musiqaga mos yurish, yugurish va sakrash. Raqs haraktlarini mustaqil ravishda aniq bajarish, qo’l harakatlarini erkin va mayin bajarishga o’rgatish. Guruh bo’lib, kichik guruhlarga bo’linib, yakka holda harakatlanishga o’rgatish, xonaning bir qismidan ikkinchi qismiga (markazdan burchakka, o’ngdan chapga va h.k.) o’tishda o’z harakatlarini boshqara olish, raqs harakatlarining nomlarini bilish va aniq bajarish. 4-5 harakatni ketma-ket, o’zaro bir biriga bog’lab hamda musiqaga moslab ijro eta olish. Raqslarda kayfiyatlarni bildiruvchi harakatlardan «yo’q», «arazlash», «yarashish» va h.k. ifoda etish, yuz, ko’z imo-ishorasining berilgan kayfiyatga mos bo’lishiga o’rgatish.

5 yoshli bola bilishi lozim bo’lgan bilim ko’nikma va malakalar:

  • bolalar cholg’ularida ijro etish usullarini bilish;

  • bolalar cholg’ularini ovoz tembridan farqlay olish;

  • bolalar cholg’ulari orkestrida ijro etish;

  • o’z harkakatlarini musiqa tempiga moslay olish.

  • xor bo’lib, ansamal va yakka kuylay olish;

  • fortepiano, g’ijjak, chang, qonun cholg’u asboblarini ko’rinishi va ovozidan farqlash,nomlarini bilish.

Uyga vazifa;

  • O`rta guruhda musiqa mashg`ulotlarini tashkil

  • Tish haqida ma`lumot yozing .

  • 2.O`rta guruhda faoliyat ishlanmalaridan namuna yozing

  • 3.Kichik guruhlarda bayram ertaliklaridan namuna yozing


Yüklə 394 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə