1-jadval. Korxona (tashkilotda) rag’batlantirish taribi
4
t/r
Rag’batlantirish
Asosiy mazmuni va manbalari
Turlari
Shakli
1.
Moddiy
pulli
Ish haqi
Xodimning ish haqi, shu jumladan, asosiy (ishbay, vaqtbay, oklad) ish haqi
va qoshimcha to’lovlar.
2.
Mukofotlar
Korxona foydasi hisobidan to’lovlar (mukofotlar, qo’shimcha mukofotlar).
Chet ellarda bu bonus shaklida bo’ladi: yillik, yarim yillik, yangi yil
munosabati bilan.
3.
Aksiyadorlik kapitalida
ishtirok
Korxona (tashkilot) aksiyalarini sotib olish va ularga dividend olish,
aksiyalarni imtoyozli narxlarda hamda bepul olish.
4.
Foydaga sheriklik
Foyda ulushi belgilanib, undan mukofot jamg’armasi tashkil etiladi.
5.
Qo’shimcha to’lov rejalari
Bu rejalar aksariyat hollarda mahsulotlarni realizatsiya qiluvchi korxona
bo’limlariga mo’ljallangan hamda mahsulot sotish uchun yangi bozorlar
topish, sotuv hajmini ko’paytirishni rag’batlantirishga qaratilgan.
6.
Nomoddiy
Bo’sh vaqt ajratish orqali
rag’batlantirish
Ish bilan bandlik bo’yicha vaqtni mukofotlashtirish:
1)
Xodimning faol va ijodiy mehnati uchun unga qo’shimcha dam olish
kunlari, ta’til berish, xodimga mehnat ta’tili vaqtini tanlash huquqini berish
va hokazolar;
2)
Ish grafigini egiluvchan tarzd tashkil etish hisobiga;
3)
Mehnat unumdorligi hisobiga ishchi kuchi miqdorini qisqartirish.
7.
Tashkiliy rag’batlantirish
Xodimning faoliyatini uning mehnatidan qoniqish hosil qilish his-tuyg’usini
o’zgartirish asosida boshqaradi. Bu xodimning mehnat faoliyatini tashkil
etish jarayonida ijodiy yondashuvni; boshqaruvda ishtirok etish imkoniyatini,
xizmat lavozimida siljishni; ijodiy safarlarni ko’zda tutadi.
8.
Ma’naviy rag’batlantirish
Xodim faoliyatini ijtimoiy e’tirof qilish asosida
boshqariladigan rag’batlantirish
Yoriqlar,
nishonlar,
belgilar taqdim etish
9.
Transport harajatlarini
qoplash yoki o’z transporti
bilan xizmat ko’rsatish
Mablag’ ajratish:
1. Transport harajatlarini qoplash uchun
2. Transport harid qilish uchun.
a) To’la xizmat ko’rsatish uchun (transport haydovchisi bilan)
b) Tez-tez sarf qiladigan xodimlar, rahabarlarga, qisman xizmat ko’rsatish
10.
Omonat jamg’armalari
Korxona xodimlari uchun tijoret banklarida belgilangan foizdan kam
miqdorda bo’lmagan omonat jamg’armalari tashkil etish. Mablag’larni
jamg’arishning imtiyozli tartiblari.
11.
Ovqatlanishni tashkil etish
Mablag’ ajratish:
1. Korxonada ovqatlanish uchun.
2. Ovqatlanish uchun tolovlar.
12.
Korxona mahsulotini
imtiyozli narxlarda sotish
Ushbu tovarlarini chegirma bilan sotish uchun mablag’ ajratish
13.
Stipendiya dasturlari
Chetda ta’lim olish uchun mablag’ ajratish (ta’lim olish uchun sarf-
harajatlarini qoplash).
14.
Korxonaning o’qitish
dasturlari
O’qitishni (qayta o’qitishni)tashkiletish uchun harajatlarni qoplash.
15.
Tibbiy xizmat korsatish
dasturlari
Tibbiy xizmat ko’rsatishni tashkil etish yoki tibbiyot muasasalari bilan
personalga xizmat ko’rsatish to’g’risidagi shartnoma tuzish. Shu maqsadlarga
mablag’ ajratish.
16.
Maslahat xizmatlari
Maslahat xizmatini tashkil etish yoki shunday xizmatlar bilan personalga
maslahat xizmatini ko’rsatish haqidagi shartnoma tuzish.
17.
Uy-joy qurilishi dasturlari
Xodimlarga o’zlari uchun uy qurishga mablag’ ajratish.
18.
Bolalarni tarbiyalash va
o’qitish bilan bog’liq
dasturlar
Korxona personali farzandlarining maktabgacha tarbiyasi, maktab, kollej,
litsey va oily o’quv yurtlarida o’qishini tashkil etish uchun mablag’, imtiyozli
stipendiyalar ajratish.
19.
Egiluvchan ijtimoiy
to’lovlar
Korxona zarur imtiyozlar va xizmatlar uchun muayyan mablag’lar ajratadi.
Xodim ajratilgan ushbu mablag’ doirasida o’zi uchun zarur imtiyoz va
xizmatlarni tanlab olish huquqiga ega bo’ladi.
20.
Moddiy
Hayotni sug’urta qilish
Korxona mablag’lari hisobiga:
Xodim hayotini sugurta qish hamda imtiyozli ravishda xodim oila a’zolari
hayotinisug’urta qilish.
Xodim daromadi hisobidan ushlab qolinadigan mablag’ hisobiga:
Baxtisiz hodisa uchun xodimning yillik daromadi darajasida; inson halok
bo’lishiga olib kelgan baxtsiz hodisa uchun ushbu to’lov ikki karra
ko’paytiriladi.
21.
Vaqtinchalik mehnat
qbilyati yo’qotilganligi
uchun to’lovlar
Nogironligi uchun qo’shimcha mablag’ ajratish, bir martali yordam
ko’rsatish.
22.
Tibbiy sug’urta
Xodimlar ham, ular oila a’zolari ham tibbiy sug’urta qilinadi.
4
Стаут Л.У. Управление персоналом. Настольная книга менеджера. / Стаут Л.У., пер. с англ. - М.:
ООО «Издательство «Добрая книга», 2007. - 336 с.
14
Insonning qiziqishi tarkibiga uning xatti-harakatlari asosi, deb qarash
mumkin va bu tarzda o’zini tutishga da’vat qiluvchi ichki kuch sifatida qaraladi.
Bu tarkib muayyan barqarorlikka ega. Shunga qaramasdan, insonni tarbiyalash
jarayonida, uning ta’lim saviyasi oshishi bilan qiziqish tarkibi ham o’zgarib
boradi.
Hozirgi vaqtda personalga ma’muriyat tomonidan qo’shimcha imtiyozlar
berish tajribasi keng yoyilmoqda. Ular quyidagilardan iboratdir:
—xodim maqomi nufuzini belgilovchi;
—xodim ijtimoiy himoyalanganligini ko’rsatuvchi;
—bevosita bajarilgan ish va ishlab chiqarish vazifasi uchun belgilangan
imtiyozlar. Mukofotlash tariqasida u yoki bu imtiyozni tanlash ma’muriyat
vakolati hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |