4
KIRISH
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Boshqaruv
tizimida
xodimlarni rag’batlantirish mehnat samaradorligini oshirishning asosiy
omillaridan hisoblanadi. Xodimlarni rag’batlantirishning
turli xil shakllari
mavjud bo’lib, rahbar shaxs ularni o’z o’rnida va to’g’ri qo’llay bilsagina natija
va samaraga erishadi, aks holda bunday harakatlar korxona boshqaruv tizimida
kutilmagan holatlarga va oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Menejmentda
rag’batlantirish shakllari moddiy va nomoddiy
ko’rinishlarda amalga oshiriladi va uning
natijasida xodim va korxona
maqsadlarini uyg’unlashtirish, xodimlarning jonbozlik ko’rsatib faoliyat olib
borishlari va boshqa bir qancha ijobiy yutuqlarga erishiladi.
Bu borada
Prezdentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek,“
Xususiy korxonalarda sidqidildan
mehnat qilishga undaydigan omillar va shaxsiy manfaatdorlik
darajasi va eng
asosiysi, o’zining ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatining yakuniy natijasi
uchun mas’uliyat hissi butunlay boshqacha ekani barchamizga yaxshi ma’lum
”
1
.
Zamonaviy menejmentda rag’batlantirish omilidan faol foydalanib
kelinadi. Ma’lumki, korxona tarkibida turlicha shaxsiy va kasbiy xususiyatga
ega individlar mehnat faoliyatini olib borishadilar. Mazkur individlar o’rtasidagi
har doim yuzaga kelib turuvchi turlicha ziddiyatlarni
bartarf etib borish, ularni
jipslashib faoliyat ko’rsatishga undaydigan muhitni
yaratish menementdagi
asosiy vazifalardan hisoblanadi. Shu maqsadda,
korxona samaradorligini
oshirishda ijobiy natija beruvchi rag’batlantirish masalalari bugungi kunda
mamlakatimiz korxonalari faoliyatidagi muhim va dolzarb yo’nalishlardan
hisoblanadi va mazkur jarayonlarni yanada jadallashtirishga
qaratilgan
tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi va ushbu holat mavzuni tanlashga
muhim turtki bo’ldi deyish mumkin.
Dostları ilə paylaş: