11
o’zi qiziqtirishi mumkin. Bu insonning o’zida uning irodasi bilan paydo bo’ladi.
Ana shu qiziqish muvaffaqiyatga erishishga, ishni oxiriga yetkazishga, bilimni
egallashga, manfaatga intilish va hokazolar bo’lishi mumkin. Shu bilan birga
qiziqishni tashqi muhit, jumladan bevosita rahbar rag’batlar orqali uyg’otishi
mumkin. Xodimni rag’batlar orqali vazifani hal etishga undash –ekstravert
qiziqtirish deb nomlanadi. Korxonada ishga qiziqtirish jarayonlari, masalan
mukofotlash, farmoyish chiqarish, ijtimoiy e’tirof etish va hokazolar
qiziqtirishning xuddi shu turiga taalluqlidir. Maqsadlarni oddiy ijrochilar uchun
tushunarli
holda yetkazish, bu xodimlarda ushbu maqsadlarga erishishda
o’zlarining rolini anglab etishlari, o’z kuch-g’ayratlarini iqtisodiy va texnik
vazifasini bajarishga yo’naltirish, topshiriq bilan maqsad o’rtasidagi bog’liqlikni
anglab yetishdan iborat personalning o’z-o’zini qiziqtirishlarini ta’minlash
yuqori bo’g’in rahbariyatining birinchi darajali vazifasi, deb hisoblanadi.
12
Guruhiy qiziqtirish quyidagilar :
-Jamoa uchun faxrlanish, guruhiy takabburlik, javobgarlik ruhi, raqobatda
g’alabaga erishishga intilish
-Guruhiy muhit,
guruhiy nafrat, guruhiy qiziqishlar, yetakchilarga
ergashish hamfikrlik
-Jamoaning tashkil etilishi Manfaatlarning mosligi, bosim, ikkilamchi
guruhlar va hokazolar
Shaxsiy qiziqishlar inson bajarishi kerak bo’lgan ishga to’la-to’kis mos
bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Jumladan, insonni
samarali mehnat qilishga
quyidagi asosiy qiziqishlar undaydi:
–kasbga qiziqish;
–iloji boricha ko’proq moddiy. rag’bat olishga intilish;
xodim bajarayotgan ishining uni bu ish moddiy jihatdan uncha qiziqtirmasa
ham muhimligi va zarurligini anglab etishi. Shaxs uchun biror narsa yetishmasa,
u shu ehtiyojni qondirishga qaratilgan aniq maqsadli harakatlar qiladi. Shuning
uchun ehtiyojlar insonni faollashtiruvchi manba vazifasini o’taydi. Ehtiyojlarni
faqat maqsadga erishish orqali qondirish mumkin. Bunda birlamchi va
ikkilamchi ehtiyojlar farqlanadi. Birlamchi ehtiyojlar fiziologik tabiatga ega. Bu
ovqatlanish, tashnalikni qondirish, uxlash va hokazo tug’ma ehtiyojlardir.
Ikkilamchi ehtiyojlar psixologik xarakterga ega va tajriba orqali anglanadi. Bu
muvaffaqiyatga erishish, hurmatga sazovor bo’lish, rahbarlik qilish, biror
narsaga o’zini daxldor deb his etish ehtiyojlaridir. Insonlar
orttiradigan tajriba
turlicha bo’lishi sababli ularning ikkilamchi ehtiyojlari bir-birlarinikidan
ko’proq darajada farqlanadi. Ehtiyojlar rag’batlantirishlar orqali qondiriladi.
Ishga qiziqtirish nazariyalarida rag’batlantirish shunchaki pul va imtiyozlardan
ancha kengroq ma’no kasb etadi. Rag’batlantirish inson o’zi uchun qadrli deb
hisoblaydigan hamma narsani qamrab oladi. Hozirgi davrda insonning mehnat
faoliyati bilan shug’ullanishga qiziqishi sabablari ancha murakkab, odatda ularni
tushunib yetish qiyin, demakki bu qiziqishga ta’sir o’tkazish ham oson emas.