olgan holda ishlab chiqilishi darkor. Xodimning ishga qiziqishini tegishli
9
asos — mehnat faoliyatining me’yoriy darajasiga tayanishi kerak. Xodimning
mehnat munosabatlariga jalb etilishining o’zi uning oldindan kelishilgan,
muayyan ish haqi hisobiga muayyan vazifalarni bajarishini nazarda tutadi.
Mehnatni rag’batlantirish tizimi boshqaruvning ma’muriy-huquqiy uslubidan
kelib chiqadigan bo’lsa, bu uslub o’rnini egallamaydi. Mehnatni rag’batlantirish
boshqaruv organlari o’zlari haq to’layotgan ish darajasiga erishib, uni shu me’yorda
ushlab tura olsalargina, samarali bo’ladi. Rag’batlantirishning
maqsadi -insonni
mehnat qilishga undab qolmasdan, balki uni mehnat munosabatlarida belgilab
qo’yilganidan samaraliroq mehnat qilishga undashdir.
Mehnatni rag’batlantirishning bir necha funksiyalari mavjud:
-Iqisodiy funksiya. U, eng avvalo, mehnatni rag’batlantirish,
ishlab chiqarish
samaradorligini oshirishga ko’maqlashishda namoyon bo’ladi. Bu mehnat
unumdorligining oshishi va mahsulot sifatining yaxshilanishida o’z ifodasini topadi.
-Axloqiy funksiya. U mehnatni rag’batlantirish, faol hayotiy pozitsiyani,
jamiyatda
sog’lom
axloqiy-ijtimoiy
muhitni
shakllantiradi.
Bunda
rag’batlantirish tizimini an’analar va tarixiy tajribani hisobga
olgan holda
shakllantirish katta ahamiyatga ega.
Ijtimoiy funksiya. U jamiyatning ijtimoiy tizimini
daromadlarning turli
darajasini hisobga olgan holda shakllantirish bilan ta’minlanadi. Ushbu
daromadlar esa rag’batlantirish omillarining turli insonlarga ta’siriga ko’p
jihatdan bog’liqdir. Umuman olganda ehtiyojlarni shakllantirish pirovard
darajada shaxsni rivojlantirish, jamiyatda
mehnatni tashkil etish va
rag’batlantirishga bog’liqligi yaxshi ma’lum.
Komplektlilik - axloqiy va moddiy, jamoa va shaxsiy rag’batlar mushtarakligini
anglatadi. Komplektlik aksilrag’batlar (antistimullar) mavjud bo’lishini ham taqozo
etadi. Inson mehnat faoliyatiga kirishar ekan, unda yoshligidan egallagan
muayyan qadriyatlar, tamoyillar mavjud bo’lib, ularga
oila va maktabda asos
solingan bo’ladi. Shu davrlarda mehnatga qadriyat sifatidagi munosabatlar,
shaxsning mehnat sifatlari - mehnatsevarligi, mas’uliyat, intizomlilik,
10
tashabbuskorlik va boshqa xislatlari shakllana boshlaydi va mehnat ko’nikmalari
hosil qilinadi
.
Dostları ilə paylaş: