Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc


“Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni”



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/196
tarix03.06.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#88611
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   196
7.3.29. “Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni”
Xalqimizning buyuk wg’loniga bag’ishlangan no
ё
b asar “Sirot us-sulton 
Jaloluddin Menkburni” (“Sulton Jaloluddin Menkburnining tarjimai h’oli”) nomli 
kitobni vatandoshimiz Shih’obuddin Muh’ammad Nisoviy (vaf. 1249 y. Xalab) 
ё
zgan. Muarrixning twla ismi Shih’obuddin ibn Ah’mad ibn Ali Muh’ammad 
Nisoviydir. 
Tarixchining otasi Xorazmshoh’larning etiborli amirlaridan biri bwlgan. 
Niso viloyatiga qarashli Xurandiz qalasining h’okimi edi. Otasi vafot (1220 y.) 
etgach, uning mol-mulki va mansabi wg’liga wtgan. U 1224 yilga qadar Niso 
viloyatining h’okimi Nusratuddin Hamzaning noibi bwlib xizmat qilgan. 
Nashjuvon (Nisoning katta qishloqlaridan) h’amda al-Halqa (Jurjon qishloqlaridan) 
da mwg’ullar bilan bwlgan janglarda shaxsan ishtirok etgan. Swng Astrobod 
viloyatlaridan Kabud joma (h’ozirgi nomi Hojilar) h’okimi 
İ
mom ud-davla 
Nusratuddin Muh’ammad h’uzuriga kelgan va uning 
ё
rdami bilan yana Nisoga 
qaytishiga muvaffaq bwlgan, lekin oradan kwp vaqt wtmay, Nisoda wzaro feodal
kurash kuchayib ketganligi sababli u 
İ
roqqa ketib qoladi va 1224 yili Sulton 
Jaloluddin Menkburnining (1220-1231) xizmatiga kiradi va uning kotibi (kotib al-
insho) lavozimiga tayinlanadi. Shih’obuddin Muh’ammad Nisoviy bu lavozimda 
1231 yilgacha, yani sultonning wlimiga qadar xizmat qiladi. 
Keyin u Mayofarikin (Di
ё
rbakr viloyatida) h’okimi Ayyubiy al-Malik al-
Muzaffar G’oziyning (1220-1224 y.) xizmatiga kiradi. Biroq oradan kwp vaqt 
wtmay qamalib qoladi. Qamoqdan ozod etilgandan keyin 
İ
ldegiziylar (1137-1225) 
h’uzurida, swngra 1238 yili Xarron (Eron Ozarbayjoni) qalasiga h’okim etib 
tayinlanadi. Oxiri Xalab (Suriya) suotoni al-Malik an-Nosir Saloh’iddin Yusuf ibn 
al-Azizning xizmatiga kiradi va umrining oxirigacha Xalabda istiqomat qiladi. 
Shih’obuddin Muh’ammad an-Nisoviy Wrta Osi
ё
, Kavkaz, Yaqin va Wrta 
Sharq mamlakatlarining mwg’ul istilosi davridagi (1220-1231 yy.) ijtimoiy-is
ё
siy 
ah’volidan bah’s yurituvchi “Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni” nomli 
qimmatli kitob 
ё
zib qoldirgan. Asar 1241 yili Xalabda 
ё
zib tugallangan bwlib, u 
memuar-xotira-
ё
dnoma tarzida 
ё
zilgan. 
Kitob muqaddima va 108 bobdan iborat. Asarning I-IV boblarida mwg’ul-
tatarlar, Chingizxonning kelib chiqishi, xon bwlib kwtarilishi masalalari ixcham 
tarzda ba
ё
n etilgan. 
V-XXII boblar xorazmshoh’ Alouddin Muh’ammadning h’a
ё
ti va 
faoliyatiga bag’ishlangan. 


66
XXIII bobdan boshlab kitobning to oxirigacha mwg’ul istilosi va 
xorazmshoh’ Alouddin Muh’ammadning fojiali taqdiri, sulton Jaloluddinning 
h’a
ё
ti va kurashi, fojiali h’alokati h’ikoya qilinadi. 
Ushbu asarning ayniqsa 1224-1231 yillar voqealarini wz ichiga olgan 
boblari original va zwr ilmiy qiymatga ega, chunki ba
ё
n etilmish voqealarning 
kwpchiligida muallifning bevosita shaxsiy ishtiroki bor. 
Mana shuning uchun h’am bu kitob tarix ilmi namo
ё
ndalarining diqqat 
etiborini wziga jalb etmoqda. Undan h’am wtmishdagi muarrixlar al-Futuvvatiy 
(1244-1323 y.), 
İ
bn Xaldun (1332-1406), Badruddin Ayniy (vaf. 1451 y.) qimmatli 
manba sifatida foydalanganlar. Zamonaviy sharqshunoslar h’am wsha davrga oid 
tadqiqotlarida bu asarni chetlab wta olmaydilar. 
“Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni” nomli asarning arabcha matni
frantsuzcha tarjimasi bilan 1891-1895 yillari Parijda h’amda Qoh’irada chop 
qilingan. Uning qisqartirilgan turkcha (tarjimonlar Yusuf Zi
ё
va Ah’mad Tavh’id) 
va forsiy (tarjimonlar Muh’ammad Ali Nosih’ va Mujtab Minoviy) tarjimalari 
mavjud. Asarning turkmanlar va Turkmanistonning XIII asrdagi ijtimoiy-si
ё
siy 
ah’volidan h’ikoya qiluvchi qismi rus tilida (tarjimon S. L. Volin) nashr etilgan 
edi. 
Kitobni twla h’olida Moskvada Z.M.Buniyatov rus tiliga tarjima qilib, ilmiy 
izoh’lar bilan nashr ettirgan.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə